Landshaftshunoslik asoslari



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/124
Sana10.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#440796
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   124
Bog'liq
fayl 1750 20210907

3.3 IQLIM KOMPONENTLARI. 
Bitta geomorfologik kompleksda hamma vaqt ham faqat bitta landshaft 
tarkibi topavermaydi. Ba‘zan bir geomorfologik kompleksda bir necha landshaft 
vujudga kelishi mumkin. Buni Farg‗ona vodiysi o‗rta qismidagi tekislik misolida 


33 
ko‗rish mumkin. Birgina tektonik botiqlikdan iborat bo‗lgan va bir xil tabiiy 
jarayonlar (akkumulyatsiya, eol jarayonlar) ro‗y berib turadigan bu tekislikda 
iqlimiy sharoitning uzoqlik bo‗yicha o‗zgarishi ta‘sirida g‗arbiy qumli cho‗l, 
markaziy sho‗rxoq cho‗l va sharqiy gilli cho‗l landshaftlari tarkib topgan.
Landshaftning tarkibiy qismi bo‗lgan suv har bir landshaft uchun xos va shu 
landshaft xususiyatlari bilan juda yaqindan bog‗langan bo‗lib, boshqa 
landshaftlardagi suv xavzalari, xarakteri, ximiyaviy tarkibi, termik rejimi va 
xokazolariga ko‗ra farq qiladi. 
Landshaftning iqlim komponenti zonal iqlim xususiyatlari va har bir joyning 
o‗ziga xos xususiyatlari ta‘sirida tarkib topadi. Shuning uchun har bir tabiiy 
geografik kompleksning o‗ziga xos iqlimi bo‗ladi. Landshaft iqlimi maxalliy 
iqlimga mos keladi. Maxalliy iqlim, har bir landshaftning tipik urochishelarida olib 
borilgan meteorologik kuzatishlar asosida aniqlanadi. Mikroiqlim fatsiya iqlimi
makroiqlim tabiiy geografik o‗lka va tabiiy zonalar iqlimidir. 
Landshaftning o‗simlik va hayvonot dunyosi komponenti murakkab 
kompleksni hosil qiladi. Har bir landshaftda turli o‗simlik tiplariga xos bo‗lgan 
turkumlarni uchratish mumkin, shu bilan birga o‗simliklarning bir turkumini turli 
landshaftlarda uchratish mumkin. Shuning uchun ham har bir landshaftga xos 
bo‗lgan o‗simlik turkumi yo‗q va landshaftlar o‗simlik turkumlarining qonuniy 
to‗plamiga ega bo‗ladi. Bu o‗simlik turkumlari fatsiya va urochishelarga bog‗liq 
ravishda shu landshaft uchun xos bo‗lgan tipik ekologik qatorlarni xosil qiladi. 
Hayvonot dunyosi o‗simliklarga nisbatan juda ko‗chuvchan bo‗lganligidan 
bevosita landshaft uchun xos bo‗lgan hayvonlar areallarini ko‗rsatish qiyin, lekin 
bir landshaftning ekologik sharoitiga ko‗ra hayvonlar turlarining individualligi farq 
qiladi. 
Har bir landshaft uchun hududda faqat shu landshaftga xos bo‗lgan qonuniy 
ravishda takrorlanuvchi landshaft tiplari, turlari, xillari mavjud. 
Landshaftning energetika omili quyoshdan keladigan nur energiyasi va 
yerning tektonik harakatlari vositasida namoyon bo‗ladigan ichki energiyasidir. 


34 
Landshaftdagi barcha biologik, biofizik jarayonlarning borishi quyosh energiyasiga 
bog‗liq. 
Yerning ichki energiyasi tabiiy geografik jarayonlarning, gravitatsiya 
sharoitining tarkib topishida katta rol o‗ynaydi, ya‘ni yuzasidagi tog‗ jinslarining 
yemirilishi, siljishi, qayta yotqizilishining jadalligi relefga va tog‗ jinslariga boqliq, 
relef esa o‗z navbatida Yer ichki energiyasining hosilasidir.
Geografik mintaqalarda iqlim hodisalari harakatlantiruvchi, materiklarda 
geomorfologik, sektorlarda yana iqlim, zona va kichik zonalarda yana 
geomorfologik va nihoyat landshaftlarda gidrologik, aerogeomorfologik va 
fitogeografik hodisalar harakatlantiruvchi kuchlar hisoblanadi. Bunga qo‗shimcha 
qilib A.A. Grigorev aytadiki, har bir alohida holatda qaysi bir komponent eng 
kuchli 
o‗zgarishni boshidan kechirayotgan bo‗lsa, o‗sha komponent 
harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Bu fikrlarni xato deb bilgan D.L.Armand 
(1975), komponentlarning yetakchi va yetakchi emasligi haqida so‗z yuritar ekan, 
komponentlarni omillar bilan chalkashtirib yuboradi. Uning fikricha har qanday 
komponent va uning xususiyati boshqa komponentlarga tasir ko‗rsata olsa, u 
landshaft tashkil qiluvchi omil hisoblanadi. Qaysi bir omil boshqa komponentlarga 
kuchli ta‘sir ko‗rsata olsa-yu va ularning tasirida o‗zi kamrok o‗zgarsa, uni 
yetakchi omil deb atash mumkin. V.B.Sochava (1974) ham geotizimlarning 
energetika va dinamikasini belgilab beruvchi eng harakatchan va tez o‗zgaruvchan 
komponentlari issiqlik, namlik va biota kabilarni "kritik komponenglar" deb 
ataydi". Tabiiy geografik sharoitga bog‗liq holda turli xil komponentlar kritik 
komponentlarga aylanishi mumkin. Bulardan biota komponenti kritik komponent 
bo‗libgina qolmasdan, balki geotizimni barqarorlashtirib turadigan omil hamdir. 
Ushbu masalada A.A.Krauklis (1979) bildirgan fikrlar ham e‘tiborga loyiqdir. 
Uning yozishicha geotizimlarning mavjudligida va rivojlanishida uning tarkibiy 
qismlarining barchasining ahamiyati kattadir. Qaysi kompo-nent yetakchi va qaysi 
komponent yetakchi emasligini aiiqlashdan ko‗ra geotizim-larning o‗z holatini 
saqlashda qaysi komponent qay tarzda ishtirok etishini aniqlash ahamiyatliroqdir.

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish