90
Ijodiy izlanish jarayonini loyihalashda ketma – ket uch fazaga bо‘linadi:
klauzura, eskiz – g‘oya va dastlabki qoralama (mussavada) bajarish.
Klauzura
lotincha "claucere" sо‘zidan olingan bо‘lib, "berkitmoq" degan ma’noni beradi,
buning ma’nosi qadimgi akademik maktablarida klauzura ustida ishlayotgan talabalar
о‘zaro bir biriga ta’sir kо‘rsatmasin deb, ajratib va berkitib qо‘yilganidan kelib
chiqgan. Klauzuraning maqsadi talabalarning loyiha mavzusiga nisbatan shaxsiy
tasavvurini aniqlash, talabadagi qobiliyatni me’moriy ijod va
kompozitsiya yaratishga
safarbar etishdir. Klauzura erkin shaklda bajarilib, unda bо‘lajak ob’yektning hayoliy
hajm – rejaviy va tektonik g‘oyasini ifodalovchi istalgan grafik vositalar qо‘llanilishi
mumkin. Topshiriqlarning murakkabligiga qarab klauzura bir necha soatdan 2 – 3
kungacha о‘qituvchi maslaҳhtisiz va yordamisiz bajariladi. Klauzura tugatilgach, u
о‘qituvchi tomonidan baholanadi. Klauzura talabaning ijodiy kompozitsiyaviy
saviyasi va malakaviy imkoniyatlari qay darajada ekanligini
aniqlashda yordam
beradi. Pedagog talabaning klauzurada yо‘l qо‘ygan kamchiliklari va ijobiy
tomonlarini kо‘rsatib berish yо‘llarini tushuntirishi zarur. Izlanish bosqichida
klauzura uslubi talabalarning mustaqil ijodiy ishlash
malakasini egallashlariga
kо‘maklashadi, talaba о‘z ishidan qoniqish hosil qilishiga va ijodiy izlanishlarning
ikkinchi asosiy fazasi – eskiz g‘oya yaratish imkonini tug‘diradi.
Eskiz – g‘oyada loyihalanayotgan ob’yekt talabalarning birinchi ijodiy fazasi
(tahmin) shaklida bir necha variatnlarda tasvirlanib kо‘rsatiladi.
Klauzurada aniq
sezilmagan kompozitsion masalalar eskiz – g‘oyada о‘z ifodasini topishi zarur. Eskiz
– g‘oya ustida ishlashning natijasi shuki, unda talaba о‘zining me’moriy g‘oyasini
ma’lum bir yо‘nalishga tushirib oladi. Bu davrda о‘qituvchi talabaga uni cheklovchi
shartlar qо‘yishi mumkin. Bu shartlar ob’yektning muayyan qurilish joyi, tabiiy shart
– sharoitlar, relyef, qurilish ashyolari va ob’yektni qurilmalari bilan bog‘liq
holatlardan kelib chiqishi mumkin. Ushbu shart sharoitlarni
hisobga olish ijodiy
izlanishni tо‘g‘ri yо‘naltirishga yordam beradi. Shundan sо‘ng loyihaning dastlabki
musavvada vazifasiga о‘tiladi.
91
Bu fazada talabaning tanlangan eskiz – g‘oyasidagi asosiy yо‘nalish bir necha
variantlarda qoralama shaklida taqqoslanib kо‘riladi, xatolar aniqlanadi.
Ijobiy
tomonlar rivojlantiriladi va umumlashtiriladi.
Dastlabki musavvada – bu izlangan variantlar bо‘yicha g‘oyaviy kompozitsiyani
aniqlashtirish, ularni tahlil va talqin qilish, qiyoslash, ijodiy
umumlashtirish orqali
loyihani ilk fazasidan birinchi eskiz shaklidagi kо‘rinishga keltirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: