3. Qadimgi Xitoy iqtisodiy ta’limotlari
Qadimgi Xitoydagi ilmiy iqtisodiy qarashlam ing avj olgan davri
eramizdan awalgi V I-III asrlarga to ‘g‘ri keladi. Bu mamlakatdagi dastlabki
quldorlik davlatlari eram izdan aw algi II ming yillikda paydo bo'lgan.
Iqtisodiy ta ’limotlar tarixida Xitoyda Konfutsiy ta’limoti juda katta rol
o'ynadi. Bu ta ’limotning asoschisi Konfutsiy (ilmiy asarlarda shunday
yoziladi) yoki Kun-Szi (eramizdan awalgi 551-479-yillar)dir. Uning asosiy
ilmiy qarashlari «Lun-yuy» («Suhbat va muhokama») to ‘plami bo‘lib, u
shogirdlari tom onidan to ‘plangan. Uning davrida yirik zodagonlar ta ’siri
ancha kamayib, jamiyatda parokandalik hukm surmoqda edi. Uni bu
holatdan chiqish va kelajakni poklash uchun o 'tm ish n i yaxshiroq
o'rganishga chaqirdi; ana shu davrda obro‘si pasaygan zodagonlaming
m anfaatini himoya qildi. Konfutsiy m am lakatning kelajagi uchun,
o'tm ishini ko'proq bilishni o'zining ijtimoiy oliy maqsadi deb bildi. U
urug‘chilik, aslzodalik pozitsiyasini himoya qildi. Ijtimoiy-iqtisodiy holatni
yaxshilash uchun u m a’naviy poklanish dasturini ilgari surdi. Chunki
o ‘sha davrda X itoyda tem irn i qayta ishlash kuchayib, to var-pu l
munosabatlari rivojlanishi natijasida savdo va savdogarlaming jamiyatda
ta ’siri ortdi. H ukm ron sinf ichida sinfiy bo'linish vujudga keldiki, yirik
avloddan-avlodga o'tuvchi aristokratiya bilan yosh yangi aristokratiya
o'rtasida adovat kuchaydi. Aynan shu davrda bu qarama-qarshiliklarni
bartaraf etishga intiluvchi mafkura (ideologiya) sifatida konfutsiychilik
maydonga keldiki, bu ta’lim ot quldorlik tuzumini himoya qilib «tabiiv
huauq» g'oyasini ilgari surdi. Bu ta ’lim otga k o ‘ra, Xudo olam ni
yaratuvchidir. Ammo xudo ijtimoiy hayotga aralashmaydi, chunki jamiyat
tabiiy qonunlar asosida rivojlanadi. U ni bilib olish esa Xudo bergan aqlga
bog‘liq, u esa fiiqarolik qonunlari bilan himoyalanadi. Bu ta’limot asrlar
davomida Xitoyda o'rganilib kelinmoqda.
30
Konfutsiychilikda yoshlam ing qariyalarga hurm ati, ularga qarshi
chiqmaslik g'oyasi asos qilib olingan. Davlat bu «katta oila», podsho esa
«xalqlar otasi»dir, boyliklar nisbatan tekis taqsimlanishi kerak, soliqlarni
m e’yorida saqlash, yer ishlarini yaxshi bajarish, hammaning o ‘z vazifasini
bajonidil ado etishi zarur, deyiladi. Ayni chog‘da, Konfutsiy quldorlikni
himoya qilish bilan birga yirik quldorlarni ham himoya qiladi. Bu bilan
ijtimoiy «tenglikka» erishishga harakat qiladi. Konfutsiy mulkning ikki
shaklda bo‘lishini e ’tirof etadi:
1. «buyuk jam oa /ww/A;/»-kollektiv m ulkchilik, ya’ni dehqonlar
jamoasining mulki;
2. «xususiy mulkchilik» -quldorlaming mulki.
Uning ta ’limotida ba’zi qarama-qarshiliklami ham ko‘rish mumkin.
Masalan, ichki qarama-qarshiliklarda xususiy mulkni himoya qiladi. U
insonlarni tabaqalanishini tabiat va xudo tom onidan hukm qlingan
haqiqatdir deb yozadi. Eng m uhim iqtisodiy xulosasi shuki, boylikning
manbayi mehnatdir. Shu bilan birga, quldorlaming davlat boyligini
kuchaytirish uchun qullami ko'proq ishlatib, kamroq yegizishga chaqiradi.
Konfutsiy ta’limotining davomchilaridan biri M en-Szi (eramizdan
a w a lg i 3 7 2 -2 8 9 -y il) edi. M e n -S z i ja m iy a tn i b o sh q aru v ch i va
boshqariluvchilarga bo‘lib, xalq boshqaruvchilari uchun ishlamog‘i kerak,
deydi. U jamiyatni klassik taqsimlanishi, tarafdori edi, aqliy va jismoniy
m ehnat o ‘rtasidagi qarama-qarshilikni himoya qiladi. Qadimgi Xitoyda
K onfutsiy ta ’lim otining ikkinchi eng yirik davom chisi Syun-Szi
(eramizdan awalgi 313-238-yil) b o ‘lgan. U davlatning iqtisodiy jihatdan
kuchayishi tarafdori bo'lgan. Insonlarni boylikka bo‘lgan ishtiyoqini
oqlaydi, lekin bu harakatlar qonun doirasidan chetga chiqmasligini
ko‘rsatadi. Odamlami birdaniga ham ma hunarlar bilan shug'ullanishga
qilgan harakatlarini qoralaydi. Inson bir vaqtning o'zida ko‘plab kasb
egasi bo‘la olmaydi, degan fikr ilgari suradi. Natijada, u birinchilardan
bo'lib mehnat taqsimoti ta ’Umotini ilgari suradi (bu juda muhim g'oya
edi). Uning ta ’limotiga ko‘ra, odam lar boylar va kambag‘al toifalarga
bo‘linishi tabiiy holdir. U lam ing turlicha kiyim-boshda yurishlarini
ta ’kidlaydi. Uning fikricha, davlatning iqtisodiy siyosati uchta tamoyilga
asoslanishi kerak:
1. Harajatlarni iqtisod qilish, ya’ni tejab-tergab sarflash;
2. Xalq to ‘qligini to ‘la ta’minlash;
3. Ortiqcha mahsulotlami saqlash zarurligi.
Uning fikricha, davlatda taqsimot mavjud tabaqalanishga mos kelmog‘i
31
darkor. Yetarlicha ta ’m inot tamoyili jamiyatdagi o ‘rniga bog'liq holda
belgilangan. Ekspluatatsiya qo‘llab-quwatlanadi, jamiyatda hammaning
o‘z o ‘m i bo‘lishi kerak, deyilgan, ya’ni hukmdorga tobelik, otaga o ‘g‘ilni
boshqarish m a’lum qonun asosida emas, balki oddiy odat bo‘yicha bo‘lishi,
og‘ir soliq va majburiyatlar bo‘lmasligi ta ’kidlanadi.
Eramizdan awalgi V I-III asrlarda Konfutsiychilik mafkurasiga qarshi
muholif legistlar («qonuniy») oqimi paydo bo'ladi, ular boshqarishni
aniq qonunlar asosida olib borish tarafdori edilar. Bu oqim namoyandalari
Szi-Chan, Li-Kuy o ‘z ta ’limotida markaziy davlat kuchli va yagona
mamlakatga birlashishini qo ‘ llab - quwatlashga undaydilar.
Legistlar maktabining vakili Xitoy tarixida mashhur bo‘lgan Sham-
Yan (er. av. 390-338-yil ) o'zining «Shan viloyati hukmdori» kitobini
yozdi. U nda qishloq xo‘jaligi konsepsiyasida dehqonchilikni, donchilikni
(g‘alla) rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan. G ‘alla masalasini hal etishni
bosh masala deb bilgan. Davlat oldiga amaldorlami boqish va bosqinchilik
urushlarini yuritish uchun juda katta oziq-ovqat zaxiralarini jam g‘arish
vazifasi yuklatildi. Shan-Yanning ko‘rsatishicha, ikkita manba yordami
bilan davlat gullab - rivojlanadi: don va urush (atrofdagi yerlami bosib
olish). Dehqonlar ro ‘yxatini o ‘tkazish, qonun yo‘li bilan yig‘ilgan don
miqdoriga bog'liq yagona soliq tizimini kiritish taklif etiladi. Qonun yo‘li
bilan turli «ishyoqmaslar»ni «yerga qaytarish», ya’ni dehqonchilik bilan
shug‘ullanishga, ya’ni m ehnat qilishga majbur etiladi.
Chegarada va bozorda tezlik bilan to ‘lovlami oshirish kerakligi, natijada
savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchilar daromadlari kamayishi hisobiga ular
ham tez kunlar ichida dehqonga aylanadi, deb taklif qiladi.
Qadimgi Xitoy iqtisodiy ta ’limotlarida «Guan-Szi» (er. av. IV asr)
traktati juda katta o ‘rin tutadi. U nda o ‘sha davr uchun xo‘jalikni davlat
tom onidan boshqarishning butun bir tizimi talqin qilinadi. Bu asami
mualliflar jam oasi tayyorlagan b o ‘lib, oldingi ta ’lim otlardan farqi
shundaki, unda tovar-pul m unosabatlarini yaxshi o'rganish asosida
xo‘jalikni boshqarishni unumli yo‘lga o ‘tishiga da’vat etilgan edi. Xalq
xo‘jaligini barqaror saqlash uchun tovarlar baholarini ushlab turish
g‘oyasi ilgari suriladi. Davlat non va pul metalini tartibga solish yo‘lini
qo'lida saqlasa, mamlakat rivoji nisbatan tekis boradi, deyilgan. Bu asarda
ham agrar soha, ayniqsa, dehqonchilikka alohida urg‘u berilgan. Agar
legistlar hunurmandchilik, ayniqsa, savdoni befoyda soha deb hisoblagan
bo‘lsalar, bu asarda esa o ‘sha sohalarga ham ijobiy baho berilgan.
Asarda iqtisodiyotni bozor stixiyasidan himoyalash masalasi ham o ‘rtaga
32
tashlanib, buning uchun baho m exanizm idan foydalanish kerakligi
aytilib, bunday yoziladi: «Bozor-shunday narsaki, unga qarab jamiyatda
tartib yoki tartibsizlik hukm surishini bilib olish mumkin».
«Yerni boshqarish» uchun davlat yeming tabiiy xususiyatlarini yaxshi
bilishi kerak. Yer m aydonlari nisbatan tekis taqsim lanishi zarur.
Dehqonlam i ish qizigan davrda boshqa yumushlarga jalb etmaslik, soliq
tizimi sharoitiga qarab (yer unumiga bog'liq ravishda) bo'lishi taklif etilgan.
Bu yerda gap Yer kadastrini tuzish to ‘g‘risida boradi, ya’ni bu ishda
hisob-kitob bo'lishi qayd etiladi. Asarda yer va suvlarni davlat ixtiyoriga
o'tkazish va ulami daromad topish yo‘lida foydalanish baholarni tartibga
solish yo‘li va boshqa ko'pgina iqtisodiy g‘oyalar ilgari suriladi. Bu g‘oyalar
amalda ham qo'llaniladi va yaxshi samara beradi.
Qadimgi Xitoy ijtimoiy hayotida Daotsizm (aynan-yo‘l) g'oyalari
alohida o ‘rinni egallaydi, uning asoschisi Lyu-Szidir. U taqiqlovchi
qonunlarga amal qilmaslikni taklif etdi; qonunlar ko‘pligi tufayli «xalq
kambag'allashmoqda» degan edi. Daotsizm g‘oyalari konfUtsiylikka qarama-
qarshi bo‘lib, insoniyat awalgi majburiyatlardan voz kechishi, oddiy
tabiiy hayotga qaytishi kerak, degan fikmi ilgari suradi. Bu g‘oyaga ko‘ra,
inson ibtidoiy davrga qaytishi, yangj mehnat qurollaridan foydalanmasligi
kerak. Ko'rinib turibdiki, unda konservatizm unsuri bor, ammo bu g‘oyada
m a’lum ijobiylik ham bor edi. Zero o ‘sha davrlarda sivilizatsiya yutuqlari
ekspluatatsiya manfaatlariga ham xizmat qilayotgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |