YO‘LDOSH MIXDEK. Yo‘ldosh ota ham uzoq yillar hayotning alg‘ov dalg‘ov to‘lqinlarida yuzib yurib ko‘pgina qiyinchiliklarni o‘zining g‘arib boshidan kechirishga majbur bo‘ladi. 1941-45 yillarda fashizmga qarshi urush talato‘pida qahramonlarcha jang qilib og‘ir olishuvlarda yaralanib dushman qo‘liga asir tushadi. Asirlikning og‘ir azob uqubatlarini torta-torta u muddat so‘ngida Andijon shahriga kelib qoladi. Ma'lumki Andijon shahrida salom alikdan keyin kim bilan xol ahvol so‘rashmang, ular hamisha “Mixdek” degan javobni berishadi. Sog‘ omon uyiga qaytib kelgach Yo‘ldosh ota ham hol-ahvol so‘ragan tengqurlariga bosh barmog‘ini bigiz kilib, “Mixdek” degan javoni beradi. Oxir oqibat u o‘z avlodiga shu laqabni orttirib ketadi.
JUMANIYOZ 31. Ma'lumki, avval Sho‘ro davrida SSSR atalmish had xududsiz sarhad shahru qishloqlari uchun hamma yo‘llar ochiq edi. Beshmergan dehqoni yetishtirgan mahsulotini istasa Shovot istasa Urganch yoki Turkmanistonning Toshhovuz shahar dehqon bozoriga eltib sotaverar edi. Kunlardan birida Jumaniyoz ota ham yuz donaga yaqin tovuq tuxumlarini savatga jamlab eshagini ix-ixlab qoladi. Daryoday ko‘pirib yotgan Toshhovuz shaxar dehqon bozorida Jumaniyoz otaning savdosi o‘ngidan kelib tuxumlarni donalab pullay boshlaydi. To‘qay bo‘risiz, bozor o‘g‘risiz bo‘lmaydi deganlari rost ekan. Jumaniyoz ota uttiz dona tuxumning pulini sanab olib o‘ttiz bir tuxumni sanayotganida to‘satdan cho‘girmasi boshidan chiqib tepaga tortila boshlaydi. Qarasa devor tepasida turgan yigit uzun xoda uchiga ilintirib cho‘girmani tortib olayotgan ekan. Ming hay huydan naf chiqmaydi. Jumaniyoz ota qolgan tuxumlar va boshqa mahsulotlarini pullab qaytadi Yo‘lda yo‘liqqanlarga “Zang‘ar o‘ttiz bir”
deganimda cho‘girmamdagi pullarimni urib ketdi deya hasrat qiladi. Laqab shundan kelib chiqqan.
TUYNAKLAR Qurbon yuzboshining har kungi odati tong subhidam o‘rnidan turib yuz, qo‘llarini yuvgach ekin maydonlariga obi-hayot eltayotgan suvchiqirlar ishini nazorat qilishdan boshlanar ekan. Qishloq kun chiqar burjidan tutib, kunbotar burjiga yetguncha ham ancha masofa edi. Suvchiqirlarning ishlashi, daladagi hosil qut barakasi haqida Xiva xoniga ma'lumotlar berib turish, avomning soliqlarni vaqtida to‘lashini nazorat qilish ham Kuronboy otaga oson vazifa emasdi,Ammo. Qurbon yuzboshi o‘z xizmat vazifasini chin dildang, halollik bilan bajarayotganidan elaro, xon saroyi yoshullilari oldida ham obro‘ e'tibor nufo‘zi oshganidan oshib borardi. Jumaniyoz otalar oilasi ko‘pincha polizchilik bilan shug‘ullanar va durustgina hosil ham olardilar. Ilk yoz kunlaridan birida u shu yaqindan o‘tib qoladi.
- Jumaniyoz ota, qovun pishdimi?
- Yo‘q Qurbonboy inim Qovun hali tuynakroq. Yoz o‘rtalab va oxirlab qolganida ham Qurbon yuzboshi undan so‘raganida Jumaniyoz ota ikki marta ham kovun xali pishmadi pishmadi tuynakroq, deya javob qaytaradi. Yuzboshi bobo unga yuzlanib deydi:- Iloyo pishmay tuynak bo‘lg‘aysiz...
Shu-shu bir avlod hozir “Tuynaklar” laqabini ko‘tarib keladi.
XARRATLAR Xarratlar avlodining hozirgi yetakchisi Masharif Qo‘chqorovning hikoya qilishicha uning padari bo‘zrukvori Qo‘chqor xarrat uni yoshlik chog‘ida bir necha bor Xivaga olib borib hozirda tarixiy muzeyga aylantirilgan avvalgi xon oilasi bilan istiqomat qilgan Nurullaboy qo‘rg‘onining ustunlaridagi yozuvlarni ko‘rsatib, bilib qo‘y o‘g‘lim, shu arab alifbosidagi hikmatlarni sening bobong Saidnazar xarrat bitib qoldirgan, degan ekan.
Qo‘chqor xarratning o‘zi ham qo‘ligul duradgor ustalardan bo‘lgan. Bunga uning kasb hunar mahoratiga qoyil qolgan gurlanlik bir yigitning iltimosi va iltimosning ijobat topishini misol qilib keltirish mumkin.
Aytib beruvchi : Xo‘janiyozova Farida
To‘plovchi: Xaitboyeva Tamara
Do'stlaringiz bilan baham: |