Muhitning hajm birligida yutilgan quvvatni quyidagicha ifodalash mumkin: (20.2) bu yerda u() va I() energiyaning va oqimning spektral zichliklari (1 sm3 да). Agar nurlanish tarqalayotgan muhit termodinamik muvozanatda bo‘lsa, Bolsman prinsipiga muvofiq Nm/gmn/gn bo‘ladi va demak, a(>0) bo‘ladi. Bu hol nurlanishning yutilishiga mos keladi. Agar biror usul yordamida Nm/gm>Nn/gn bo‘ladigan sharoitlarni amalga oshirsak, a() koeffitsiyent o‘z ishorasini o‘zgartirib, manfiy kattalik bo‘lib qoladi. Bu holda muhitda tarqalayotgan energiya oqimining zichligi termodinamik muvozanat holidagi kabi kamaymasdan, balki ortib boradi. Boshqacha aytganda, induksiyalangan nurlanish natijasida yorug‘lik oqimiga qo‘shilgan fotonlarning soni oqimdan teskari (n→m) o‘tishlarda atomlarning uygonish uchun olingan fotonlarning sonidan katta bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |