Leksikografiya asoslari


-Ma’ruza: Lug’at tuzish tamoyillari



Download 265,54 Kb.
bet2/25
Sana30.06.2022
Hajmi265,54 Kb.
#719873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Leksikografiya asoslari

2-Ma’ruza: Lug’at tuzish tamoyillari
Reja:
1.
LuFatlarning turlari: qomusiy va filologik luFatlar.
2.
Qomusiy luFatlar: umumiy va sohaviy luFatlar.
3.
Filologik luFatlar: umumiy va maxsus luFatlar.
4.
Bir tili, ikki tili va ko‘p tili luFatlar.
So‘zlarning biror maqsadda to‘planib, tartibga solingan yiFindisi luFat deyiladi. LuFat tuzishning nazariy va amaliy tamoyillari haqidagi soha leksikografiya (grekcha lexicon - luFat va grapho - yozaman) deyiladi. LuFat tuzuvchi mutaxassislar leksikografiar deyiladi. LuFat tuzish tamoyillari va metodikasini ishlab chiqish, leksikografiar ishini tashkil qilish, luFat tuzish uchun asos bo‘ladigan kartotekalar tuzish, ularni sistemalashtirish va saqlash leksikografiyaning vazifasidir. LuFatlarning so‘zlar va iboralarning qo‘llanishini nazariy tadqiq etishda hamda tilga amaliy o‘rgatishda ahamiyati katta.Turli turdagi luFatlar tuzish umummadaniy ahamiyatga egadir. LuFat alfavit tartibida tuzilib, qulay qo‘llanma sifatida xalq ommasiga bilim beradi, madaniy-oqartuv funksiya bajara-di. SHuning uchun ham bu masalaga katta ahamiyat berilmoq-da. Maxsus nashriyotlar, leksikografik muassasalarning tashkil etilganligini shu bilan izohlash mumkin.LuFat turlari, so‘zlik (luFatdan izohlanayotgan yoki tarji-ma qilinayotgan so‘z) tarkibi, luFaviy maqolalar strakturasi kabi masalalar leksikografik nazariyada asosiy masala hisoblanadi. LuFatlar, asosan, ikki turga bo‘linadi: qomusiy (ensiklopedik) va filologik. Qomusiy luFatlarda fan, texnika va madani-yatning barcha sohalariga oid tushunchalar izohlanadi. Ularda tabiat hodisalari, ijtimoiy hayotdagi voqealar, mashhur kishilar haqida ma'lumotlar beriladi.
So‘zning o‘zi haqida faqat uning kelib chiqishini ko‘rsatish bilan chegaralaniladi. SHuning uchun bunday luFatlar tushuncha luFat deb yuritiladi. Odatda, bunday luFatlarda rasmlar, karta va sxemalar ham keltiriladi.Qomusiy luFatlarda so‘z va iboralar alfavit tartibida maqolaning sarlavhasi sifatida qo‘yiladi. Qomusiy luFatlar maqsad va vazifasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: umumiy qomusiy (ensiklopedik) luFat va biror sohaning (qomusiy) luFati. Umumiy qomusiy luFatlarga "Britaniya luFati", "O‘zbekiston qomusi" misol bo‘ladi. Biror sohaning qomusiy luFatlariga "Adabiyot qomusi". "Pedagogik qomus". "Texnik qomus". "Qishloq xo‘jalik qomusi" kabilar kiradi. Qomusiy luFat SHarqda "Qomus", Ғarbda esa "Tezaurus" deb ham yuritiladi.Filologik luFatlarda asosiy eqtibor so‘zga yoki so‘z birik-masiga beriladi va ular har tomonlama izohlanadi. Bunday luFatlar ham alfavit tartibida tuziladi va izohlanadigan so‘z yoki so‘z birikmasi sarlavha sifatida keltiriladi.Filologik luFatlar ikki xil bo‘ladi: umumiy va maxsus filologik luFatlar. Umumiy filologik luFatlarda hamma qo‘llaydigan so‘zlarning izohi beriladi. Bular bir tilli, ikki tilli, ko‘p tilli bo‘ladi.Qo‘yilgan maqsadga ko‘ra bir tilli filologik luFatlar bir qan-cha turlarga bo‘linadi. Masalan, izohli luFatlar, maxsus lingvistik luFatlar: etimologik luFat, morfem luFat, frazeologik luFat, sinonim so‘zlar luFati, orfoepik luFat, chappa luFat, atoqli otlar luFati, joy nomlari luFati, mashhur yozuvchilar asarlari luFati kabilar.Masalan, izohli luFatda so‘zlarning barcha leksik ma'nolari keng izohlanadi. Har bir so‘z izohi kichik maqola shaklida beriladi va izohlanayotgan so‘z sarlavha qilib ko‘rsatiladi. Bunga "O‘zbek tilining izohli luFati", 5 jildli, "Ingliz tilining Oksford izohli luFati", 17 jildli "Slovar’ sovremennogo russkogo literaturnogo yazFka", S.I.Ojegovning bir jildli "Slovar’ russkogo yazika" kabilar misol bo‘ladi. Olim Usmonov va Renat Doniyorovlarning "Ruscha-internatsional so‘zlar izohli luFati" shular qatoriga kiritiladi.Sinonim so‘zlar luFatida sinonimik qatorga kiruvchi har bir so‘zning ma'no ottenkalari, stilistik funksiyalari bayon qilinadi. Bunga A.Hojievning "O‘zbek tili sinonimlarining izohli luFati" misol bo‘ladi. etimologik luFatlarda so‘zlarning kelib chiqishi, ularning dastlabki shakli va ma'nosi, til taraqqiyoti davomida ularda yuz bergan o‘zgarishlar izohlanadi.M.Fasmerning "Etimologicheskiy slovar’ russkogo yazFka", e.V. Sevortyanning "Etimologicheskiy slovar’ tyurkskix yazFkov", SH. Rahmatullaevning "O‘zbek tilining etimologik luFati" ana shunday luFatlardir.Morfemik luFat so‘zlarning qanday morfemalardan tuzil-ganini alfavit tartibida izohlovchi luFatdir. Jumladan, mukofotlanmoq so‘zi mukofot (Ian) moq morfemalaridan tuzilgan. (Qarang: A.Fulomov, A.N.Tixonov, R.Qo‘nFurov. O‘zbek tili morfem luFati. Toshkent, "O‘qituvchi", 1977). Frazeologik luFatda tildagi frazeologik birliklarning (iboralarning) semantik va grammatik xususiyatlari misollar yordamida izohlanadi. Unda frazeologik omonimlar, sinonimlar va antonimlarni yonma-yon keltirish bir frazeologik iboraning turli variantlarini berish juda foydalidir. Misol: Ko ‘ngli qattiq-qattiq ko ‘ngil. Rahm- shafqati yo‘q. Varianti: toshko‘ngil; toshko‘ngilli; tosh-ko‘ngil (ekan)ligi.
Sinonimi: toshyurak-yuragi tosh. Antonimi: ko‘ngl (i) bo‘sh; ko‘ngl(i)yumshoq- yumshoq ko‘ngil. O‘xshashi: basritosh; mehritosh... [Rahmatullaev SH. O‘zbek tilining izohli frazeologik luFati. Toshkent. "O‘qituvchi", 1978, 21-bet].
So‘zlarning qanday harf bilan tugaganiga qarab alfavit tar-tibida tuzilgan luFat chappa luFat deyiladi. Masalan, a harfi bilan tugagan so‘zlar quyidagicha beriladi: arfa, bola, dona, so ‘na, pona, to ‘nka, shona kabi. Bunday luFat so‘z yasalishi, morfologiya va leksikologiya bo‘yicha olib boriladigan turli ilmiy- tadqiqotlar uchun manba boiishi mumkin.Bulardan tashqari, chappa luFatlar tilning fonetik qonuniyatlarini, sheqriyat sirlari (qofiya bo‘yicha)ni o‘rganishda yordam beradi. (R.Qo‘nFurov va A.Tixonovlarning "ObratnFy slovar’ uzbekskogo yazFka" kitobi).Izohli luFatlar tuzilishiga ko‘ra ikki xil: alfavit tartibidagi luFatlar va uya tartibidagi luFatlar.Birinchi turdagi luFatlarda so‘zlar alfavit tartibida berilib izohlanadi. YUqorida ko‘rsatilgan izohli luFatlar mana shu tartibda tuzilgan.
Ikkinchi turdagi luFatlarda faqat o‘zaklargina alfavit tartibida joylashtiriladi. YAsama so‘zlar esa o‘zak maqolachasining ichida (uyasida) izohlanadi. Bunday luFatlar bir uyada keltiril-gan so‘zlarning ma'no va shakl jihatdan boglanishlari haqida ma'lumot beradi. Ikki til doirasidagi tarjima luFatlarida bir tildagi so‘z yoki so‘z birikmasi boshqa tilga tarjima qilib beriladi. Bunga ruscha-o‘zbekcha, inglizcha-o‘zbekcha, fransuzcha-o‘zbekcha, nemischa-o‘zbekcha luFatlar kiradi. CHet tilini o‘rganuvchilar uchun moijallangan qisqa tarjima luFatlari ham mavjud. Ba'zan tarjima luFatlari bir necha tillar doirasida bo‘ladi. Masalan, "Slovar’ naibolee upotrebitel’nFx slov angliyskogo, nemetskogo, frantsuzskogo i russkogo yazikov" kabi.Filologik luFatlarga turli sohalarga oid luFatlar ham kiradi. Bularda fan, texnika, ishlab chiqarishning ma'lum sohasiga oid so‘z-terminlar izohlanadi. Soha luFatlari ichida eng keng tarqalgani terminologik luFatlardir. Bunday luFatlar bir tilli, ikki tilli, ko‘p tilli bo‘ladi. Bir tilli terminologik luFatlarda bir tilning ma'lum sohaga oid terminlari izohlanadi. Bunga O.S.Axmanovaning "Slovar’ lingvisticheskix terminov" (1966) va D.E.Rozental, M.A.Telenkovalarning "Spravochnik lingvisticheskix terminov" (1972) nomli kitoblari, H.Hasanovning "Geografiya terminlari luFati" (1964). H.Homidiy, SH.Abdullaeva, S.Ibrohimovalarning "Adabiyotshunoslik terminlari luFati" (1967), Olim Usmon tahriri ostida nashr qilin-gan "Ijtimoiy-siyosiy terminlar luFati" (1976) kabilarni kiritish mumkin.
Ikki tilli terminologik luFatlarga N.T. Hotamovning "Adabiyotshunoslikdan qisqacha ruscha-o‘zbekcha terminologik luFat"i (1969). SH. Bayburov va N. Takanaevning "Pedagogikadan qisqacha ruscha-o‘zbekcha terminologik luFat"i (1963) kabilar kiradi.Ko‘p tilli terminologik luFatlarga A.AAsqarov va H.Zohidovlarning "Lotincha-o‘zbekcha-ruscha normal anatomiya luFati" (1964) ni misol qilib ko‘rsatish mumkin.CHet so‘zlar luFati ham terminologik luFatlarga o‘xshab ketadi. Bunda ham, asosan, chet tillardan o‘zlashgan so‘zlar izohlanadi.
LuFatlarning turi yuqoridagilari bilan cheklanmaydi. Tematik, differensial, yangi so‘zlar, qisqartma so‘zlar, chastota, qofiya luFatlari ham mavjud. Masalan, tematik luFatlarda so‘zlar ma'nolariga ko‘ra gurahlanadi. Bunday luFatlar biror fikrni ifodalash uchun eng qulay so‘zlarni topish imkoniyatini beradi. Bunga ingliz tili asosida tuzilgan Roje (Roget) luFati, Muhammad YOqub CHingi tomonidan tuzilgan "Kelurnoma" nomli (XVIII asr) luFatning oxirgi XV bobi misol bo‘ladi.Xalqning oqsib borayotgan talablarini qondirish maqsadida luFatning yangi-yangi turlari yaratilishi tabiiydir.Hozirgi tilshunoslikda tezauras luFat (grekcha thesayros - manba) yoki ideografik luFat tuzish masalasi ustida ish olib borilmoqda. Tezauras luFat ma'lum so‘z bilan ma'nolari boFlanuvchi barcha so‘zlarni qamrab oladi.
3-Ma’ruza: XI-XII asr o‘zbek lug‘atchiligi.
Reja:
Lug‘atchilik tarixida Mahmud Koshg‘ariyning tutgan o‘rni.
Arab tilshunosligi metod va usullari asosida turkiy tillarni o‘rganish an’anasining yuzaga kelishi va bunda Mahmud Koshg‘ariyning xizmatlari.
“Devonu lug‘atit turk” asari va uning tuzilishi.
Devonu lug‘atit turk”da so‘zlarni izohlash prinsiplari.
Mahmud Koshg‘ariy(Mahmud ibn al-Husayin ibn Mahammad al-Koshg‘ariy)ning “Devonu lug‘atit turk” (“Turkiy so‘zlar devoni”) asari arab tilida arab lingvistik maktabi qoidalari asosida turkiy tilni o‘rganish bo‘yicha yaratilgan eng eski lug‘at va grammatika kitobidir. Asar hijriy 469 yili (melodiy 1076/1077 yilda) yozib tugallangan. Olimlarning “Devonu lug‘atit turk” Bag‘dodda yozilgan degan taxmini bor. Ehtimol u Turkistonning yirik madaniy-ilmiy markazlaridan birida yaratilgandir. Nima bo‘lganda ham, asar arablarni, arab tilini biladigan sharq xalqlarini va undan o‘tib yevropa ilmiy jamoatchiligini turkiy til bilan tanitish maqsadida yaratilgan.
Arab tilida luga (ko‘pligi: lugaf) bir necha ma’noda ishlatiladi: “til, sheva”; “so‘z”; “so‘z shakli”. Shundan kelib chiqqan holda, asar taijimalarida uning oti “Turkiy tillar devoni”, “Turkiy tillar lug‘ati”, “Turkiy so‘zlar devoni” deb berilgan. Bu o‘rinda divan - “to‘plam” ma’nosida. Sharq adabiyotida biror ijodkorning muayyan tartibda tizib chiqilgan she’rlari divan atalgan. Sarlavhadagi lugaf ni “so‘z, kalom”ning ko‘pligi, lugaf af-turk birikmasini esa “turkiy so‘zlar” deb anglangani ma’qul. Asarning divan deyiluviga sabab, unda so‘zlarning arab leksikografiyasi qoidalari tegrasida, muayyan ketma-ketlikda tizib chiqilganligi ko‘zda tutilgan. Ana shularga tayangan holda “Devonu lug‘atit turk” ni “Turkiy so‘zlar [yoki turk so‘zlari] devoni” deya talqin etilsa, to‘g‘ri bo‘ladi.
Kunimizgacha “Devonu lug‘atit turk”ning bitta qo‘lyozmasi saqlangan. U hijriy 664 (melodiy 1266 yilda) kotib Muhammad ibn Abubakr ibn Abdulfath as-Saviy ad-Damashqiy ko‘chirgan. Uning yozishicha, mazkur qo‘lyozma Mahmud Koshg‘ariyning o‘z qo‘li bilan bitilgan nusxasidan ko‘chirilgan. Qo‘lyozma kitob 319 varaq. U hozir Istanbuldagi Millat kutubxonasining Ali Amiriy fondida 4189 raqami ostida saqlanmoqda.
Turkshunoslikda “Devonu lug‘atit turk” keng o‘rganilgan (Xudoyberdiev 2011). Asar bir qancha tilga tarjima qilingan. Hozirgi chog‘da uning turkcha, o‘zbekcha, uyg‘urcha, inglizcha, ruschaga o‘girilgan nashrlari bor. Tarjimalari va hozirgi zamon nashrlari orasida ilmiyligi bo‘yicha to‘rttasi alohida ajralib turadi:
Bulardan birinchisi - 1960-1963 yillarda uch jildda chop ettirilgan Toshkent nashri. Uni o‘zbek olimi S. Mutallibov nashrga tayyorlagan (qarang: MK.I-III).
Ikkinchisi - 1981-1984 yillarda uyg‘ur olimlari uch jildda chiqargan Urumchi nashridir (qarang: MKUrumchi.I-III).
Uchinchisi - 1982-1985 yillarda Xarvard universiteti tomonidan R. Dankov va J. Kelli birgalikda uch jildda chop ettirgan inglizcha nashri (qarang: MKH.I-III).
To‘rtinchisi - asarning Moskvada chop ettirilgan ruscha nashridir. Uni o‘zbek olimi A. Rustamov arab tilidan tarjima qilgan, kitob I.V. Kormushin tahriri ostida chiqqan (qarang: MKMoskva).
Turkiyada asarning faksimil nashri ham chiqqan (qarang: MK.facsimile). Asar nashrlari ichida ilmiy jihatdan eng ahamiyatlisi asl nusxaning ana shu foto-faksimilidir.
Asar arab tilida yozilgan. Turkiy so‘zlarning ma’nosi, ushbu so‘zlarning ma’nosini ochiqlash uchun keltirilgan misollar arab tilida izohlanadi.
Mahmud Koshg‘ariyning turkiy til grammatikasiga bag‘ishlangan boshqa bir asari ham bo‘lgan. Chunonchi, olim “Devonu lug‘atit turk”ning kirish bo‘limida kitobda zikr etilmagan grammatik qoidalar to‘g‘risida so‘z yuritib: “Birlik, ko‘plik, oshirish, chog‘ishtirish, kichraytish, kelishiklar masalasi va boshqalar ham zikr qilinmadi. Chunki biz bularni “Kitob javohir an-nahv fi-lug‘at at-turk” (“Turkiy tillarning nahviga oid gavharlar kitobi”) ismli asarimizda berdik. Nahvga oid qoidalar u asardan qaralishi kerak”, - deb yozadi (MK.I.62). Biroq uning bu kitobi saqlangan emas.
Tilshunoslik tarixida turkiy tillarni o‘rganish va o‘qitish metodologiyasining shakllanishida sharq, xususan, arab tilshunosligining ta’siri katta bo‘lgan. Turkiy tillar salkam to‘qqiz asr arab tilshunosligi metodologiyasi asosida tadqiq etilgan va ta’lim sohasiga tadbiq etilgan. Ushbu metodologiyani turkshunoslikda birinchilardan bo‘lib ulug‘ olim, buyuk tilshunos Mahmud Koshg‘ariy ishlab chiqdi. U turkiy tillarni o‘rganishga arab tilshunosligining tadqiq usullarini qo‘lladi, shu asosda turkshunoslikda yangi bir metodologiyani yaratdi, islom davri turk tilshunosligiga asos soldi. Muhimi, olim arab tilshunosligining metod va usullarini o‘z tiliga qo‘llabgina qolmay, turkiy tilning qonuniyatlariga suyangan holda, uni yangi usullar bilan boyitdi, shu ishi bilan tilshunoslik tarixida ulkan kashfiyotlar qildi.
Mahmud Koshg‘ariy turkiy tilni ikkiga - barcha turkiy qavmlar uchun tushunarli, yozuv an’anasiga ega bo‘lgan yozma adabiy til, ikkinchisi - turkiy shevalar tiliga ajratadi. Yozma adabiy tilni “xoqoniya tili; xoqoniy turkchasi” yoki “turk tili” deb, shevalar tilini esa ularning o‘z oti bilan ataydi. U yozadi: “qay, yabaqu, tatar, basm'il qabilalarining har birining tili o‘ziga xosdir. Shu bilan birga, ular turkchani ham yaxshi biladilar. So‘ngra qirqiz, qipcaq, oguz, tuxsi, yagma, cigil, igraq, caruq tillari faqat turkchadir. Yamak va basgirt tillari bularga yaqindir. Rumgacha cho‘zilgan bulgar, suwar, pacanak lar tili bir xil so‘zlarning oxiri qisqartirilgan bir turkchadir” (MK.I.66). Yuqorida muallif qay, yabaqu, tatar, basmillarning tili to‘g‘risida so‘z yuritib, “ular turkchani ham yaxshi biladilar” deganida, ular uchun yagona adabiy til amal qilganini anglash mumkin.
Adabiy tilni “tillarning eng to‘g‘risi, yaxshisi”, “eng ochiq va ravon til” deya ta’riflaydi. U shunday yozadi: “Tillarning yengili o‘g‘uzcha, eng to‘g‘risi, yaxshisiyagma, tuxsi kabilarning tili va, shuningdek, Ila, Ertis, Yamar, Etilvodiylaridan uyg‘ur shaharlarigacha bo‘lgan joylarda yashovchilar tilidir. Bularning ichida eng ochiq va ravon til - xoqoniya (xoqonliklar) o‘lkasida yashovchilarning tilidir. ... (Qashqarda) shahar o‘rtasida turuvchilar xoqoniy turkchasida so‘zlaydilar” (MK.I.66).
Lug‘atda muallif yozma adabiy tilda (ya’ni “turk tili”da yoki “xoqoniy turkchasi”da) qo‘llanadigan so‘zlarni asosga olgan. Uning shevalardagi talaffuzi yoki boshqa biror so‘z bilan berilishini ana shu bosh so‘zga qiyoslab boradi. Shu jihatdan asar faqat adabiy tilni emas, qadimgi turk shevalarini o‘rganishda ham muhim ahamiyatga ega.
Mahmud Koshg‘ariy turkshunoslikda birinchi bor qadimgi turk lahjalarini klassifikatsiya qilib, turk tilshunosligining muhim nazariy masalalarini yoritib berdi.
Yana bir muhim belgisi: odatda, hozirgi lug‘atlarda fe’llarni keltirganda, ular infinitiv ko‘rinishida beriladi: bormoq, tanimoq, bilmoq, ishlamoq singari. Yozma yodgorliklar tili bo‘yicha tuzilgan “Drevnetyurkskiy slovar” yoki boshqa ilmiy lug‘atlarda fe’llar bosh shaklida beriladi va fe’lligini anglatish uchun ketiga chiziqcha qo‘yiladi: kel-, basla-, isla- singari. Lekin Mahmud Koshg‘ariy, qolaversa, boshqa lug‘atchilar ham, fe’llarni o‘tgan zamon shaklida keltirgan: acdi, aqdi, ucdi, utti, ezdi, esdi,ekdi, indi singari. Biroq, ularni keltirganda fe’l o‘zagining necha harfli ekani ko‘zda tutiladi. Masalan, aqdi, esdi fe’llari ikki harflilar sirasida keltiriladi, sababi bu so‘zlarning o‘zagi ikki harflidir (aq-, es-).
“Devonu lug‘atit turk” ikki - muqaddima va lug‘at bo‘limlaridan tuzilgan. Muqaddimada kitobning yozilish sababi, uning tuzilishi; turklar qo‘llaydigan yozuv; otlarning yasalishi; fe’llarning tuslanishi; so‘z tarkibi (morfem tuzilishi); kitobda e’tibor qaratilgan grammatik qoidalar; turk tabaqalarining ta’rifi va ularning yerlashuv o‘rni; turk lahjalaridagi farqlar xususida so‘z yuritiladi. Turkiy qavmlarning yerlashuvi to‘g‘risida ma’lumot berilgan o‘rinda unga qo‘shimcha holda Yer yuzi xaritasi ham keltirilgan (u ham arab tilida). Xaritaning devon ichida keltirilgan ma’lumotlar bilan uyg‘unligi uni ham kitob muallifining o‘zi tuzgan degan fikrga olib keladi.
Lug‘at sakkiz bo‘limdan iborat:

  1. Hamzali so‘zlar, ya’ni “alif” bilan boshlanadigan so‘zlar bo‘limi.

  2. Solim, ya’ni “alif”, “vav”, “ya” harflari bo‘lmagan so‘zlar bo‘limi.

  3. Muzoaf, ya’ni undoshlari ikkilanadigan so‘zlar bo‘limi.

  4. Misol, ya’ni tarkibida “alif”, “vav”, “ya” bo‘lgan so‘zlar bo‘limi.

  5. Zavatu-s-salasa (uch harfli so‘zlar), ya’ni “alif”, “vav”, “ya” harflari qisqa unli sifatida o‘qiladigan so‘zlar bo‘limi.

  6. Zavatu-l-arba’a (to‘rt harfli so‘zlar), ya’ni “alif”, “vav”, “ya” qisqa talaffuz qilinadigan so‘zlar bo‘limi.

  7. G‘unnalilar, ya’ni tarkibida burun (dumog‘) tovushlari kelgan so‘zlar bo‘limi.

  8. Al-jam’ baynas-sakinayi, ya’ni harakatsiz ikki undoshli so‘zlar bo‘limi.

Har bir bob ism va fe’llardan iborat ikki qismga ajratilgan. Otlar oldin, fe’llar esa keyin o‘z sirasiga qarab boblarga ajratilib, oldinma-ketin beriladi.
So‘zlarning berilish ketma-ketligi ham arab lug‘atchiligi ishlab chiqqan prinsiplarga tayanadi: oldin ikki harflilar, so‘ng uch, to‘rt, besh, so‘ng olti harfli so‘zlar keladi.
O‘rtasi sukunli va o‘rtasi harakatli so‘zlar ham ajratib beriladi.
Oldiga hamza va shunga o‘xshash harflar orttirilgan so‘zlar; keyin birinchi va ikkinchi harflari orasiga harf orttirilgan so‘zlar; so‘ng uchinchi harfidan keyin harf orttirilgan so‘zlar beriladi.
Bundan tashqari, bu so‘zlarning bosh va oxirgi tovushlari ko‘zda tutiladi. Qoidaga ko‘ra, lug‘at keyingi harfi ^ li so‘zlardan boshlanadi (ap (ta’kid va kuchaytiruv yuklamasi), ab (yo‘q, emas) singari), so‘ng boshqa harfli so‘zlarga ko‘chiladi (at, et, ot (o‘t, o‘lan), uc, er singari).
Yana har bir bo‘limdan so‘ng o‘sha bo‘limning grammatik qoidasi keltiriladi.
Muallif tushunilishi oson bo‘lishi uchun muallif arabcha istiloh(termin)larni qo‘llagan.
Lug‘atga o‘sha zamondagi turkiy tilning deyarli barcha sohalariga tegishli sof turkiy so‘zlar jamlangan (aytgancha, kitobning kirish qismida unga asl turkiy so‘zlar jamlanganini muallifning o‘zi ham ta’kidlaydi). Kitobda iste’moldan chiqqan so‘zlar berilmagan, faqat iste’moldagi so‘zlargina berilgan. Lug‘atda so‘zlarning berilishi o‘ziga xos: avval turkiy so‘z, so‘ng uning arabcha tarjimasi keltiriladi. Izohlanganda esa uning fonetik variantlari, sheva so‘zi bo‘lsa, qanday shevada uchrashi qayd etiladi.
Agar lug‘atda keltirilgan turkiy so‘zga arab tilida teng keladigani bo‘lmasa, ya’ni u turklarning tiriklik tarzi, dunyoqarashi, madaniyati, etnografiyasigagina tegishli tushunchani anglatsa, unday holda ushbu so‘z kengroq shaklda bayon etiladi. Yanada muhimi, turkcha so‘zning ma’nosini ochish uchun o‘sha so‘z qatnashgan turkiy jumlalar, maqollar, xalq qo‘shiqlari, dostonlardan olingan to‘rtliklar, ushbu tushuncha bilan bog‘liq etnografik marosimlar, qarashlar bilan izohlanadi. Shunga ko‘ra, “Devonu lug‘atit turk” tilshunoslik asarigina emas, qadimgi turk folklori, etnografiya, tarix, madaniyatshunoslik va shuning singari o‘nlab qadimiy fanlar uchun ham boy material beradi.
Masalan, im (belgi, yashirin so‘z) so‘ziga izoh berar ekan, shunday yozadi:
"пи - shoh askarlariga qo‘yilgan (tayinlangan) yashirin belgi, parol; bu belgi qush yoki qurol nomi yoki biror so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin; to‘qnashganda uni aytib o‘zlarini tanitadilar; maqolda shunday kelgan: im bilsa er olmas - Im bilsa, er o‘lmas (Kishi yashirin belgini bilsa, nohaq o‘lmaydi)” (MK.I.74).
Yoki alp (alp, pahlavon) so‘zining ma’nosi lug‘atda shunday izohlangan:
““alp - botir, qahramon: alpyagida, alcaq cagida - “Botir yov bilan to‘qnashganda, yuvosh kishi - tirishishda sinaladi” maqolidagi kabi. Bu so‘z quyidagi parchada ham kelgan:

Download 265,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish