10 sinf informatika va xaborot texnologiyalari fanidan electron o`quv uslubiy majmua yaratish
KIRISH
I BOB. O`QITISHNI KOMPYUTERLASHTIRISH. ELEKTRON
DARSLIKLAR VA ULARNI YARATISH TAMOYILLARI
1.1. O`qituvchi tizimlar va o`qitishni kompyuterlashtirish.
1.2. 10-sinf informatika o`qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati
II BOB. ELEKTRON DARSLIK YARATUVCHI DASTURLAR VA ULARDAN TA`LIM JARAYONIDA FOYDALANISH
2.1. Elektron darsliklarning ta'limdagi roli va uni yaratish muammolari.
2.2. Elektron ma`lumotnomani yaratishda qo‟llanilgan dasturiy vositalar.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Hozirgi kunda umumiy o„rta ta‟limning biror o„quv fanini to„liq ravishda yoki uning qaysi qismini AKTdan foydalanib o„tsa qanday samara berishini yoki AKTni qo`llashning pedagogik tamoyillarini, uning psixologik xususiyatlarini, uning bilish jarayoniga ta`sir qilish mexanizmi va omillarini, shuningdek yana boshqa ko`p jihatlarini kompleks tadqiq qilish dolzarb bo`lib bormoqda. Maktablar uchun tayyorlanayotgan multimedia vositalari, darsliklar va o`quv qo`llanmalari o`g`il-qizlarning bilimlarini yanada mustahkamlash bilan birga, pedagoglar uchun ko„makchi vazifasini ham o„tayotir. Darsliklarning elektron shaklini yaratish soha mutaxassislaridan ijodkorlikni talab etadi. Bu borada markaz mutaxassislari Respublika ta‟lim markazi vakillari bilan hamkorlikni yo„lga qo„ygan. Elektron darsliklar, video va audiodarslar, interaktiv va animatsiyali virtual laboratoriya ishlari, testlar, ta‟limiy o„yinlar va boshqa ta‟lim resurslari, metodik qo„llanmalardan ayni vaqtda ko„plab ta‟lim muassasalarida keng foydalanilmoqda.
Ta`lim muassasalarida zamonaviy texnikalardan foydalanish borasida pedagoglar uchun o„quv-trening vazifasini o`tovchi elektron axborot-ta`lim resurslari – dasturlar yaratilgan. Bu o`qituvchilarning darsni sifatli tashkil etishi, malakasini oshirishga xizmat qiladi. Multimedia dasturlarini yaratish, rivojlantirish, ommalashtirish borasidagi ishlar o„z samarasini bermoqda. Ta`lim maskanlarida o„quvchilar to`g`ridan to`g`ri internetda yoki sinfxonalarda disklar va audiodisklar yordamida fanga oid ma‟lumotlar bilan tanishmoqda. Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan bemalol foydalanib, o„z salohiyati bilan olam ahlini lol qoldirayotgan yoshlarimiz safi kengaymoqda. Bularning barchasi mamlakatimizda yoshlar uchun keng shart-sharoitlar, qulay imkoniyatlar yaratilayotganining samarasidir.
Barchamizga ma`lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‟tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‟lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o‟tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‟zini mas`ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi.
Mustaqil rivojlanish yo`lidan borayotgan Respublikamizda yangi iqtisodiy sharoitlar ro‟yobga keldiki, bu xalq xo‟jaligining barcha sohalarida, xususan, ta`lim tizimida ham qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |