Лабораторная работа №2 Исследование биполярного транзистора



Download 4,72 Mb.
bet24/32
Sana04.02.2022
Hajmi4,72 Mb.
#430377
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Bog'liq
ELEKTRONIKA VA SXEMOTEXNIKA Labaratotiya

Rp potentsiometrning xarakatchan kontaktini Ub signalning kuchlanishini oshiradigan tomonga sursak, kuchaytirgichning wb boshqarish cho`lg‘amida Ib tok paydo bo`ladi. Bu kuchaytirgichning magnit o`tkazgichi (o`zagi) ni tuyinishiga va wish ishchi cho`lg‘amining elektr qarshiligini kamayishiga olib keladi. Natijada yakor zanjiridagi Ia toki osha boshlaydi va yakor aylana boshlaydi. Ib boshqarish tokini oshirish bilan yakorning aylanish chastotasi ortadi.
Elektr yuritmaning rostlash xarakteristikalarini qulayroq tekshirish uchun Rp potentsiometrning xarakatchan kontaktini yurish yo`li bir xil nomerlangan bo`laklarga bo`lingan.
Elektr yuritma elementlarining parametrlari TD dvigatelining nominal ko`rsatkichlariga bog‘liq xolda tanlanadi. Masalan, agar TD sifatida SL 661 turidagi Rnom=230 Vt, Unom=110 V, Inom=2,9 A, Unom=2700 ayl/min ko`rsatkichli elektr dvigateli ishlatilgan bo`lsa, TR kuch kuch transformatorining nominal kuchlanishlari U1/U2=220/165 V ga teng bo`lishi kerak, yakor zanjiriga D-245 diodi ulangan bo`lishi va tokni rostlash uchun UM-1P-20-40-4-1 magnit kuchaytirgichi ishlatilishi lozim, uning parametrlari quyidagicha: ishchi cho`lg‘amning nominal kuchlanishi 220 V, ishchi cho`lg‘amning nominal toki 3,5 A, yo`l qo`yiladigan boshkarish toki 0,415 A (boshqarish cho`lg‘ami qarshiligi 9,34 Om).
Laboratoriya stendi tuzilishi bilan tanishib chiqib, 5.4-rasmdagi sxemani yig‘iladi. O`qituvchi sxemani tekshirgandan so`ng, oldindan potentsiometrini Ub = 0 ni ta’minlovchi xolatiga qo`yib, R1 va R2 rubilniklar ulanadi. So`ngra potentsiometr xarakatchan kontaktini Ub ni oshirish uchun o`rnidan asta-sekin ko`zg‘atib TD yakori tezligini oshiramiz. Rp ning o`zaro teng bo`limlarida TD ning tezligi o`lchanadi. Aylanish chastotasi n ning qiymatlari va ular mos keluvchi potentsiometr shkalasidagi bo`limlar nomerlari Np ni jadvalga kiritib, elektr yuritmasining salt yurish rejimidagi rostlash xarakteristikasi n = f (Np) ni quriladi.



Np

























n, ayl/min

























Elektr yuritmani tiristor bilan kontaktsiz boshqarish. 5.5-rasmda mustaqil qo`zg‘atishli o`zgarmas tok dvigateli TD ni noreversiv bosh-qarish sxemasi keltirilgan. Elektr yuritmaning bundan oldingi (5.4-rasm) sxemasidan farkli ravishda yakor zanjiridagi tok qiymati T tiristori bilan amalga oshiriladi.



5.5-rasm. Tiristor orqa-li o’zgarmas tok dviga-telini boshqarish

Kuch transformatori Tr va TD tekshiriluvchi dvigateli oldingi, 5.4-rasmdagi sxemadan olingan.


QCH qo`zg‘atish cho`lg‘ami to`g‘ridan-to‘g‘ri o`zgarmas tok zanjiriga ulangan. Tiristor orqali o`tuvchi tokning qiymati tiristorni faza boshqarish prinsipi bo`yicha rostlanadi. Bu usul tiristorni ochilish momenti. SHu maqsadda sxemada r1, Sk faza siljituvchi zanjir ulangan bo`lib, bu yerda r1 o‘zgaruvchan qarshilikli rezistor boshqaruvchi signal Ub ning qiymati va uning U1 kuchlanishga nisbatan faza siljishi r1 qarshilikka boglik. r1 qarshiligi to‘la kiritilganda U2 kuchlanishning ancha qismi shu rezistorga tushadi, kondensatordagi Us=Ub kuchlanish pasayishi tiristorni ogishga yetarli bulgan boshqarish kuchlanishini xosil qilishga kamlik kiladi. r1 qarshiligi kamaytirilgani sari Ub kuchlanishi ortadi va U2 kuchlanishning musbat yarim cho`lg‘amida tiristorni ochishga yetarli qiymatga erishadi. Ammo Ub boshkaruvchi kuchlanish U2 kuchlanishga nisbatn faza bo‘yicha siljigan bo‘ladi va tiristorning ochilishi U2 kuchlanishning musbat yarim to‘lqini oxiriga to‘g‘ri keladi. SHuning uchun TD yakori zanjiridagi Ua tokining effektiv qiymati kichik va elektr dvigateli yakori kichik chastota bilan aylanadi.
r1 qarshiligini kamaytirilsa tiristorning boshqaruvchi elektrodidagi Ub kuchlanishning fazasi shunday o‘zgaradiki, tiristorning ochilishi ertaroq U2 kuchlanishning musbat yarim to‘lqini o‘z maksimumidan o‘tayotganda yoki bu qiymatga xali erishmaganda sodir bo‘ladi. Bunda yakor tokining effektiv qiymati o‘sadi, elektromagnit momenti ko‘payadi va dvigatelning aylanish chastotasi ortadi.
Boshqaruvchi elektrodga manfiy potentsial tushib qolmasligi uchun boshqarish zanjiriga diod ulanadi.
SL - 661 turidagi o‘zgarmas tok dvigatelini boshqarish uchun KU202K turli tiristorni qo‘llash mumkin. Bu tiristorni boshqarish zanjirida PPB - 3V o`zgaruvchan rezistorni va sig‘imi 1 mkf li PBGO kondensatorini ishlatish mumkin.
Laboratoriya stendining tuzilishi va uning barcha elementlari bilan tanishib chiqib, 5.5-rasmdagi sxemani yig‘iladi. Sxemani o‘qituvchi tekshirib bergandan keyin R1 va R2 rubilniklar ulanadi va o‘zgaruvchan r1 rezistorining ruchkasini oxista burab, elektr dvigatelini aylanish chastotasini oshiriladi. r1 rezistorini shkalasida taxminan bir xil bo‘limlarga burib, elektr dvigateli tezligining chastotasini o‘lchanadi va jadvalga kiritiladi:



Np

























n, ayl/min
























Keyin aylanish chastotasini o‘zgaruvchan rezistor shkalasidagi bo‘limlar soniga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi elektr yuritmasining rostlash xarakteristikasini ko‘ramiz.


Bajarilgan ish xaqidagi xisobotda tekshirilayotgan elektr yuritmalarining prinsipial sxemalari, xar bir sxema elementlarining spetsifikatsiyasi va qurilmalar ishining effektivligi xaqida xulosalar bo‘lishi kerak.
Elektr yuritmasi rostlash xarakteristikalarini taxlil qilishda xarakteriskaning to‘g‘ri chiziqli uchastkasida aylanish chastotasining o‘zgarish diapazoni (chegaralari) aniqlanadi.
Magnit kuchaytirgichli va tiristorli elektr yuritmalarining rostlash xarakteristikalarini bir-biriga solishtirib, ularning afzalliklari va kamchiliklari xaqida xulosa qilinadi. Bunda rostlash xossalari, gabarit o‘lchamlari, massasi va xarbir elektr yuritmalarning sxemasida ishlatilgan rostlovchi qurilmalarning qiymati ko‘zda tutiladi.

Nazorat savollari


Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish