46
Quriganidan sо‘ng
yuqori chiziq qoldirilib, qolganlari xuddi shu rangda qayta
bо‘yab chiqiladi. Gorizontal chiziqlar qancha kichik bо‘lsa, shuncha ochdan tо‘q
rangga о‘tish jarayoni ravon kechadi. Tonal munosabatlar tanlangan boshlang‘ich
rangga bog‘liq bо‘ladi.
Yuzalarni mashqlar orqali bо‘yash jarayoni о‘rganuvchini rangning kuchi va
о‘zaro
munosabatini, tо‘q va och ranglar orasidagi bog‘liqlikni tо‘g‘ri baholashga
о‘rgatadi. Bu usul asosan egri yuzalarni, tomlarni va atrof –
muhit relyefini
bо‘yashda qо‘llaniladi.
Yuvuvchi (razmyvnaya) tushlash usuli ham soddadir.Och rangdan tо‘q rang
hosil bо‘lishigacha bir necha idishda har xil tо‘qlikka ega bо‘lgan tush aralashmasi
tayyorlanadi. Birin – ketin mо‘yqalam yordamida idishlardan och rang eritmadan
boshlab tо‘q ranggacha tush olinadi va qoplanayotgan yuzaning ta’sirchanligini
orttirish uchun ustma – ust bо‘yaladi. Nam yuza bо‘yicha
tushlash usuli
murakkabroqhisoblanadi. Avval butun yuza bosh rang bilan qoplanadi, sо‘ng nam
yuza bо‘ylab astalik bilan tо‘q tush berib chiqiladi.
47
Qog‘ozning о‘lchamiga qarab uning namligi va unga nisbatan qо‘llaniladigan
suvbо‘yoq uslubi aniqlanadi, masalan о‘tkir burchak
ostida turgan doskada tez
harakatlar bilan va о‘tmas burchak ostida turgan doskada sekinlik bilan rang berib
chiqiladi. Suvbо‘yoqning sifati tushning suyuqligiga, qog‘oz
holatiga va tajribaga
bog‘liq. Odatda me`moriy chizmalarning suvbо‘yog‘i och rangdan tо‘qga qarab
amalga oshiriladi, shuning uchun tо‘qdan ochga suvbо‘yoq uslubi tahlil qilinmaydi.
Yuvuvchi tushlash va nam yuza bо‘yicha tushlash me`moriy
chizmada anturans
tasvirda (osmon, suv, о‘t – о‘lan) hamda oynadan aksni, ba’zi qurilish ashyolarni
(tosh, oyna, taxta va h. k.) larni ifodalashda ham foydalaniladi.
Suvbо‘yoqning hamma usullari yaxshi natija keltirishi mumkin agar faqat unga
qо‘yilgan spetsifik talablarga tо‘g‘ri amal qilinsa:
Fikr oxirigacha yetkazilgan bо‘lsa, aniqlik, fikr bir joyga jamlangan bо‘lsa,
ozodalik,
puxtalik, me`moriy konturga ahamiyat, uni esa о‘z о‘rnida doimo saqlash
yoki tagidan qalin chiziq о‘tqazish lozim (kontur chizig‘i tashqarisiga
chiqish mann
etiladi). Buning barchasi tekis bо‘yalishga olib keladi.
Judayam murakkab va ma’suliyatli ish bu me’moriy detalda nur – soya
(modelirovka)ni tо‘g‘ri kо‘rsata bilish. Boshlang‘ich eskizda yorug‘lik manbai
aniqlashtiriladi (quyosh, osmon), reflekslar, yorug‘lik kuchi, uning yо‘nalishi va
me’moriy shaklning modelirovkasiga ta’sir etuvchi omillar.
Me’moriy detalga nursoya berishning ketma–ket bosqichlari 11 – rasmda ifoda
etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: