Leksikologiya test 1. 1.Ko’p ma’noli so’zlarni toping. A)men, sen B)besh, o’n C)ota, ona D) tomir, yoqa 2.Qaysi gapda yengil so’zi ko’chma ma’noda ishlatilmagan? A)Es-hushingni yig’, unaqa yengil bo’lma. B)Davlatbekov radiodan aytilayotgan yengil kuydan, xususan, uning so’zlaridan zavqlanib tebrandi. C)Yigirma minut o’tgandan keyin yengil ta’zim bilan Gulandon kirib keldi. D)Yo’lchi yengil eshikchani ochib kirdi. 3.Ko’chma ma’noli so’z qaysi gap tarkibida qo’llangan? A)Cholning qo’lidagi miltiqning uchi unga to’g’rilangan edi. B)Bu o’rmon xo’jaligida men bilan birga ishlagan Jumaboy edi. C)Bekorchidan bema’za gap chiqadi. D)G’uborsiz tog’ suvi haddan tashqari tiniq edi. 4.Metafora yo’li bilan ma’nosi ko’chgan so’z qatorini toping. A)Bilim hamisha farazlardan boshlanadi. B)Mehribon qo’llar hamisha sizni qo’llab-quvvatlaydi. C)Dasturxonga boqqan do’st emas. D)Daryoning yoqasida bir chol o’tin terardi. 5.U uzoqlarga tikilib shirin xayollarga berildi. Ushbu gapda qanday ma’no ko’chishi bo’lgan? A)metafora B)metonimiya C)sinekdoxa D)vazifadoshlik 6.Allaqanday qo’llar uni suyub-surgab, amal kursisiga o’tqazib qo’ydi. Ushbu gapda ajratib yozilgan so’zda ma’no qanday yo’l bilan ko’chgan? A)metafora B)metonimiya C)sinekdoxa D)vazifadoshlik 7.—Nima qilay, aylanay? Meni u eshikka qadam bostirishmaydi. Ushbu gapda qanday ma’no ko’chish usuli yuz bergan? A) metafora B)metonimiya C)sinekdoxa D)vazifadoshlik 8.Sinekdoxa yo’li bilan ma’nosi ko’chgan so’z qaysi gapda berilgan? A)Yurt bu kun ohuday ishvakordir. Sir kabi sermavjdir. Pomirday poydor. B)—Xudovando! Bu ne ko’rgulik. Endi netaman? To’qqiz og’izni qanday boqaman? C)Mahkamboy ko’zini yumib yotgan bo’lsa-da, butun vujudi sergak. D)Uning buvasi oppoq soqolli, har bir so’zini salmoqlab aytadigan odam edi. 9.Haybatli sharsharalar sochar kumush zarralar. Gapda qanday ma’no ko’chishi mavjud? A) metafora B)metonimiya C)sinekdoxa D)vazifadoshlik 10.Bir ma’noli so’zlarni aniqlang. A)sa’va, gulxayri, pazanda B) yengil, mayin, yemoq C)yutmoq, shirali, achitmoq D)gavhar, girdob, yumshamoq. 11. “O’chirg’ichdan” so’zida leksema qaysi? A) o’ch B)o’chir C)o’chirg’ich D)o’chirg’ichdan 12.O’n qo’l o’n hunar iborasida qanday ma’no ko’chish turi qo’llangan? A)metafora B)metonimiya C)sinekdoxa D)vazifadoshlik 13.Qaysi qatorda ko’chma ma’noli so’z qo’llangan? A)Ko’ldagi suv jimirlab turar, silliq toshlarga ohista urilardi. B)Jahonda nimaiki oq bo’lsa , unga ona suti timsoldir. C)Yomon odamni tanqid qil, yaxshi odamga taqlid qil. D)Elyorning vujudiga orombaxsh shabada yugurdi.
14.Hoy “qizil shapkacha” qayerga ketyapsan? Ma’no ko’chish turini aniqlang. A)metafora B)metonimiya C)sinekdoxa D)vazifadoshlik 15.Rahim amakining uyi olti tomdan keyin joylashgan. Ushbu gapda qanday ma’no ko’chish usuli qo’llangan? A) metafora B)metonimiya C)sinekdoxa D)vazifadoshlik 16. Sinekdoxa usulida ma’nosi ko’chgan so’z berilgan gapda aniqlang. A)Yurt bu kun ohuday xo’p ishvakordir. Sir kabi sermavjdir. Pomirday poydor. B)—Xudovando! Bu na ko’rgilik. Endi netaman? To’qqiz og’izni qanday boqaman. C)Mahkam ko’zini yumib yotgan bo’lsa-da, butun vujudi sergak. D)Uning buvasi oppoq soqolli, har bir so’zini salmoqlab aytadigan odam ed. 17.Sel so’zi qaysi gapda ko’chma ma’noda qo’llanilmagan? A)Quyoshning seliga miriqib cho’milgan yam-yashil dala barq uradi. B)Har qanday go’sht tuzlanganda seli chiqib ketadi. C)Elmurod shunday o’ylar selida g’arq bo’lib , uyqusi qochdi. D)Barchasida sel ko’chma ma’noda qo’llangan. 18.Bir ma’noli so’zlar qaysi qatorda berilgan? A)ko’z, qosh B)og’iz, bosh C)etak, oyoq D)chumchuq, ravish 19.Gaplarning qaysi birida ko’chma ma’noli so’z berilgan? A)O’choq og’zida o’tga qo’yilgan qumg’on vaqirlab qaynamoqda edi. B)Olimjon og’zini katta ochib esnadi. C)Sarvar xola qo’lidagi ko’sakning og’zini yorar ekan , javob kutib tikilgan juvonlarga qaradi. D)A va C 20. Gaplarning qaysi birida ko’chma ma’noli so’z berilgan? A)Rustam dehqonchilikning tilini yaxshi o’rgangan. B)Oltin o’tda bilinear, odam mehnatda. C)Tabriklardan keyin majlisning rasmiy qismi tugadi. D)Tikansiz gul bo’lmas, mashaqqatsiz hunar. 21.Metonimiya usulida ma’no ko’chgan so’z berilgan javobni belgilang. A)Bahor kelinchakdek yasanib keldi. B)Mehmon kirishi bilan zal oyoqqa turdi. C)Besh qo’l barobar emas. D)Ma’naviy barkamol inson komil inson bo’ladi. 22.Sinekdoxa yo’li bilan ma’nosi ko’chgan so’z berilgan javobni belgilang. A)Eski buloqning ko’zi ochildi. B)Quvnoq tongning oltin bo’sag’asida tongni kutar ming-ming ko’z. C)Do’stlar suhbati qizidi. C)Fuzuliyni oldim qo’limga. 23.Shakldosh so’zlar qatorini toping. A)kech, shim, tut, osh, til B)bob, tol, qiz, yoqa, ko’z C)eshik, chang, kecha, tog’ D)oltin, to’r, cho’qqi, yosh. 24.Shakldosh so’zlar qatorini aniqlang. A)do’st, o’rtoq, og’ayni, birodar B)bosh, katta, tez, yor C)yara, son, kul, soz. D)nom, oy, kun, gul 25.Omonim so’zlarni toping. A)ko’r, shoir, biologiya B)talaffuz, muddat, xalq C)to’r, qofiya, hosil D)adash, to’q, dasta 26.Shakldoshlik xususiyatiga xos bo`lgan iborani toping. A) yuragiga g`ulg`ula tushmoq B)boshida yong`oq chaqmoq C)yog` tushsa yalagudek D)qo`l ko`tarmoq 27.Qaysi qatorda shakldosh so`zlar berilgan? A)mushak,kadr,chang B)karam,kuy,et C)davlat,oz,qil D)barchasi 28.Paronimi mavjud so`z berilgan javobni toping. A)qasd B)najot C)ta`qib D)fidoyi 29.Paronimiga ega bo`lgan so`zlarni belgilang. 1)sut; 2)da`vo;3)ham;4)mehr; 5)qism. A)1,2,5 B)1,2 C)1,2,3,4,5 D)1,2,3,5 30.Paronim bilan bog`liq xato mavjud bo`lgan gapni aniqlang. A)Mol-dunyoga hirs qo`yma ,ochko`z bo`lma B)Ezgu ishni ko`z-ko`z qilma,maqtanchoq bo`lma C)G`azabdan o`zingni asra,chunki g`azab tufayli inson o`z ishini unutadi D)O`z ruxing bilan ziddiyatga tushmaslikning birdan bir yo`li foydali mehnatdir. 31.Qaysi javobda -k qo`shimchasi omonimlik xarakterga ega? A)elak,chirik B)egik,birik C)o`qidik,ko`rik D)tetik, bo’lak 32.O’zaro sinonim qo’shimchalarni belgilang. A)-li, -siz B)-li, -kor C)be-, bo- D)-dor, -siz
Do'stlaringiz bilan baham: |