13.3-rasm. Landshaftlarning bir tizimli (I) va ko‘p tizimli (II) modellari (V.S.Preobrajenskiy, 1966) Bir komponentdan ikkinchisiga yo‗nalgan doimiy, aniq va nisbatan barqaror
bo‗lgan aloqalar to‗g‗ri aloqalar deyiladi. Bunday aloqalarga tektonik strukturalar
bilan relef orasidagi, relef bilan iqlim, iqlim bilan suvlar orasidagi aloqalarni misol
tariqasida keltirish mumkin. Iqlim omillari, jumladan atmosfera yog‗inlari
daryolarning to‗yinishi, suv rejimini va boshqa ko‗pgina oqim ko‗rsatkichlarini
belgilaydi. Suv oqimining tuproq hosil bo‗lish jarayonida tutgan o‗rni ham
174
ma‘lum. Tuproq bilan o‗simlik, o‗simlik bilan hayvonot orasidagi aloqalar ham
to‗g‗ri aloqalarga kiradi.