Lug’atning tuzilishi. Lug’at rus va o’zbek tillarida yozilgan bo’lib, undagi atama va tushunchalar o’zlarining ruscha talqiniga ko’ra alifbo tartibida joylashtirilgan. Unda qushlarning o’zbekcha nomlari tarjimasi T.Zohidovdan (1957), o’simliklar nomlarining tarjimasi esa asosan S.Sahobiddinovdan (1953) olingan. Lug’atda keltirilgan atama va tushunchalar bosh so’zlar (sarlavhalar) shaklida berilgan bo’lib, qoramteir harflar bilan ajratilgan. Bosh so’zdan keyin qavs ichida uning etimologiyasi (kelib chiqishi) xorij tilidagi so’z (etimon) bilan ifodalangan. Etimon sodda so’zdan iborat bo’lib, uni bir so’z bilan tarjima qilish mumkin bo’lsa, u holda uning tarjimasi to’g’ridan–to’g’ri keltirilgan. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |