Landshaft dizayni va interyer



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/70
Sana15.02.2022
Hajmi2,26 Mb.
#449457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
interyer loyihalash va arxitekturaviy grafika

 
ORTOGONAL CHIZMALAR 
Bir necha ortogonal proyeksiyalarda bajarilgan chizmalarda tarz, tarh va 
qirqim mavjud. Bu tasvirlarning har biri uch о‘lchamli yuza yoki konstruksiyaning 
ma’lum bir jihatini ortogonal proyeksiyasi hisoblanadi. Bu ortogonal proyeksiyalar 
abstrakt tasvirdir, ya’ni optiq voqe’likka mos kelmaydi. Qurishning konseptual asosi, 
biz nimani kо‘rishimizda emas, predmet tо‘g‘risidagi bilimimizga asoslangan. 
Me’moriy loyihalashda ortogonal proyeksiyada bajarilgan chizmalar ob’yektni 
shakliy va fazoviy xususiyatlari hamda kompozitsiyani masshtab va proportsional 
nisbatini aks ettiradigan ikki о‘lchamli yuzada bajariladi. Bu chizmalarda 
ob’yektning о‘lcham, joylashuvi va konfiguratsiyasini о‘zgartirsa bо‘ladi, bu esa о‘z 
о‘rnida loyihani yaratishda grafik ma’lumotni uzatish uchun qulay. 


10 
Agar ob’yektni shaffof proeksion qutiga joylashtirilsa, asosiy kartina tekisliklari 
va shu tekisliklarga ortogonal proyeksiyalanuvchi tasvirlarni aniqlasa bо‘ladi. Har 
bir tasvir ma’lum darajada ob’yektni о‘rganuvchi odamga yо‘naltirilgan. Har bir 
tasvir me’moriy loyihani yaratishda muhim ahamiyatga ega.
2
 
Inshootning kompozitsion nuqtai nazardan asoslangan hamda aniq masshtab va 
о‘lchamlarga ega bо‘lgan о‘zaro bog‘liq chizmalar majmuasi "arxitekturaviy chizma" 
yoki "arxitekturaviy loyiha" deb ataladi. Loyiha tarkibiga о‘zining mohiyati va 
chizilish bosqichlariga kо‘ra turli kо‘rinishdagi ortogonal chizmalardan tashqari 
aksonometrik, perspektiv tasvir, model' yoki maketlar ham kirishi mumkin. 
Chizma – bu texnik tasviriy hujjatdir, shuning uchun ham u aniq va kо‘rgazmali 
bо‘lishi, quruvchiga arxitektor va dizaynerning g‘oyasini amaliyotga tadbiq etish 
uchun asos bо‘lib xizmat qilishi kerak. Chizma о‘z masshtabiga, о‘lchamiga va 
shartli belgilariga ega bо‘lishi kerak.
Arxitekturaviy chizmalarning quyidagi asosiy turlarini belgilash mumkin. 
Ortogonal chizmalarda: bosh reja (genplan), qavatlar tarhi (plan), tarzlar (fasad), bino 
devorlarining qirqimlari, fragmentlar, detallar hamda perspektiva yoki aksonometriya 
mavjud bо‘lishi shart. 
Ob`yektning bosh rejasi (genplan) deb, loyihalashtirilishi nazarda tutilgan 
qurilish uchun ajratilgan yer maydoniga ob`yektni atrof – muhitga nisbatan qanday 
tartibda joylashtirilish kerak bо‘lgan savolni hal qiluvchi rejaga aytiladi. 
Bosh rejada loyihalanayotgan ob`yektdan tashqari, piyodalar va avtomobil' 
transportlarining 
kirib 
– 
chiqish 
yо‘llari, 
obodonlashtiriladigan 
va 
kо‘kalamzorlashtiriladigan yerlar, ob`yektga ajratilgan yer maydonining chegaralari, 
ufq tomonlarining holati (dunyo tomonlarini kо‘rsatuvchi belgi) ham kо‘rsatiladi. 
Chizmada belgi qо‘yilmagan holda qog‘oz satrining yuqori qismi shimol deb 
о‘qiladi. Bosh reja odatda 1 : 500, 1 : 1000, 1 : 2000 nisbatli masshtablarda chiziladi. 
Bosh reja ob’yektni yaqqol tasvirlash uchun kо‘p hollarda ob’yektdan tushayotgan 
soyani ishlash maqsadga muvofiqdir. 
2
Designing Interiors Second Edition, Rosemary Kilmer, ASID, W. Otie Kilmer, AIA. Copyright © 2014 by John Wiley & Sons, 
Inc.Printed in the United States of America.Pages 4 – 5.


11 
Bosh reja oq – qora yoki rangli grafik tasvirda ishlanadi. 
Tarzlar (fasad)–bu binoning frontal ortogonal proyeksiyasi yoki uning turli 
tomondan kо‘ringan tasviridir.
Bunday proeksion tasvirlar binoning tuzilishi, umumiy kо‘rinishi, vertikal va 
gorizontal bо‘linishlari, nur va soya xarakteristikasi, devorlarning fakturasi va 
plastikasi, atrof – muhit bilan bо‘lgan munosabati haqidagi tasvirlarga ega bо‘lish 
uchun xizmat qiladi. Tarzlar 1 : 100, 1 : 50, 1 : 25, ayrim katta hajmdagi loyihalarda 1 
: 200 nisbatli masshtablarda chiziladi. 
Tarh (plan) – bu binoning aniq belgilangan balandligidan shartli tiniq tekislik 
bilan gorizontal tekislikka nisbatan parallel holatda kesgandagi ortogonal 
proyeksiyasidir.
Bu chizma bino devorlari va ustunlarining joylashuvi, qalinligi, eshik va 
derazalarning, muhandislik jihozlarining aniq о‘rnini kо‘rsatadi va bino haqida tо‘liq 
ma`lumotlar beradi. Tarh 1 : 200, 1 : 100, 1 : 50, 1 : 25 nisbatlardagi masshtablarda 
chiziladi. 
Qirqimlar – shartli tiniq tekislik yordamidagi vertikal kesimning ortogonal 
proyeksiyasidir. U binoning ichki va tashqi elementlari orasidagi bog‘liqlikni ochib 
berishda muhim rol о‘ynaydi. Qirqim chizmasi binonig uzinasiga va eniga bir necha 
xarakterli yо‘nalishlar (eshik va deraza, zinapoya va ayvonlar) bо‘yicha bajariladi va 
harf yoki raqam orqali ifodalanadi. Masalan, "A–A", "2 – 2". Binoning qirqimga 
tushgan joyi albatta qalin chiziq bilan ajratiladi.
Qirqimlarning ortogonal va perspektivali turlari mavjud.
Qirqimlarga о‘lchamlar tarhlardan farqli о‘laroq vertikal holatda chiqarib 
qо‘yiladi va "belgi" deb ataladi. Tarh va tarz kabi qirqim ham 1 : 200, 1 : 100, 1 : 50, 
1 : 25 nisbatdagi masshtablarda chiziladi. 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish