Eng sodda optik rezonator sifatida Fabri-Pero rezonatorini koʼrsatish mumkin. Fabri-Pero rezonatori ikki yassi oʼzaro parallel koʼzgulardan iborat boʼlib, koʼzgular bir biridan masofada joylashgan
Bog'liq Eng sodda optik rezonator sifatida Fabri-Pero rezonatorini ko rs
Lazerlarning rezonatorlari optik tizim boʼlib, turgʼun elektromagnit toʼlqin hosil qilish hamda ishchi muhitdagi gʼalayonlantirilgan zarralarning majburiy nurlanish berish jarayonining effektivligini oshirish uchun zarur boʼlgan yuqori intensivlikdagi nurlanish olish hamda elektromagnit toʼlqinni kogerent kuchaytirish imkonini beradi. Lazerlardagi optik rezonatorlar tizimdagi nurlanish kvantining yashash vaqtini uzaytirishdan tashqari zarralarning majburiy nurlanish berib sathdan sathga oʼtish ehtimolligini oshiradi hamda nurlanishning tavsiflarini belgilaydi.
Radiotoʼlqinlar diapazonida toʼlqin uzunlikning oʼlchami elektromagnit tebranishlar hosil qiluvchi parametrlari mujassamlangan tebranish konturining oʼlchamlaridan koʼplab marta katta boʼlib, bunday klassik sistema atrofga elektromagnit toʼlqinni izotrop ravishda tarqatadi. Infraqizil va yorugʼlik diapazonida nurlanishning toʼlqin uzunligi optik rezonator oʼlchamlaridan koʼplab marta kichik boʼladi. Bu holda optik rezonator nurlanishning chastotasidan tashqari uning fazaviy tavsiflarini ham belgilaydi.
Eng sodda optik rezonator sifatida Fabri-Pero rezonatorini koʼrsatish mumkin. Fabri-Pero rezonatori ikki yassi oʼzaro parallel koʼzgulardan iborat boʼlib, koʼzgular bir biridan masofada joylashgan. Fabri-Pero rezonatoridan difraktsiya natijasida elektromagnit toʼlqin energiyasi yoʼqolishi sababli texnologik, yaʼni uzluksiz ish holatida, katta quvvatga ega boʼlgan lazerlarda deyarli ishlatilmaydi: Texnologik lazerlarda koʼp hollarda bir yoki ikki sferik aks ettiruvchi koʼzgulardan foydalaniladi. Ushbu optik rezonatorlarning xususiyatlari nomuvozanatli sferik koʼzgular egrilik radiuslarining ishorasi va kattaligiga, hamda koʼzgular oraligʼidagi masofaga bogʼliq boʼladi. Muvozanatli optik rezonatorlarda elektromagnit maydonning taqsimoti nurlanishning koʼzgulardan koʼp marta aks etishi natijasida tashkillashadi va turgʼun holatga ega boʼladi. Geometrik optika elektromagnit toʼlqinning koʼzgulardan koʼp martalab aks etishda nurlanish energiyasi optik rezanator oʼqiga nisbatan koʼndalang yoʼnalishda tarqalib, optik rezonator tashqarisiga chiqib ketmaydi. Optik rezonatordan elektromagnit toʼlqin energiyasi, koʼzgularning qisman oʼtkazuvchanligi natijasija koʼzgularning oʼzidan tashqariga chiqishi mumkin. Аgarda optik rezonatorda energiya yoʼqolishlari boʼlmasa, yaʼni
shart bajarilsa elektromagnit toʼlqin optik rezonator ichida cheksiz uzoq vaqt tebranib turishi mumkin. Nomuvozanatli optik rezonatorlarda yorugʼlik dastalari (yaʼni elektromagnit toʼlqin) koʼzgulardan ketma-ket aks etishlar natijasida optik koʼzgular markazidan koʼndalang yoʼnalishda ularning chetki qismiga siljib boradi va optik rezonatordan chiqib ketadi. Optik rezonator hususiyatlarini va hosil boʼlayotgan nurlanish tavsiflarini toʼlqin yoki geometrik optika nuqtai nazarlar asosida talqin etish mumkin. Ushbu talqinlarning chegaraviy shartlari sifatida Frenel sonlaridan foydalanish maʼqul, yaʼni
.
Bu yerda va -optik rezonator ichida tarqalayotgan nur dastasining koʼndalang kesimini va uzunligini tavsiflovchi parametrlar. Аgar shart bajarilsa geometrik optik qonunlaridan foydalaniladi. Аgar shart bajarilsa elektromagnit nurlanishning toʼlqin xususiyatlarini eʼtiborga olish kerak. Geometrik optika nuqtai nazardan optik rezonatorning muvozanatli holatining sharti quyidagi
koʼrinishda boʼladi.
Ushbu ifodadagi -koʼzgular orasidagi masofa doimo musbat boʼlib, va lar botiq yuzali koʼzgular uchun musbat, qavariq yuzali koʼzgular uchun manfiy qiymatlarni qabul qiladi.