Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


  Kredit  munosabatlari  g‘oyasi



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/249
Sana31.12.2021
Hajmi5,44 Mb.
#236729
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   249
Bog'liq
Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Yo'ldoshev

4.  Kredit  munosabatlari  g‘oyasi
Asardagi iqtisodiy munosabatlaming vana bir dolzarb masalasi kreditea 
oid  fikrlardir.  «Iqtisodiyot  nazariyasi»  fanida  u   yoki  bu  iqtisodiy 
munosabatning,  iqtisodiy kategoriyaning keng va tor m a’nodagi talqinlari 
e ’tirof etiladi.  Keng m a’noda iqtisodiy kategoriyaning kishilik jamiyatining 
barcha  iqtisodiy  davrlarga  daxldorligi  tushunilsa,  tor  m a’noda,  uning 
m a’lum  tarixiy-iqtisodiy  davr  sharoitiga  bog‘liqligi  tushuniladi.  Kredit 
yoki  qarz  berish  kategoriyasi  ham  ana  shunday  mazmunga  ega  bo‘lgan 
iqtisodiy  munosabatlardir.  Biroq,  o ‘zining  chuqur  mazmunining  real 
iqtisodiy  hayotda  ro ‘yobga  chiqishi,  iqtisodiy-ijtim oiy  taraqqiyotni 
jadallashtirib yuborishi,  iqtisodiyotga yuksak o ‘sish sur’atlari baxsh etishi 
jihatidan kredit tom  m a’noda bozor iqtisodiyoti davr munosabatidir.  Bugun 
iqtisodiy taraqqiyotning kredit tufayli amalga oshishi isbot qilingan.  Chunki, 
umum jahon  iqtisodiyoti  ravnaqi  ham,  milliy  iqtisodiyotlar  rivoji  ham 
kredit munosabatlarsiz amalga oshmasligi hech kimga sir emas.
Ayni chog'da, kredit juda qadim tarixga ega bo‘lgan iqtisodiy kategoriya 
ekanligi  «Iqtisodiy  ta ’limotlar  tarixi»da,  xususan,  o ‘ttiz  asrga  teng  deb

K arim ov  I.  O 'zb ek isto n   XXI  asr  bo 'sag 'asid a:  xavfsizlikka  taxdid,  b a rq aro rlik   shartlari 
va  tara q q iy o t  kafolatlari.  Т.,  1997,  196—197 —b etlar
18


e ’tirof etilayotgan «Avesto» asarida ham ko‘rsatib o ‘tilgan.  Buyuk ajdod- 
larimiz kreditdan (qarz berish) foydalanib xo'jalik yuritganliklari bu mangu 
asarda o ‘z ifodasini topgan. «Avesto» asari ustida olib borgan tadqiqotlarimiz 
ana shunday fikrga kelishimizga asos bo‘ldi.  Asami tahlil qilar ekanmiz, 
qadim zamonlarda ajdodlarimiz o ‘rtasiga iqtisodiy faoliyat qarz berish va 
qarz olish bilan  bog‘liq munosabatlar bo‘lganligi shubha  qolmaydi.
«Avesto»da  qarz  berish  va  qarz  olish  odamlar  o'rtasidagi  hayotiy 
munosabat ekani uqtirilib, olingan qarzga xiyonat qilmaslik aytiladi, Asarda 
aytiladiki  «hech  kim  o ‘z  q o ‘shnisidan  olgan  omonatidan  tonib,  yolg‘on 
so'zlamasin’».
Kitobda  odamlarning bir-birlari oldidagi  majburiyatlari,  shartnoma, 
ahdnomalari muqaddas hisoblanib «qasam» vositasida mustahkamlangan. 
Qasamlar  bir-biridan  mas’uliyatliroq,  mustahkamroq  bo‘lib,  ularning 
har  birining  buzilishi  o ‘ziga  xos  qiymatga  (bahoga)  ega,  ya’ni  qasamni 
buzganlik  holatida  aybdor  m a’lum   m iqdorda  tovon  (jarima)  bilan 
jazolanishi belgilab qo‘yilgan.  Quyida ana shu qasamlami aynan keltiramiz: 
«■Axura  Mazda javob  beradi:
-Mening qasamlarim  oltita: 
birinchi-so ‘z  qasami; 
ikkinchi-qo 7 qasami; 
uchinchi-  qo ‘y   qasami; 
.
to ‘rtinchi-  sigir qasami; 
beshinchi-  odam  qasami;
oltinchi- ekin qasami, engyaxshi, engobod, engserhosil zamindagi ekin2» 
Savol  tug‘iladi:  nima  uchun  qarz  majburiyatlarining  (qarz  olishda 
berilayotgan  iqtisodiy  kafolatlaming)  turi  bunchalik  ko‘p,  ya’ni  oltita? 
G ap  shundaki,  qadimgi  zamonlarda  olingan  qarzlami  (kreditni)  yozma 
ravishda  bayon  qilish,  uni  hozirgidek  notarius  idoralari  tom onidan 
tasdiqlatib, unga huquqiy tus berish odat sanalmagan.  Dastlab,  qarz olgan 
tom on  bilan  so‘z  qasami  orqali  ahdlashilgan  b o ‘lsa  kerak.  Chunki, 
zardushtiylik  dinida  odamlarning q o ‘l berib  ahdlashuvi  ham  muqaddas 
hisoblangan,  binobarin  qarz olgan tom on o ‘z majburiyati  oldida,  Axura 
Mazda oldida gunohga botishdan qo‘rqqan.
Keyinchalik oo‘l  qasami.  ya’ni  qo‘l berishib,  ahdlashuv urfga kirgan 
bo‘lsa ajabmas.  So‘z va qo‘l qasamlarini tom onlar ahdlashuvining buzish 
holatlari  vujudga  kelgach,  kredit  kafolati  muayyan  asosga  ko‘chirilgan
1 Avesto,  121-bet
2  O 's h a   asar,  117 —bet
19


bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Qarz kafolatining, majburiyatining moddiy- 
lashuvi,  tabiiyki  odamlarda  mas’uliyatni  oshirgan,  zero  «mol  achchig'i 
jon achchig‘i»  degan xalq maqoli bejiz paydo b o ‘lmagan.
Bunda qo‘y qasamining bahosi bitta qo‘y qiymatiga teng bo‘lgan;  qo‘l 
qasami  tom onlam ing  qo‘l  qisishi  bilan  shartlashilganligini  bildirgan. 
Ko‘rinib  turibdiki,  qasamlar tarkibida  eng  katta  aasam -ekin  aasamidir. 
Bu  shunchaki  moddiy  qasam  emas,  balki  «eng  yaxshi,  eng  serhosil 
zamindagi ekin» qasamidir.  Bunday qasam shartnoma m a’nosini bildiradi, 
tomonlarning  o ‘zlariga  olgan  majburiyatlarini  aks  ettiradi.  0 ‘z  ahdini 
buzgan  tom on  «eng  serhosil  zamindagi  ekin»  qiymati  darajasida  tovon 
to ‘lagan.  Ekin qasamini buzgan aybdoming to'qqiz yuz qamchin asnahix- 
ashantra bilan, to‘qqiz yuz qamchin saravush-charana bilan savalash orqali 
jazolanishi qat’iy belgilab qo'yilgan.
Bu  yerda  shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  qasamlarning  eng  zo‘ri, 
mas’uliyati, iqtisodiy jazosi kuchlirog‘i «ekin qasamidir». Albatta,  bunda 
Axura Mazda tarafidan ilgari surilgan ilohiy m a’no bor.  Bu- dehqonchilik 
mahsuloti, dehqonchilik mehnati barcha mehnat turlari ichida mo‘tabarroq, 
ulug‘roq,  ilohiyroq  ekanligi.
M a’lumki, shartnoma m a’lum iqtisodiy vazifalami, majburiyatlami o ‘z 
zimmasiga olishni bildiradi. Zardushtiylik dinida inson lafzi, uning bir-biriga 
bergan ahdi (qasami) Yaratganning oldidagi qandaydir farz amalidek kuchga 
ega  bo‘lgan.  Asarda  ijara  munosabatlari  to‘g‘risida  gap  borganda  xuddi 
yuqoridagidek  m as’uliyat  yuklatilgan.  M asalan,  «Muxtasar»  asarida 
yozilishicha,  ijara munosabatlari qarz majburiyati-kredit berish m a’nosini 
bildiradi,  ya’ni  «ijara  oluvchiga  ijara  haqini o'sha  zahotiyoq  bermoq  vojib 
emas...» degan ilohiy qoida bitilgan. Albatta, bunday iqtisodiy munosabat- 
ijara to ‘lovini m a’lum muddatga kechiktirilishi kredit oluvchining iqtisodiy- 
ijtimoiy ahvolini yengillashtirgan. Yana shu narsa muhimki, islomiy qoidaga 
muvofiq mulk  ijaraga olingan bo‘lsa-yu,  undan foydalanilmasa  ham yoki 
undan ijara haqi darajasida samara olinolmagan bo‘lsa ham ijara haqini to‘lash, 
mulkni  but-butun  qaytarish  majburiyati  yuklangan1.
Zardushtiylik dinida olingan qarz majburiyatini bajarmaslik shunchaki 
iqtisodiy jazoga  loyiq  ish  emas,  balki  shartnom ani  buzganlik juda  ham 
katta gunoh hisoblangan, bunday odam Axura M azda nazaridan qolgan. 
Ayni chog‘da, bunday ilohiy majburiyat qarz olgan tomonga kuch-quw at 
ham  bergan,  shartnomani buzmaslikka undagan,  majbur etgan.
Shartnoma-qasam m a’lum qarzdorlik munosabatini bildirib,  omonat
1  M uxtasar,  Т.,  1994,  189-bet
20


yuzasidan 
olingan 
majburiyatni o‘zida ifodalaydi, omonatga xiyonat, qayta- 
rilishini o'ylamaslik,  uni  o'ziniki  qilib,  o‘zlashtirib olish  «o‘g‘rlangan  bilan 
barobardir»  deyiladi,  ya’ni  beburdlik  qilish  o ‘g‘irlik  bilan  teng  darajaga 
qo‘yiladi. 0 ‘g‘irlik qilish esa zardushtiylikda katta jinoyat, gunoh hisoblangan.
«Avesto»  kitobini  umuminsoniy  qadriyatlar  haqidagi  aasida  deyish 
mumkin.  U nda  odamlar  o ‘rtasidagi  mehr-oqibat,  birodarlik,  do‘stlik, 
o'zaro  yordam  va  madad  berish  g‘oyalari,  bilim  olish,  o'tm ish  donish- 
mandlari,  allomalari  bilimlarini  egallash kabi  komil inson bo‘lishga  xos 
umumbashariy  qoidalar,  ularga  asoslanib  yashash  lozimligi  uqtiriladi. 
Masalan,  asarning  4-fargardi,  ikkinchi  qismida  odamlar  hech  qachon 
bir-birlaridan hech narsani darig1 tutmasliklari,  qizg‘anmasliklari lozim. 
Xususan,  moddiy  madad  berish,  din  ilmini,  kasb-hunar  egallashni 
birodariga bem innat o ‘rgatishi zarur, degan ko'rsatma berilgan.
Biroq,  odam lar o ‘z  ilohiy va dunyoviy vazifalarini bajarishlari  uchun 
tabiat n e’matlaridan,  o ‘zlari ishlab chiqargan narsalardan iste’mol qilish- 
lari, dam olishlari,  rohatlanmoqlari  ham zarur.  Zero, dam olish,  rohatla- 
nish,  m a’naviy oziq olish tirikchilik bilan,  iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ul- 
lanish  uchun  kuch-quw at  beriladi.  Bularning  zaminida  «shiddat  bilan 
bilim  olish»  yotadi1.

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish