51
18 - rasm.
Tushli suvbо‘yoq ustidan akvarel grafikasini qо‘llash misoli. Toshkent shahridagi
Yunusxon maqbarasi misolida.
Ba`zan me`moriy chizmalarni ishlab chiqishda trafaret bо‘yicha ton va nursoya
berish usullari qо‘llaniladi. Nabryzg (sachratish) texnikasi о‘ziga xos xususiyatga
ega. Qattiq va yupqa qog‘ozdan ishlov berilayotgan yuzaga mos shablonlar kesib
olinadi va varoq ustida rezinali yelim yordamida yopishtiriladi. Sachratish ma`lum bir
tongacha pul’verizator, agrograf yoki qо‘lda tish shyotkasi orqali amalga oshiriladi;
bu yuzaning о‘lchamiga ham bog‘liq. Ish davomida doska gorizontal holda turgan
bо‘lishi shart, u bu holatda bо‘yoqli qatlam qurigunicha turishi shart. Katta yuzalarga
bо‘yoq berish jarayonida shablonlar och rangda qolishi kerak bо‘lgan joylar uchun
qilinishi kerak. Zamonaviygrafikada quruq tortsevaniye,ya’ni nimquruq mо‘yqalam
yordamida ishni tugallash usuli tipografiya bо‘yoqlari yordamida amalga oshiriladi.
Shablonlar kal’kadan tayyorlanadi va chizmaga rezinali yelim yordamida
yopishtiriladi, unga ishlov berib chiqilgan bо‘lishi shart. Bu uslubning о‘ziga xosligi
shundaki, о‘xshamayqolgan qismlar bо‘yog‘i hali qurimaganida bemalol tozalab
chiqilishi mumkinligidir. Shablonlar olib tashlangandan sо‘ng rezinali yelim barmoq
va о‘chirg‘ich yordamida osonlikcha olib tashlanishi mumkin, hech qanday iz
52
qolmaydi. Bu uslub chizmaga ishlov berish jarayonini yanada tezlashtiradi, shunda
quruqqog‘oz bо‘yiga ishlanishi kerak bо‘lgan suvbо‘yoq yoki sachratib ishlash
jarayoni ancha sekindir.
Sachratib ishlangan chizmalar juda jonlidir, chunki har xil materiallardan (tush,
guash) va sachratib ishlash kuchi (pul verizator qancha yaqin bо‘lsa, shuncha yirik)
tо‘g‘ri foydalana turib yuzaning mukammal qoplanishiga, tekis bо‘yalishiga har xil
tonal nursoya, fakturali, yengil berilishiga erishish mumkin.
Tushdan tashqari sachratish texnikasida akvarel, guashdan tashqari bronza va
alyuminiydan foydalaniladi. Aralashmani tayyorlash uchun bronza yoki alyuminiy
kukuni tabiiyyelim bilan aralashtiriladi, sо‘ngra iliqsuvda aralashtiriladi. Alyuminiy
yoki bronzadan qoplamani mо‘yqalam yordamida ikki martada amalga oshirish
mumkin, ikkinchi marta birinchi yо‘nalishga nisbatan perpendikulyar bо‘lishi shart.
Bronza, alyuminiy chizmada real materiallarni kо‘rsatish uchun hamda dekorativ
uslub ya’ni, osmon, tog‘lar va suvni ifodalash uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |