O‘zlashtirma so‘zlar(ENTLEHNUNGEN ).
Dunyoda boshqa xalqlar bilan aloqada bo‘lmaydigan, alohida ajralib yashaydigan xalqlar yo‘q. Hattoki, Janubiy Amerika changalzorlarining odam oyog‘I yetmagan joylarida yashovchi qabilalar ham qandaydir yo‘l bilan tashqi dunyo bilan aloqada bo‘lishlari isbotlangan. Ularning tillarida ham o‘zga tillardan o‘zlashgan so‘zlar kuzatilgan. Albatta, qadimda xalqlarning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi, bosqinchilik urushlari, savdo- sotiq, diniy muloqotlari tufayli o‘zaro aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa urushlar tufayli g‘olib xalq tilining mag‘lub xalq tiliga, yoki aksincha, mag‘lub xalq tilining g‘olib xalq tliga o‘ta faol ta’siri natijasida tillarga yangi so‘zlar o‘zlashishi jarayoni kuzatilgan. Hozirgi zamon o‘zbek tili lug‘at tarkibini 1980- yili
chop etilgan ikki jildli “ O‘zbek tilining izohli lug‘ati ” asosida tahlil qilganimizda arab, fors, rus tilidan o‘zlashgan so‘zlar ko‘pchilikni tashkil qilishi aniqlandi. Misol uchun, arab tilidan o‘zlashgan muallim, muhandis, muharrir, mudarris, mo‘tabar, muqaddas, muhokama, munozara: fors- tojik tilidan o‘zlashgan sartaroshxona, sartarosh, darbadar, dasturxon, xona, dutor, xo‘randa, pazanda, sardor, mardikor, ro‘zg‘or, yakshanba, dushanba, navbahor, badavlat, ziyokor kabi so‘zlarni keltirishimiz mumkin. Ushbu holatdan
kelib chiqib, mustaqillik yillari mobaynida “o‘zlikni anglash”, “til sofligini
saqlash ” uchun amalga oshirilgan ishlar ustida ham jiddiy bosh qotirib
ko‘rish kerak. Chunki vazir ( minster ), hokim, jarroh ( xirurg ), talaba ( student ), dastur ( programma ) kabi leksemalar tarixiy- etimologik
jihatdan sof o‘zbekcha emas, arabcha yoki forscha- tojikcha qatlamga mansub leksik birliklardir. Nemis tili ham bu borada istisno emas.
Chunki hozirgi Germaniya hududida istiqomat qilgan qadimiy
qabilalar lotinlar, fransuzlar, slavyanlar va boshqa xalqlar bilan
doimo o‘zaro aloqada bo‘lganlar. Alohida ta’kidlash lozimki, nemis
tili lug‘at tarkibi rivoji tarixan 3 manbaga asoslanadi:
1. Qadim Hind- Yevropa leksik qatlamlaridan tashkil topgan so‘zlar;
2. Umumgerman tillari leksik qatlamlaridan tashkil topgan so‘zlar;
3. Boshqa chet tillaridan o‘zlashgan so‘zlar qatlamlari.
Nemis olimi A. Shmidtning yozishicha, hozirgi zamon nemis tili
lug‘at tarkibining to‘rtdan bir qismi ( ein Vieryel der Grundwörter des heutigen Wortbestandes ) Hind- Yevropa leksik qatlamidan tashkil topgan. Bu asosan inson va uning tana a’zolari nomlari, atrof- muhit, uy hayvonlari,
daraxtlar, qarindosh- urug‘chilikni ifodalovchi so‘zlar qatlamidir. Masalan: Tag, Nacht, Wind, Ernte, Sommer, Gans, Kuh; Blume, Erbse; Neffe, Vater; bauen, beissen; arm, tot. Barcha asos so‘zlarning o‘ttiz foizini
umumgerman leksik qatlami tashkil qiladi. Bular asosan dehqonchilik,
chorvachilik, dengizchilik, baliqchilik, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurol aslaha nomlaridir. Masalan: Brot, Fleish; Weiden, Herbst, Krippe, Lamm, Esse, Hof; Waffe,Schwert.
An’anaga ko‘ra o‘zlashtirma so‘zlar ikki guruhga bo‘linadi. Bular nemis tiliga to‘la “ o‘zlashib ” ketgan so‘zlar ( Lehnwörter ) hamda “chet til ” so‘zlaridir (Fremdwörter). To‘la “ o‘zlashib ” ketgan so‘zlar asosan qadimgi, o‘rta hamda yangi davr nemis adabiy tili ( althochdeutsche, mittelhochdeutsche und
frühneuhochdeutsche Sprachperioden ) davrlarida kirib kelgan hamda
to‘la “ nemischalashib ” ketgan so‘zlar bo‘lib, bularni hozir hech kim chet tilidan kirib kelgan so‘zlar sifatida idrok etmaydi. Masalan: Fenster, Mauer, Mönch, tanzen, schreiben, fein u.a.
„ Chet so‘zlar “ ( Fremdwörter ) nemis tilida keng qo‘llaniladigan so‘zlar bo‘lib, ularning o‘zlashgan so‘z ekanligi yaqqol ko‘rinib tursada, xorijiy so‘z sifatida ko‘rilmaydi hamda nemischa ekvivalenti bilan almashtirilib ishlatilmaydi. Masalan: Politik, Sport, interessant, Interview, Courage, Exchange, demonstrieren va b. Nemis tiliga asosan quyidagi yo‘llar bilan so‘zlar o‘zlashtiriladi:
1. chet tilidagi so‘zni ham shakli, ham ma’nosi bilan birga to‘la o‘zlashtirish, ya’ni eng oddiy usul ( einfache Entlehnung ).
Masalan: Kolchos, Sputnik, Perestojka, hi! O‘key!
2. So‘zlarni kalkalash orqali tarjima qilib o‘zlashtirish ( Lehnübersetzung ). Masalan: ing. Football- Fuball, useless - nuzlos, frans. De couvrir- entdecken: rus. Герой труда – Held der Arbeit. Bunday usulda so‘zlar o‘zlashishi o‘zbek tilida ham kuzatiladi. Masalan: Futbol, Voleybol va h.k. Ushbu usul asosan diniy asarlarni lotin tilidan nemis tiliga tarjima qilish keng qo‘llangan. Shunday holni arab tilidan diniy matnlarni o‘zbek tiliga o‘girish jarayonida ham kuzatishimiz mumkin. 3. O‘zlashtirilgan internatsionol so‘zlar ( Internationalismen). Bular turli tillarda bir hil shakl va ma’noda ishlatiladigan so‘zlar bo‘lib, ular asosan turli soha terminlaridan iboratdir.
Masalan: Nemis. Der Student Ingliz. Student. Fansuz. Letudiant Rus. Student O‘zbekcha. Student. International so‘zlar qatoriga xalqlarning o‘ziga xos
madaniyati, xususiyatlarini ifodalaydigan hamda ko‘p tillarga o‘zlashtirilgan
tillar ham kiradi. Masalan: Turban, Rikscha, Kuli, Samowar, Pilav, Kurash, Halol. Internatsional so‘zlarning aksariyati lotin hamda grek tillari
asosida yaratilgan. Masalan: lot. Minimum, Provisor, Produkt, Republik, Medizin: grek. Demokratie, Epik, Mime, Telephon, Turbine va hk.
Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, so‘nggi paytlarga kelib so‘z yasalish tipologiyasi ya’ni leksik tipologiya masalalari ishlab chiqilmoqda. Lеksik tipologiyaning asosiy masalalari qatoriga masalan, lеksik
tipologiyaining lingvistik tipologiyada tutgan o‘rnini, uning prеdmеtini, lеksik
univеrsaliyani ajratishini asosiy printsiplarini, umuminsoniy tillarning lug‘at tarkibini aniqlash va bir qator boshqa masalalarni kiritishimiz mumkin. Shuningdek, har qanday til rivojida so‘z o‘zlashtirish jarayoni katta ahamiyatga ega bo‘lgani kabi, nemis tili tarixida ham bu qatlam sezilarli iz
qoldirgan. Albatta o‘zlashtirma so‘zlar salmog‘i har bir davlatning
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy taraqqiyot darajasi bilan uzviv bog‘liq. Demak, o‘zlashtirma so‘zlar adadi, xususiyatlari, o‘zlashtirish darajasi turli davrlarda turlicha bo‘lish tabiiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |