Imlo lug’atlar. Bu turdagi lug’atlarga kirgan so’z va iboralarning izohi ham, tarjimasi ham bo’lmaydi. Bunday lug’at so’zlarning yozilishini imlo qoidalarini o’z ichiga oladi. Tillardagi hamma so’zlarning yozilishini imlo qoidalariga mos kelmaydi. Bu turdagi lug’atlar istisno so’zlarning orfografiyasining aniqlashda ayniqsa qo’l keldi. Imlo lug’atlari hamma uchun birdek ahamiyatlidir.
Imlo lug’atlarining biz uchun ahamiyatli jihati shundaki so’zlarni to’g’ri talaffuz etishni o’rgatadi. Bunday lug’atlar, asosan praktik maqsadda tuziladi.
Imlo lug’atlarga misol tarzida quyidagilarni ko’rsatish mumkin. S.Ibrohimov, M.Rahmonovlarning 1956-yilda nashr etilgan “Imlo lug’ati”ni, S.Ibrohimov, E.Begmatov va A.Ahmedovlarning “fan” nashriyoti tomonidan 1976-yilda nashr etilgan “o’zbek tilining imlo lug’ati”, Shavkat Rahmatullayev, Azim Hojiyevlarning “O’bek tilining imlo lug’ati” Toshkent 1995. To’lqin To’g’ayev, Gulbahor Tavaldiyeva, Muyassar Akromova, Karim Nazarovlarning “O’zbek tilining krill va lotin alifbolaridagi imlo lug’ati” (Toshkent 2004.) ni olib qaraydigan bo’lsak, ushbu lug’at kirillcha va lotincha o’zbek alifbolarida tuzilgan bo’lib, ayni bir so’z har ikki yozuv shaklida yonma-yon berildi.
Lug’at kirillcha –lotincha o’zbek yozuvi tamoyilida tuzilganligi sababli, so’zlar o’zbek kirill alifbosi tartibida ifoda etildi. Davlat tilini o’rganishning ahamiyati ortib borayotgan, shuningdek, o’zbek lotin alifbosiga o’tilayotgan hozirgi kunda bu hildagi lug’atlar juda zarur va foydalanish uchun har jihatdan qulaydir. Xususan, yangi o’zbek alifbosi va takomollashgan imloda dastlab savod chiqarayotgan, ayniqsa, yangi alifbo tartibini, unda o’qish-yozishni hali muhta o’zlashtirmagan kishilarning o’zlariga ma’lum o’zbek kirill alifbosi tartibi bo’yicha ushbu lug’atdan o’zbek lotin alifbosidagi zarur so’zlarni tezroq topishlari va o’rganishlari oson kechadi.
Bunday lug’atdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad so’zlarning har ikki alifboda to’g’ri yozilishini ko’rsatish bilan birga yangi o’zbek yozuvida tezroq savod chiqarishga ko’maklashishdan iborat. Chunonchi, lug’atda so’zlarning kirill va lotin alifbolarida yozilib yonma-yon berilishi ko’rgazmalilik holatini kasb etadi. So’zlarni taqqoslash orqali o’quvchi kirill alifbosidagi harflar yangi alifboda qanday harflar bilan ifodalanishini bilib olishlari ta’limda yaxshi natija beradi. Muhimi, avvalgi va yangi imlo qoidalaridagi tovush va harf munosabatlarining (qaysi harf qaysi tovushni ko’rsatishining), umuman, har ikki imlo qoidalari mazmunining o’zaro uyg’un va farqli tomonlarini ushbu lug’at yordamida qiyoslab o’rganish imkoni tug’iladi.
Lug’atning kirill alifbosidagi qismi rus grafikasi asosida o’zbek yozuvining imlo qoidalariga (1956-yil 4-aprel), yangi alifbodagi qismi esa lotin grafikasi asosida o’zbek yozuvineng asosiy imlo qoidalariga (1995-yil 24- avgust) mos holda tuzildi. Binobarin, so’zlarning har ikki alifboda yozilishi grafika jixatidangina emas, ayrim holatlarda avvalgi va yangi imlo qoidalari mazmuniga ko’ra ham farq qiladi. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |