a)
ishlov beriladigan zagatovka ulchamlarining aniqligi va bir
xildaligida va shaklida bilinadi; bu aniq shakldor sirtga va ko`p
sondagi ulchamlarni saklagan xolda konstruktiv jixatdan
murakkab bo`lgan zagatovkalarga ishlov berishda muxim
axamyatga ega;
b)
qo`l bilan boshqariladigan dastgoxlarda yordamchi vaqt unumini
70-80% dan 40-50 % gacha kamaytirish xisobiga ishlov berish
unumdorligini
oshiradi
(ishlov
beradigan
markazlardan
foydalanilganda 20-30% gacha yordamchi vaqt unumini
kamaytiradi),
ayrim
xollarda
esa
kesish
rejimini
intensifikatsiyalash orqali ishlov berish unumdorligini oshiriladi;
sonli dastur bilan boshqariladigan dasgohlarga ishlov berishni
utkazilganda urta xisobda unumdorlik oshadi: tokarlik
dostgoxlari uchun ikki-uch marta, frezalash dastgoxlari uchun
uch-to`rt marta va ishlov beradigan markazlash uchun besh-olti
marta;
c)
unumdorlikni oshirishga, dastgoxda ishlovchining malakasiga
bo`lgan talabning kamayishi xisobiga ishlov berish tannarxini
kamayishiga;
d)
avtomatik ishlaydigan va sozlangan sonli dastur bilan
boshqariladigan dastgoxlarda tayyorlanishi murakkab bo`lgan va
aniq zagatovkalarga ishlov berishni soddalashtirish xisobiga
yukori malakali dastgoxda ishlovchilarga bo`lgan talabni
kamayishida ko`rinadi.
Sonli dastur bilan boshqariladigan tizimining konstruksiyasi
bo`yicha sikl bilan va son bilan boshqariladigan dastgohlarga bulinadi.
Sikl dasturli tizim bilan boshqarish dastgox xarakatlanadigan
organlarining xarakatlanish ketma-ketligini va tezligini dasturlashga
imkon beradi. Bunday dastur boshqarish poneli orqali yoki shtekkerli
barabanda kommutirlaydigan elementlar (
shtekkerlar
) ma’lum turkumi
bilan topshiriladi.
Bunda xaraktlanadigan organlar xarakatlanish qiymati bevosita
dastur tartibiga kirmaydi, balki qayta sozlanadigan elektr tayanchlar
orqali belgilanadi.
Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgoxlarning tubdan farq
qilishi xususiyati ularning barcha dasturi teshiklar kombinatsiyasi
kurinishidagi, raqamlar, xarflar va boshqa belgilar bilan tavsiflangan
dastur uzatuvchilarga (
perfotasma, magnitli tasma, magnitli disk
)
yozilishi xisoblanadi. Bunday dastur tarkibiga xarakatlanadigan
organlarning xarakatlanishining sonli qiymati xam kiradi, bu sonli
dastur bilan boshqariladigan dastgoxining sikl dasturi bilan
boshqariladigan dastgohlardan prinsipial fark qilishini tashkil qiladi.
Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarini qayta sozlash,
dasturni almashtirish bilan birga oz vaqt talab qiladi, shuning uchun
bunday dastgohlar seriyali va mayda seriyali ishlab chiqarishni
avtomatlashtirish uchun yaroqli bo`lib hisoblanadi.
Pozitsiyali boshqarish deganda dastgohni sonli dastur bilan
tushuniladi, bunda dastgohning ishchi organlarining xarakatlanishi
belgilangan nuqtada amalga oshadi, biroq xarakatlanish trayektoriyasi
topshirilmaydi. Dastur bilan boshqarishning pozitsiyali tizimining
vazifasi ko`pgina xollarda asbob yoki tayyorlamini ishchi pozitsiyaga
aniq o`rnatishni ta’minlash bo`lib xisoblanadi, bunda bir pozitsiyadan
navbatdagi pozitsiyaga xarakatlanishi dastgoh koordinatalari orasida
funksional aloqasiz amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: