FIZIKA FAKULTETI Bf1902– GURUH TALABASI Jo'raqulova nilufarning LAZERLAR FIZIKASI FANIDAN SEMINAR ISHI MAVZU: lazerlarning ishlash prinsipi O‘QITUVCHI: TURatOV F Lazer nima? - Yorug'lik manbalari kogerentlik nuqtai nazaridan ikki turga bolinadi:.
- - nokogerent yorug'lik beruvchi issiqlik manbalari
- -kogerent yorug'lik beruvchi manbalari (lazerlar)
- Lazerlar yuqori kogerentlik darajasi va katta intensivlikka ega bo'lgan yorug'lik to'lqinlarini generatsiya qilish Imkonini beruvchi manba.
- Lazerlar- optik to'lqinlari oralig'ida majburiy nurlanishni chiqaradigan mazerlar
- Mazer- yuqori yo'nalganlikka ega bo'lgan o'zgarmas aniq chastotada quvvatli kogerent elektromagnit nurlanish hosil qiluvchi qurilma.
Nurlanish. Agar jismlar ma'lum darajada musbat haroratga ega bo'lsa,ular tashqi muhitga nurlanish tarqatadi.Bu nurlanish ham yorug'lik nuri kabi elektromagnit hodisalarga kiradi.Issiqlik nurlanishi intensivligi nurni chiqaruvchi jism haroratga bog'liq.To'lqin uzunligi har qanday qiymatga ega bo'lgan elektromagnit nurlanish modda tarkibidagi elektr zaryadlarining ya'ni elektron va ionlarning tebranishlari oqibatida vujudga keladi.Moddani tashkil etgan ionlarning tebranishlari Dan past chastotali nurlanish paydo bo'ladi,chunki ionlarning massalari katta bo'lib, tebranish chastotasi elektronlarnikidan kichik bo'ladi.Elektronlar tebranishidan hosil bo'lgan nurlanish yuqori chastotali bo'ladi.Infraqizil va ultrabinafsha nurlanishlarni hosil qilish huddi shu asosda tushintiriladi.Tabiatda eng ko'p uchraydigan nurlanish -bu issiqlik nurlanishidir.Jismning faqat haroratiga bog'liq bo'lgan nurlanishni issiqlik nurlanishi deyiladi. - Nurlanish. Agar jismlar ma'lum darajada musbat haroratga ega bo'lsa,ular tashqi muhitga nurlanish tarqatadi.Bu nurlanish ham yorug'lik nuri kabi elektromagnit hodisalarga kiradi.Issiqlik nurlanishi intensivligi nurni chiqaruvchi jism haroratga bog'liq.To'lqin uzunligi har qanday qiymatga ega bo'lgan elektromagnit nurlanish modda tarkibidagi elektr zaryadlarining ya'ni elektron va ionlarning tebranishlari oqibatida vujudga keladi.Moddani tashkil etgan ionlarning tebranishlari Dan past chastotali nurlanish paydo bo'ladi,chunki ionlarning massalari katta bo'lib, tebranish chastotasi elektronlarnikidan kichik bo'ladi.Elektronlar tebranishidan hosil bo'lgan nurlanish yuqori chastotali bo'ladi.Infraqizil va ultrabinafsha nurlanishlarni hosil qilish huddi shu asosda tushintiriladi.Tabiatda eng ko'p uchraydigan nurlanish -bu issiqlik nurlanishidir.Jismning faqat haroratiga bog'liq bo'lgan nurlanishni issiqlik nurlanishi deyiladi.
Lazerlarning ishlashi asosida atom va molekulalarda yuz berishi mumkin
bo‘lgan majburiy o‘tishlardan foydalanish yotadi. “Majburiy o‘tish” tushunchasini fanga 1917 -yilda A.Eynshteyn kiritgan. Ana shundan so‘ng optika fanida atom va
molekulalar elektromagnit to‘lqinlari bilan o‘zaro ta’sirlashganda uchta jarayon
bo‘lishi mumkinligi e’tiborga olinadigan bo‘ldi: yutilish, spontan (o‘z-o‘zidan)
nurlanish va majburiy nurlanish.
LAZERNING FUNKSIONAL SXEMASI
1-aktiv element ,2-optik rezanator(bir biriga parallel ko'zgular),3-damlash (nakachka,pumping)sistemasi,4-rezanantor
Aktiv element lazer nuri hosil qilinadigan va kuchayadigan joy hisoblanadi.
Aktiv elementda invers bandlik hosil qilina.Bunday element sifatida har xil
muhitlar (jismlar) ishlatilishi mumkin: gaz va gazlar aralashmasi, har xil ionlar
kiritilgan kristallar va shishalar, suyuqliklar va yarim o‘tkazgichlar.
Aktiv element tarkibiga kiritilgan ionlar “aktiv markaz” deb ataladi va lazer
nuri ana shu markazlarning (ionlarning)lazerning optik o‘qiga parallel ravishda nur chiqarishi natijasida hosil bo‘ladi. Yarim o‘tkazgichlar lazerlarda esa aktiv markaz
rolini elektron-kavak juftliklari o‘ynaydi
Damlash sistemasi aktiv markazlarni qo‘zg‘atish uchun ishlatiladi. Qo‘zg‘atish uslubi aktiv muhitning tuzilishiga va tarkibiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Gazli lazerlarda gaz (yoki gazlar aralashmasi) orqali tok o‘tkazib, gaz plazmasi hosilqilinadi va aktiv markazlar zarrachalarning o‘zaro to‘qnashuvi natijasida qo‘zg‘atiladi.
Optik rezonator ikki yassi, biri yassi va ikkinchi sferik yoki ikkalasi sferik
ko‘zgulardan iborat bo‘lishi mumkin. Odatda ko‘zgulardan birining nuri qaytarish
koeffitsienti 100 % qilib olinadi, ikkinchi ko‘zgu qisman o‘tkazadigan bo‘ladi. Ba’zi
bir kuchaytirish koeffitsienti katta bo‘lgan lazerlarda ikkinchi ko‘zgu oddiy shaffof
yassi - parallel shisha plastinka ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. Rezonatorning
asosiy vazifasi musbat teskari bog‘lanishni vujudga keltirish hisoblanadi.
E'tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |