KEYS: “Sofradeks ko‟z va quloq tomchisini sifatini baholas, qadoqlash va o‟rash”
Kirish. Xozirgi zamon korxona sharoitida dori ishlab chiqarish mashina
ishlatishni taqozo etadi, chunki bunda ishchilar mehnati engillashadi, tayyor maxsulot
tannarxi arzonlashadi.
Sanoat miqyosida ishlab-chiqariladigan kukunlarni tayyorlashni o‗ziga xos
tomonlari qo‗yidagilardan iborat: ular katta hajmda, maxsus sexlarda tayyorlanadi;
tayyorlash jarayoni asosan mexanizatsiya va avtomatizatsiyalashtirilgan bo‗ladi. Har bir
bosqichni nazorat bo‗limi tekshirib boriladi, maxsulot tayyor bo‗lganidan so‗ng
qadoqlashdan oldin har bir turkumni sifat va miqdor ko‗rsatkichlari tekshiriladi. Talab
darajasida bo‗lsa qadoqlashga ruhsat etiladi. Qadoqlab bo‗lganidan so‗ng har bir turkumdan
qadoqlashgan yorliqlangan maxsulotdan olib, analitik laboratoriyaga topshiriladi. U erda bitta
idishdagi maxsulotni miqdori, tashqi ko‗rinishi, chinligi, tozaligi, ta‘sir etuvchi moddani
miqdori tahlil etiladi. Hamma ko‗rsatkichlar bo‗yicha natijalar MTH talabiga javob bersa,
nazorat bo‗limini xulosasi asosida maxsulot korxona omborxonasiga topshiriladi. Korxona
sharoitida ishlab chiqariladigan kukunlarni tayyorlash quyidagi texnologik bosqichlardan
iborat: tegishli asbob uskunalarni tayyorlash, boshlang‗ich maxsulotlarni maydalash, elash,
aralashtirish, qadoqlash va yorliqlash. Kukun tayyorlanadigan sex xona gigiena-sanitariya
talabiga javob berishi kerak, asbob uskunalar ishlashdan tozalab, dezinfeksiyalovchi
moddalar qo‗shilgan. Tuzsizlantirilgan suv bilan 2-3marta yuviladi, so‗ngra suv bug‗i
yuborib, quritiladi. Kukunlarni tayyorlashni birinchi bosqichi substansiyalarni maydalashdir.
Bu maqsaddaasosan tegirmonlar ishlatildi. Tegirmonni tanlashda maydalanadiganmoddani
fizik-kimyoviy, morfologik, gistologik xossalarini hisobgaolish kerak. Substansiyalarni
maydalashda ulardagi qoldiq namlikkatta ahamiyatga ega. Sex sharoitida ko‗pincha
zo‗ldirli, dismembrator, dezintegrator, bolg‗achali tegirmonlar ishlatiladi. Maydalanadigan
modda tegishli tegirmonga solinadi. Elektr tarmog‗iga ulanadiva reglamentda ko‗rsatilgan
vaqt oralig‗ida maydalaniladi. Maydalangan modda barabanli, vibratsion yoki sexda
mavjud bo‗lgan boshqaelaklar yordamida elanadi. Elangan kukunlar aralashtirgichlarga solib
yaxshilab aralashtiriladi. Agar murakkab kukun bo‗lsa, hamma ingridientlar yana elanishi
356
kerak va qaytadan aralashtiriladi. Korxonasharoitida kukunlar asosan uchta usulda
aralashtiriladi:
1. Zettasimon ikki kurakchali aralashtirgichlar. Bular asosan ikkita yarim
silindrsimon tubdan, ikkita zetta-simon aralashtirgichdan, qopqoqdan, qopqoqdagi tuyikdan
tashkil topgan. Aralashtirgich kurakchalari xar hil tezlikda qarama-qarshi tomonga xarakat
qiladi. Bundan maqsad kukunni hamma qatlamlari bir hil aralashishidir. Aralashtirib
bo‗lgandan so‗ng aralashtirgich avtomatik usulda "ag‗dariladi" va kukun idishga tushadi.
Korxonalarda bunday aralashtirgichlardan 40, 70, 100 litrlilari ko‗p ishlatiladi (rasm).
2. Laboratoriya sharoitida kukunni ko‗pincha zo‗ldirli tegirmonda aralashtiradilar.
Bu maqsadda barabandagi sharlarni bir qismini olib, barabanga kukun solinadi va elektr
tarmog‗iga ulab ma‘lum vaqt baraban aylantiriladi. Bunda kukunlar bir tekis aralashadilar.
Bu usul oddiy, lekin unumdorligi yuqori emas (rasm).
3. Yolg‗on qaynoq yuzada aralashtirish bu eng zamonaviy asbob bo‗lib, SG-30
turkumidagi asbobda amalga oshiriladi. Bu asbob tubida ikki qavatli elagi bo‗lgan va 30 kg
kukunga mo‗ljallangan idishdan, yuqorisida kaprondan qilingan engdan iborat. Aralashtirish
lozim bo‗lgan modda idishga solinadi, idishni gardishi (cheti) kapron eng bilan zich
berkiladi, so‗ngra boshqaruv pultidan idishni tubiga xavo bosim bilan yuboriladi. Bunda
idishdagi massa bosim ostida yuqoriga ko‗tarilib, muallak holga kelib , o‗zaro aralashadi,
mayda zarrachalar kapron filtrda ig‗iladi, aralashtirib bo‗lgandan so‗ng, filtr avtomatik usulda
tebranib, mayda kukunlar teleshkaga tushadi. So‗ngra teleshkani korpusdan chiqarib ichidagi
modda boshqa sig‗imga so‗linadi. Bu usulni kamchiligi bosim me‘yoridan yukori bo‗lsa,
kapron yirtilib mayda fraksiya atmosferaga chiqib ketadi. SHunday qilib, tayyor kukundan
nazorat bo‗limi namuno olib analitik laboratoriyaga tekshirishga yuboriladi. Agar natijada
ijobiy bo‗lsa, qadoqlashka ruhsat etiladi.
Quyidagi keys – ko‟z va quloq tomchilar tarkibini to„g„ri tanlash, texnologik
jarayonlar ketma-ketligini asoslash va mo„„tadillashtirish. Kukunlarni ishlab chiqarishning
umumiy va xususiy texnologiyalarini bilish. Ularni tayyorlashda ishlatiladigan asbob-
uskunalar va apparatlar (tegirmonlar, elaklar va aralashtirgichlar)ni to‗g‗ri tanlash. Kukun
tayyorlash jarayonida kelib chiqadigan turli muammo va vaziyatlarni xal qilishda kerakli
ko„nikmalarga ega bo„ladi.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kukunlarni tayyorlash
texnologiyasi bo‗yicha bilim va ko‗nikmalarga ega bo‗lish zarur.
Tavsiya etilgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:
o‗zlashtirilgan mavzu bo‗yicha bilimlarni mustahkamlash;
muammoning hamda qabul qilingan echimning individual va guruhiy tahlilida bilim
va ko‗nikmalarni qayta topshirish;
mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‗nikmalarini egallash;
o‗quv axborotlarini o‗zlashtirish darajasini tekshirib ko‗rish.
Do'stlaringiz bilan baham: |