Lecture №8. Cnc


TOKARLIK GURUHIDAGI RDB DASTGOHLARINING XUSUSIYATLARI



Download 0,57 Mb.
bet15/18
Sana04.03.2022
Hajmi0,57 Mb.
#482859
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Lecture №8. Cnc machines

TOKARLIK GURUHIDAGI RDB DASTGOHLARINING XUSUSIYATLARI.


RDB stanoklarni yaratishda ularning yuqori unumli, yuqori darajada aniq, ishlov beradigan va puxta bo`lishiga aloxida e’tibor beriladi. RDB tokarlik stanoklarining ko`pchiligida asosiy, yordamchi, tayyorlanish-yakunlanish vaqtlarini va texnik sabablarga ko`ra to`xtash
vaqtlarini qisqartirish xisobiga, shuningdek yaroqli buyumlarning chiqish koeffitsientini oshirish yo`li bilan xaqiqiy ish unumini oshirish asosiy yo`nalish qilib olingan.
Zamonaviy RDB tokarlik stanoklarining ish unumini oshirish yo`llaridan biri asosiy vaqt bilan bog`liq bo‘lib, shpindelning aylanish chastotasini pog`onasiz rostlashga imkon beruvchi asosiy xarakat yuritmasini qo`llanishdan iborat. Bunday yuritma Pog`onali yuritmalarga xos kamchiliklardan xoli bo`lib, ish unumining oshishini ta’minlaydi. Odatda pog`onali yuritmalarda shpindelning qabul qilingan (xaqiqiy) aylanish chastotasi xisoblangan chastotadan kam bo`ladi. Shpindelning aylanish chastotasini pog`onasiz rostlash uchun yuritmada o`zgarmas yoki o`zgaruvchan tokda ishlaydigan rostlanma elektrodvigatellar avtomatik almashib qo`shiladigan ikki, uch yoki to`rt pog`onali tezliklar qutisi bilan birga ishlatiladi.
Misol tariqasida «Duplomatic» (Ispaniya) firmasining birxillashtirilgan revolver kallagi ko‘rsatilgan:



  1. rasm. «Duplomatic» firmasi (Ispaniya)da tayyorlagan revolver kallak.

Bu kallak aylanuvchi asboblar (parma, zenker, razvertka, freza) bilan to‘rt pozitsiyaga, keskichlar bilan esa sakkiz pozitsiyaga ega. Kallak mustaqil uzel bo`lib, unda kallakni burish, shuningdek asbobni ish pozitsiyasida aylantirish yuritmasi bor.
RDB tokarlik stanoklarining tuzilishidagi ikkinchi xususiyat kesish tezligini oshirish yo`li bilan asosiy vaqtni kamaytirishdan iborat. Buning uchun stanoklar ko`p o`rinli revolver kallaklar (yoki keskich tutkichlar) ko‘rinishidagi asboblar magazini, katta sig`imli qo`shimcha magazinlar va yeyilgan asbobni avtomatik almashtirish qurilmalari bilan jixozlanishi lozim. Stanoklar asboblar bilan bu xilda jixozlanganda asbobning chidamliligini pasaytirish xisobiga kesish tezligini oshirish imkoniyati tug`iladi.
RDB tokarlik dastgohining surishlar yuritmasi 3-rasmda ko`rsatilgan. Bu yuritmaga katta momentli elektrodvigatel 1 ga mufta (silfon) 3 yordamida birlashtirilgan dumalanma vint-gaykali uzatma 4 va 5 kiradi. Uzatmani chang va qirindidan muxofazalash uchun burma jild 7 dan foydalaniladi. Uzatmada taranglik xosil qilish uchun gaykaning ikkala yarmini bir-biriga nisbatan burish va ularni o`zlarining yon tomonlaridagi tishlar vositasida maxkamlab qo`yish kerak.


    1. rasm. RDB tokarlik dastgohining surishlar yuritmasi.

1 - katta momentli elektrodvigatel; 2 - kronshteyn; 3 - birlashtirish muftasi (silfon); 4 - vint; 5 - gayka bilan zoldirlar; 6 - support;
7 - ximoyalovchi burma jild.
RDB stanoklarni asboblar magazini bilan jixozlash xam yordamchi vaqtni kamaytirishga qaratilgan. Qurilmalarning tez ishlashi tufayli asboblarni almashtirish vaqti jiddiy qisqaradi. Bundan tashqari, magazinlarning sig`imi kattalashishi bilan detalga bir stanokning o`zida to`liq, ishlov berish imkoniyati paydo bo`ldi, bu esa detalni qayta o`rnatishga sarflanadigan vaqtni tejab qolishga va uni bir operatsiyadan ikkinchisiga tashib keltirish vaqtni qisqartirishga imkon beradi.
RDB stanoklarning unumdorligini oshirishning ustuvor yo`nalishlaridan biri stanoklarning texnik sabablarga ko`ra xususiy bekor turib qolish vaqtini qisqartirishdan iborat. Bunga RDB stanoklarni ularga texnik xizmat ko‘rsatishga mo`ljallangan turli avtomatlashtirilgan qurilmalar: qirindilarni yig`ishtirish, ishlatilgan
asbobni almashtirish (yuqorida bayon etilganlarga qarang), ishqalanuvchi sirtlarni moylash qurilmalari va boshqa jixozlash orqali erishiladi.
Qirindi yig`ishtirish muhim, lekin murakkab vazifadir. Faqat qirindini yig`ishtirishning o`zi emas, balki uni moylash-sovitish suyuqligidan va boshqa chiqindilardan tozalash xam lozim bo`ladi. RDB stanoklarda qirindini yig`ishtirish uchun turli konveyerlar: po`lat yoki rezinalangan tasmali, kirgichli, tikanli, tebranma, shnekli konveyerlar ishlatiladi
Tasmali konveyerlar yuqori unumli bo`ladi va chiqindini katta masofaga tashishga imkon beradi. Bu konveyerlar oddiy tuzilgan, shovqinsiz ishlaydigan va tejamli bo`ladi. Ularning kamchiliklari shundan iboratki, tasma tez yeyiladi va qirindining bir qismi tasmaning salt tarmog`iga yopishib, ishdan chiqadi.
Kirgichli konveyerlar asosan cho‘yan, jez va boshqalardan chiqadigan mayda qirindilarni tashishda ishlatiladi. Bu konveyerlar ikki xil yasaladi: kirgichlar bilan jixozlangan cheksiz tasma yoki qaytma-ilgarilanma xarakatlanuvchi kirgichlar bilan jihozlangan shtanga 2 ko`rinishda bo`ladi. Bunday konveyerlar ancha nishab xolatda xam qirindi tashishi mumkin.

    1. Download 0,57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish