Leksikologiya “A” test



Download 25,7 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi25,7 Kb.
#374759
Bog'liq
LEKSIKOLOGIYA 1


LEKSIKOLOGIYA “A” test

  1. Tilshunoslikning qaysi bo’limida so’zlarning grammatik ma’nolari va ularni ifodalovchi grammatik shakllar o’rganiladi?

A) leksikologiya B) morfologiya

C) sintaksis D) morfemika



  1. Tilshunoslikning qaysi bo’limida so’zlarning atash ma’nolari o’rganiladi?

A) leksikologiya B) morfologiya

C) sintaksis D) morfemika



  1. Qaysi ko’makchi morfemalar grammatik shakllar sanaladi?

1) so’z yasovchi

2) lug’aviy shakl yasovchi

3) sintaktik shakl yasovchi

A) 1,2,3 B) 1,3 C) 2,3 D) 1,2



  1. Tilshunoslikning qaysi bo’limlarida so’z va uning ma’nolari o’rganiladi?

A) morfologiya va leksikologiya

B) morfologiya va sintaksis

C) leksikologiya va morfemika

D) morfologiya va morfemika



  1. Qaysi javobda “olmalarni” so’zining atash ma’nosi berilgan?

1) mevali daraxt 2) olma daraxti mevasi

3) ko’plik shaklidagi ot 4) tushum kelishigi shaklidagi ot

A) 1,2 B) 3,4 C) 1,2,3,4 D) 2,4


  1. Ammo bola ularning savollariga javob bera olmay qolgan edi.

Gapdagi atash ma’nosiga ega bo’lgan so’zlar miqdori toping.

A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta



  1. Ammo bola ularning savollariga javob bera olmay qolgan edi.

Gapdagi mustaqil so’zlar miqdori toping.

A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta



  1. Qaysi javobda sinonim so’zlar berilgan?

A) a’yon—ravshan B) amir—farmon

C) asr—tutqun D) tal’at—chehra



  1. Qaysi javobda antonim so’zlar berilgan?

A) ota—ona B) do’st—dushman

C) oy—quyosh D) kitob—daftar



  1. Qaysi javobda paronim so’zlar berilgan?

A) qobirg’a—qovurg’a B) ajdar—ajdarho

C) kabutar—kaptar D) jodi—jodu



  1. Qaysi javobda omonim so’zlar berilgan?

A) afg’on, qalin, chechak B) tilla, qattiq, ushshoq

C) adib, nufuz, surat C) daho, borliq, nasha



  1. Qiyin so’zining antonimi bilan sinonim bo’la oladigan iborani toping.

A) yog’ tushsa yalagudek

B) tomdan tarasha tushgandek

C) xamirdan qil sug’urgandek

D) tulkini inlatgan tozidek



  1. Berilgan sinonimik qatordagi bosh so’zni toping.

ulkan—katta—buyuk—gigant

A) ulkan B) katta C) buyuk D) gigant



  1. Talaffuzi bir xil, imlosi biroz farq qiladigan, ammo ma’nosi bir-biridan tubdan farq qiladigan so’zlar qanday ataladi?

A) omonim so’zlar B) paronim so’zlar

C) sinonim so’zlar D) antonim so’zlar



  1. Bir ma’noni ifodalovchi bir nechta so’z bu…

A) sinonim so’zlar B) ko’p ma’noli so’zlar

C) omonim so’zlar D) paronim so’zlar



  1. Bir nechta ma’no ifodalovchi bitta so’z bu…

A) sinonim so’zlar B) ko’p ma’noli so’zlar

C) omonim so’zlar D) paronim so’zlar



  1. Bir shaklga ega bo’lgan bir nechta so’z bu…

A) sinonim so’zlar B) ko’p ma’noli so’zlar

C) omonim so’zlar D) paronim so’zlar



  1. So’zning nutqdan tashqarida, boshqa so’zlar ta’sirisiz ifodalaydigan ma’nosi qanday ataladi?

A) to’g’ri ma’no B) ko’chma ma’no

C) bir ma’nolilik D) ko’p ma’nolilik



  1. Faqat to’g’ri ma’noda qo’llanadigan, ko’chma ma’noda qo’llanmaydigan so’zlar qanday nomlanadi?

A) monosemantik(bir ma’noli) so’z

B) polisemantik(ko’p ma’noli) so’z

C) uyadosh so’z

D) shakldosh so’z



  1. So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra qaysi turi yordamida tajnis she’riy san’ati, tuyuq janri yaratiladi?

A) sinonim so’zlar B) antonim so’zlar

C) polisemantik so’zlar D) omonim so’zlar



  1. “Taqdiringni qo’ling bilan yoz,

Mehring bilan qishni qilgin yoz.

Erkinlikning osmonida uch,

Maqsad sari qanotingni yoz”. (Hamid Nuriy)

Berilgan to’rtlikning qofiyasida qo’llangan shakldosh so’zlarning turkumini aniqlang.

A) fe’l, fe’l, ot B) ot, ot, fe’l C) fe’l, ot, fe’l D) ot, fe’l, fe’l


  1. Qaysi gapda so’z qo’llash bilan bog’liq xatoga yo’l qo’yilmagan?

A) Uning dastxati suluv edi.

B) Bu elda har qanday dushmanga yuzlasha oladigan botir xalq yashaydi.

C) Shahrimizda birin-ketin buyuk imoratlar qad rostlamoqda.

D) Chol yoshini yashab, oshini oshab o’z ajali bilan halok bo’ldi.



  1. Yana bir istagim shuki, falakiyot, riyoziyot, handasa, tibbiyot, jo’g’rofiya, adabiyot ilmidan xabar topsagina, alloma deb tan olinsa.

Berilgan gapda ostiga chizilgan so’z qanday so’z?

A) arxaik so’z B) tarixiy so’z

C) shevaga oid so’z D) atama


  1. Teatr sahnasi uchun yozilgan asarlar dramaturgiyani tashkil etadi.

Berilgan gapda ostiga chizilgan so’z qanday so’z?

A) arxaik so’z B) tarixiy so’z

C) shevaga oid so’z D) atama


  1. Bolalar daraxtga shoti qo’yib, qushlar uchun in o’rnatdilar.

Berilgan gapda ostiga chizilgan so’z qanday so’z?

A) arxaik so’z B) tarixiy so’z

C) shevaga oid so’z D) atama


  1. Shundan so’ng Qobilbobo aminning oldiga borishiga to’g’ri keldi.

Berilgan gapda ostiga chizilgan so’z qanday so’z?

A) arxaik so’z B) tarixiy so’z

C) shevaga oid so’z D) atama


  1. Taniqli jurnalist Abdulla Rahmonov uzoq yillar tuman radiosida ishladi.

Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?

A) metonimya B) sinekdoxa

C) metafora D) vazifadoshlik


  1. “Bir marta ko’rganman, faqat bir marta,

Oyning o’rog’iga yulduz qo’nganin”. (Abdulla Oripov)

Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?

A) metonimya B) sinekdoxa

C) metafora D) vazifadoshlik



  1. Dadam rahmatli bot-bot eslardi:”Qatag’on yillari bitta suyagimiz rus o’lkasiga ko’chirma qilingan”.

Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?

A) metonimya B) sinekdoxa

C) metafora D) vazifadoshlik


  1. Samolyotning har bir qanotiga ikkitadan dvigatel o’rnatilgan ekan.

Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?

A) metonimya B) sinekdoxa

C) metafora D) vazifadoshlik


  1. Bolaligimizda “G’uncha”ni sevib o’qirdik.

Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?

A) metonimya B) sinekdoxa

C) metafora D) vazifadoshlik


  1. Jaholat ildiz otgan jamiyat halokatga mahkum.

Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?

A) metonimya B) sinekdoxa

C) metafora D) vazifadoshlik


  1. Yangi yil archasini rang-barang chiroqlar bilan ham bezadik.

Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?

A) metonimya B) sinekdoxa

C) metafora D) vazifadoshlik


  1. “Shu shaldiroq aravambo’lmaganda, seni kontrakt asosida o’qita olmas edim”,—dedi Hotam taksichi “Matiz”inidan ko’zini uzmay.

Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?

A) metonimya B) sinekdoxa

C) kinoyaD) vazifadoshlik


  1. Mana, uch kundan beri qorasoqol yelkasiga ov miltig’ini osib, bo’rilarni ta’qib qiladi.

Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?

A) metonimya B) sinekdoxa

C) metafora D) vazifadoshlik


  1. “So’zingni avayla—omondir boshing,

Tilingni avayla—uzayar yoshing”. (Yusuf Xos Hojib)

Berilgan baytda ma’no ko’chishining qaysi usullar sodir bo’lgan?

1) metafora 2) metonimiya

3) sinekdoxa 4) vazifadoshlik

A) 1,2,3 B) 1,2,4 C) 2,4 D) 1,3


  1. Qaysi javobda so’zning to’g’ri ma’nosi va ko’chma ma’nosi juftligi berilmagan?

A) qattiq yer—qattiq ovoz B) toza uy—toza qalb

C) og’ir jarohat—og’ir kuy D) qalin mato—qalin do’st



  1. “Gulshanda gullarni tebratar sabo,

Adashgan yo’lchidek daydib yurar yel”. (Erkin Vohidov) Berilgan qo’shmisrada so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra qaysi turi qo’llangan?

A) ma’nodosh so’zlar B) ziddosh so’zlar

C) shakldosh so’zlar D) talaffuzdosh so’zlar


  1. Juft so’zning qismlari o’zaro qanday so’zlardan tashkil topadi?

1) ma’nodosh so’zlardan 2) ziddosh so’zlardan

3) uyadosh so’zlardan 4) shakldosh so’zlardan

A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 1,3 D) 1,2


  1. Qaysi so’zlardagi omonimlik har xil so’z turkumi doirasida yuz beradi?

A) taxt, hozir, ari B) kadr, palata, chechak

C) karam, gul, chaq D) palla, og’iz, shox



  1. Qaysi so’zlardagi o’zaro paronimlik bir turkum doirasida yuz bergan?

A) ta’qib—taqib B) sa’va—sava

C) qal’a—qala D) sur’at—surat



  1. Qaysi gapda quloq so’zining ma’nosi metonimiya asosida ko’chgan?

A) Eshitgan quloq nima deydi?!

B) Necha marta aytishim kerak? O’zi senda quloq bormi?!

C) Kaliforniya shtatida dunyodagi eng qudratli quloqlar—lokatorlar o’rnatilgan.

D) Qozonning ikki qulog’idan avaylab ko’tardi.



  1. Qaysi gapda ko’z so’zining ma’nosi sinekdoxa asosida ko’chgan?

A) Xolnisoning ko’zi yomon—o’sal qiladi.

B) Uyda to’qqizta qora ko’z Sizni intiqlik bilan kutib turibdi.

C) Zamonaviy videokameralarning o’tkir ko’zi mitti jonzorlarning har bir tukini ham ilg’ay oladi.

D) Bir kuni malikaning uzugiga qadalgan ko’z yo’qolib qolibdi.



  1. Quyida berilgan so’zlar uchun umumiy bo’lgan ma’noni toping. qizil, shirin, muattar, katta

A) leksik ma’no B) grammatik ma’no C) uslubiy ma’no

  1. Mehmon kelib, kasalning oyog’iga o’tirdi.

Berilgan gapda ma’no ko’chishining qaysi turi sodir bo’lgan?

A) metafora B) metonimiya

C) sinekdoxa D) vazifadoshlik


  1. Tog’ etagi ko’m-ko’k maysalar bilan qoplangan.

Berilgan gapda ma’no ko’chishining qaysi turi sodir bo’lgan?

A) metafora B) metonimiya

C) sinekdoxa D) vazifadoshlik


  1. Qaysi javobda sinonim so’zlar berilmagan?

A) hayo—nomus—ibo—iffat

B) sabr—toqat—bardosh—matonat

C) olma—anor—gilos—anjir

D) baxt—saodat—omad—iqbol



  1. Qaysi javobda paronim so’zlar berilmagan?

A) devon—dovon B) sayil—sayr

C) vafo—jafo D) afzal—abzal



  1. Kasbiy atamalar berilgan javobni toping.

A) hujayra, ildiz, musbat B) tashbeh, kesim, qit’a

C) katet, azimut, kometa D) chala, yonbosh, halol



  1. Qaysi javobda biri atash ma’nosiga ega bo’lgan, biri atash ma’nosiga ega bo’lmagan fe’llardan tashkil topgan birlik berilgan?

A) olib bermoq B) ketib qolmoq

C) borib kelmoq D) o’tirib turmoq




Download 25,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish