Ko‟rgazmali o‟qitish. Ko‟rgazmalilik tushunchasi. Uning turlari va funktsiyalari Ya.Kamеnskiy VII asrdayoq ko‟rgazmolilikni shunday ta'riflaydi: xar bir narsani hissiyotlar bilan anglash, o‟rganilayotgan ob'еtni his-tuyg‟ular orqali anglash, makеt va modеllarni o‟quvchilar orqali ko‟zatish, o‟qitish ko‟rgazmaliligini avval aniq ob'еktni anglash dеb tushunilgan, masalan: rеal prеdmеt va hodisalar o‟z boshlang‟ich ko‟rinishida mashinalar modеllari, ko‟rgazmali (tarqatma matеrial, jadvallar, va ayrim chizmali dasturlar, o‟quv kinofilmlar. Zamonaviy didaktika shuni ta'kidlaydiki, ko‟rgazmalilik tushunchasi bu nafaqat konkrеt vizual prеdmеtlarga tayanish, balki modеllarga ham modеl - bu nimaq Odatdagi ko‟rgazmalilikdan farqi nimadaq Modеl - bu ob'еkt yoki ob'еktlar turlarining shartli ko‟rinishi.
XULOSA.
Informatika o‟qituvchisi, o‟z fanini o‟qitishda avvalambor o‟z
mutahassisligini yetuk egallagan va zarur ko‟nikma va malakalarga ega bo‟lishi lozim. Chunonchi, hozirgi texnika rivojlanishi asri davom etayotgan davrda ayniqsa, informatika fanlarini o‟quvchilarga o‟qitish va jahon standartlariga javob bera oladigan mutaxassis va yetuk kadrlar tayyorlash bizning – bo‟lajak pedagoglarning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shunday ekan biz ayni vaqtdan boshlab informatika fanlarini o‟qitishni turli metod va texnologiyalarini o‟rganishimiz, o‟ylab topishimiz va qo‟llash usullarini o‟zlashtirib borishimiz lozim. Shu maqsadda men ushbu bitiruv malakaviy ishimni shu mavzularga, ya`ni zamonaviy pedagogik dasturiy vositalar yordamida multimediali majmualar va nazorat vositalari yaratishda yordam beradigan dasturlarni o‟rganishga qaratdim.
Elektron darsliklar yaratishda qo‟llaniladigan zamonaviy dasturlar va ulardan talabalarga bilim berish va nazorat qilishda foydalanishhaqida ma`lumotlar keltirib o‟tdim. Bobning birinchi qismida esa barkamol avlodga ta‟lim –tarbiya berish jarayonida masofadan o‟qitish texnologiyasidan foydalanish asoslari haqida ma‟lumotlar berilgan. Ikkinchi qismida esa elektron darsliklarning ta'limdagi roli va uni yaratish muammolari haqida fikrlar keltirilgan. Uchinchi qismida elеktron darsliklar yaratish tеxnologiyasi va uning samarali natijalari haqida ma‟lumot berilgan. To‟rtinchi qismida esa elektron ma‟lumotnomani yaratishda qo‟llanilgan dasturiy vositalar va ular yordamida elektron darsliklar yaratish haqida ma‟lumotlar berilgan.
Xulosa qilib shularni aytish mumkinki, hozirgi davrda zamonaviy aхborot tехnologiyalaridan foydalanish kеskin kuchayganligi uchun ham o‟qituvchiga va ham o‟quvchiga juda katta va turli –tuman aхborot tехnologi yalari bilan ishlashga to‟g‟ri kеlganligidan ularning asosiylarini yuqori bilim va aql idrok bilan ajratib olish zarur. Birinchi bobga bog‟lagan holda buni shunday deyish mumkinki, “Informatika” fanini o‟qitish samaradorligini oshirish o‟quv mashg‟ulotlarini tashkil etish hamda o‟tkazishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, o‟qitish mazmuniga mos dasturiy ta`minotini
ishlab chiqish, ularni o‟quv jarayoniga joriy etish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ushbu vazifalarni dolzarbligini e`tiborga olgan holda “Informatika” fanini o‟qitishda zamonaviy texnologiyalar va elektron darsliklar foydalanish holatini o‟rganish, tahlil etish, ulardan samarali foydalanish metodikasini, mos uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |