21-Laboratoriya mashg‘uloti.
Zatvori izolyatsiya qilingan tranzistorlar va ular asosidagi modullarni o‘rganish.
Mashg‘ulot maqsadi. Zatvori izolyatsiya qilingan tranzistorlar va ular asosidagi modullarni o‘rganish.
Nazariy tushunchalar. Avtomatik qurilmalarda ko‘pincha datchiklardan keladigan signallar quvvati rostlanuvchi miqdorlarni ko‘rsatilgan darajada ushlab turish uchun qo‘llaniladigan rostlovchi qurilmalarni boshqarish uchun yetarli bo‘lmaydi. Bunday hollarda kuchsiz signallarni kuchaytirish uchun kuchaytirgichlardan foydalaniladi. Kuchaytirgich deb, kirish signalini ko‘rinishi va fizik tabiatini o‘zgartirmagan holda, kuchaytirish uchun qo‘llaniladigan qurilmaga aytiladi. Quvvat bo‘yicha signalni kuchaytirish tashqi manbaa energiyasi evaziga boshqariladi. Avtomatik qurilmada turli kuchaytirgichlar qo‘llaniladi: Magnitli, elektron, yarimo‘tkazgichli, elektr mashinali, gidravlik, pnevmatik va boshqalar. Kuchaytirgichlarni asosiy tavsiflaridan biri, ularni kuchaytirish koeffitsentidir.
Kuchaytirgichni quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsenti – deb uni chiqish quvvati (Rchik)ni, kirish quvvati (Rkir)ga nisbatiga aytiladi: K=Rchik/Rkir; Kuchaytirgichlarni tok va kuchlanishlar bo‘yicha kuchaytirish koeffitsentlari: K1=Ichik/Ikir,Ku=Uchik/Ukir bo‘ladi. Yarim o‘tkazgichli kuchaytirgichlar elektron kuchaytirgichlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo‘lganligi tufayli ular ko‘p holatlarda elektron kuchaytirgichlarni siqib chiqarmoqda. Chunki ularni qabul qiluvchi quvvati oz, o‘ta puxta, tezkor, kuchaytirish koeffitsenti nisbatan katta, ixcham. Tranzistorli kuchaytirgich sxemasi umumiy elektrod belgilari bo‘yicha, ya’ni bir vaqtda kirish va chiqish elektrodlari hisoblanganligi buyicha turlanadilar. Quyida rasmda umumiy bazali (a), umumiy emitterli (b) va umumiy kollektorli (v) tranzistorli kuchaytirgichlar berilgan
RK RK
R1 R1
V V V
Uchik Ukir R2 Ukir R2 Uchik
Ukir Uchik
a) b) v)
Yarim o‘tkazgichli kuchaytirgichlar.
Umumiy bazali kuchaytirgichlar kuchlanishni, umumiy kollektorli kuchaytirgichlar tokni, umumiy emitterli kuchaytirgichlar esa quvvatni kuchaytirish uchun qo‘llaniladi. Tranzistorli kuchaytirgichlarni kamchiligi ularni parametrlarini va ish qobilyatini tashqi muxit haroratiga bogliqligidir.
3. Ishni bajarish tartibi. 1. Kuchaytirgichdan ma’lumotlar yozib olinadi.
2. Chizmadagi sxema yigiladi va kuchaytirirish ko‘ffitsenti topiladi. 3. Topshiriq U1kir=12 V; U1chiq=127 V; U2kir=12 V; U2chiq=220 V bo‘lganda, qolgan parametrlari hisoblansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |