Laboratoriyaishi№ 2.
Mavzu:Kombinatsionmantiqiy sxemalar analizi
Ishning maqsadi:Kombinatsionmantiqiy sxemalarni analiz qilish
Nazariy ma’lumotlar
YOKI-EMAS mantiqiy elementi.YOKI-EMAS funksiyasining algebraikko’rinishi f=̅̅̅̅̅̅̅̅ ifodalanadi. Bu funksiyaning rostlik jadvali 3.1-jadvaldakeltirilgan.
2.1-jadval
R aqamli tizimlarda YOKI-EMAS funksiyasi YOKI-EMAS elementi deb ataluvchi elektron sxema yordamida amalga oshiriladi.2.1-rasmda YOKI-EMAS elementining belgilanishi ko’rsatilgan.
2.1-rasm.YOKI-EMAS elementining belgilanishi.
Rostlik jadvali shuni ko’rsatadiki, agarda YOKI-EMAS elementining 1ta yoki 2ta kirishida mantiqiy «1» bo’lsa, u holda uning chiqishida mantiqiy «0» bo’ladi. Qalin shriftlar bilan ko’rsatilgan rostlik jadvalining 2ta satri YOKI-EMAS elementining A kirishida barcha vaqt mantiqiy «0» bo’lgandagi holatini ifodalaydi. Bu satrlarni ko’rib chiqsak, agarda V=0 bo’lsa f=1 bo’ladi VAda V=1 bo’lsa f=0 bo’ladi (2.2-rasm). Bundan kelib chiqadiki, 1ta aktiv kirishli YOKI-EMAS elementi invertor kabi qo’llaniladi.
2.2-rasm. 2ta kirishli YOKI-EMAS elementining A kirishida barcha vaqt mantiqiy «0» bo‘lgandagi holati.
VA, YOKI va EMAS elementlarini YOKI-EMAS elementlari yordamida amalga oshirsa bo’ladi.
VA-EMAS mantiqiy elementi.Avvalgi laboratoriya ishlarida bizlar VA,YOKI va EMAS mantiqiy elementlarini ko’rib chiqqan edik. Amaliyotda ko’pchilik mantiqiy sxemalar VA-EMAS va YOKI-EMAS elementlpri asosida amalga oshiriladi. Sababi VAva YOKI mantiqiy elementlari iqtisodiy tomondan qimmatga tushadi.
VA-EMAS funksiyasi algebraik ko’rinishi f=̅̅̅̅ ifodalanadi. Bu funksiyaning rostlik jadvali 2.2-jadvalda keltirilgan.
2.2-jadval.
Raqamli tizimlarda VA-EMASfunksiyasi VA-EMAS elementi debataluvchielektron sxema yordamida amalga oshiriladi.2.3-rasmda VA-EMAS elementining belgilanishi ko’rsatilgan.
2 .3-rasm.VA-EMAS elementining belgilanishi.
Rostlik jadvali shuni ko’rsatadiki, agarda VA-EMAS elementining 1ta yoki 2ta kirishida mantiqiy «0» bo’lsa, u holda uning chiqishida mantiqiy «1» bo’ladi. Qalin shriftlar bilan ko’rsatilgan rostlik jadvalining 2ta satri VA-EMAS elementining A kirishida barcha vaqt mantiqiy «1» bo’lgandagi holatini xarakterlaydi. Bu satrlarni ko’rib chiqsak, agarda V=0 bo’lsa f=1 bo’ladi VAda V=1 bo’lsa f=0 bo’ladi (3.4-rasm).
2 .4-rasm. 2ta kirishli VA-EMAS elementining A kirishida barcha vaqt mantiqiy «1» bo‘lgandagi holati.
VA, YOKI va EMAS elementlarini VA-EMAS elementlari yordamida amalga oshirsa bo’ladi.
Hisobot ma’zmuni.
Talabalar berilgan funksiyaning elektron sxemasini HAM-EMAS (1-16 variantgacha) va YOKI – EMAS (17-32 variantgacha) mantiqiy elementlari yordamida yasashi va rostlik jadvalini tuzishi kerak (laboratoriya ishlari daftarida).
Do'stlaringiz bilan baham: |