Laboratoriya mashg‘ulotlari



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet498/731
Sana26.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#156435
1   ...   494   495   496   497   498   499   500   501   ...   731
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua(1)

Do‟lana nastoykasi 

Nastoyka boyarыshnika 

 Tarkib: 

Do‘lana mevalari (yanchilgan)      - 100 g 

(FM 42 O‘z-0208-2007) 

Etil spirti 70 %                               - 1 litr nastoyka hosil bo‘lguncha 

(DSt 5962-67, FM 42 O‘z-0243-2010, 

FM 42 O‘z-0171-2010, O‘z DSt 958:2000) 

Tavsif.  Sariq-zarg‘aldoq  yoki  sariq-qizil  rangli,  shirin  ta‘mli,  tiniq  suyuqlik. 

Nastoykaning  tashqi ko‘rinishi DF XI, 2 nashr, 148 b. talabiga mos kelishi kerak. 

Chinligi.  2  ta  probirka    olib  unga  preparatning    3  ml  miqdoridagi  hajmi  solinadi; 

birinchi  probirkaga  2  ml  konsentrlangan  xlorid  kislotasi  solinadi,  ikkinchi  probirkaga  2  ml 

suv  solinadi.  Ikkala  probirkani  suv  hammomida  5  daqiqa  davomida  qizdiriladi,  Birinchi 

probirkadagi  eritmani  ikkinchi  probirkadagi  eritmaga  solishtiriladi,  bunda  birinchi 

probirkadagi eritma qizil rangga bo‘yaladi (antotsianlar). 

10  ml  preparatni    bug‘latish  kosachasiga  solinadi  va  suv  hammomida  quruq  qoldiq 

qolguncha  bug‘latiladi.  Qoldiqni  2  ml    70  %  li  etil  spirtida  eritiladi,  0,05  g  magniy  metali  

yoki  magniy  qirindisidan  qo‘shiladi  va  0,5  ml  konsentrlangan  xlorid  kislotasidan  solinadi, 

aralashtiriladi,  30  daqiqa  davomida    45-50ºC  haroratda  suv  hammomida  qizdiriladi,  eritma 



286 

 

sovutiladi  va  5  ml  hajmdagi  probirkaga  solinadi;  eritma  asta-sekin  qizil-jigarrang  rangga 



bo‘yaladi (flavonoidlar). 

Peparatning  5  ml  miqdoriga  0,3  ml  natriy  gidroksid  va  3  ml  Feling  reaktividan  solib 

qaynaguncha qizdiriladi; qizil cho‘kma hosil bo‘ladi (qand). 

Quruq qoldiq. 1,0% dan kam bo‘lmasligi kerak (DF XI, 2 nashr, 148 b.). 

Zichligi. 0,885 g/sm

3

 dan 0,910 g/sm



3

 gacha (DF XI, 1 nashr, 24 b., 1-usul). 

Qadoqni to‘ldirish hajmi. TSt 64-492-85 talabiga javob berishi kerak.  

Hajmi 20 ml dan 25 ml gacha bo‘lgan qadoqlar uchun chetlanish ±5% ga, hajmi 40 ml 

dan 50 ml gacha bo‘lgan qadoqlar uchun esa chetlanish ±3% ga teng bo‘lishi kerak. 

Nazorat  natijasida  olingan  natijalar  qoniqarsiz  bo‘lsa    tekshirish  ikki  marta  ko‘p 

miqdordagi namunalarda olib boriladi.  

Og‘ir  metallar.  Preparat  og‘ir  metallarga  hos  bo‘lgan  tekshiruv  talabiga  javob  berishi 

kerak ( 0,001 % dan ko‘p emas; DF XI, 1 nashr, 171 b., DF XI, 2 nashr, 148 b.). 

Mikrobiologik  tozalik.  Tekshirish  DF  XI,  2  nashr,  87  b.  va  12.10.2005  y.  dan 

O‘zgartirish  №2,  kategoriya  B  ga  asosan,  tekshiruv  davomida  antimikrob  faollikka  ega 

preparat sifatida o‘tkaziladi.  

1 ml preparat tarkibidagi aerob bakteriyalarning umumiy soni 10

4

  va zamburug‘larning 



umumiy soni 2 x 10

2

, enterobakteriyalar va boshqa grammanfiy bakteriyalarning soni 10



2

 dan 


ko‘p  bo‘lmasligi  kerak.  1  ml  preparat  tarkibida  Pseudomonas  aeruginosa  va  Starnylococcus 

aureus va 10 ml preparat tarkibida Salmonella bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.  

Miqdoriy tahlil. 1-usul. 5 ml preparatni hajmi 25 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga solinadi, 

6 ml alyuminiy xlorid eritmasidan qo‘shiladi, eritmani 3 daqiqa davomida qaynab turgan suv 

hammomida ushlab turiladi, tezda sovutiladi, rn 4,0 bo‘lgan bufer eritmadan 2 ml qo‘shiladi, 

eritma hajmini 70% li etil spirti bilan belgisigacha yetkaziladi va aralashtiriladi. 

Hosil bo‘lgan eritmaning optik zichligini spektrofotometrda 409 nm to‘lqin uzunligida 

qalinligi 10 mm bo‘lgan kyuvetada aniqlaniladi. Solishtiriluvchi eritma sifatida hajmi 25 ml 

bo‘lgan  o‘lchov  kolbasida  tayyorlangan  5  ml  preparat,  2  ml  rn  4,0  bo‘lgan  bufer  eritma  va 

hajmini 70% li etil spirti bilan belgisigacha yetkazib hosil qilingan eritmadan foydalaniladi. 

Parallel  ravishda  tarkibida  1  ml  giperozid  GSN  saqlagan  eritmaning  optik  zichligini 

ham o‘lchanadi, ushbu eritmani tayyorlash uchun  tekshiriluvchi eritmani tayyorlash jarayoni  

bayonidagi  ―25  ml  hajmli  o‘lchov  kolbasiga  solinadi‖  so‘zlaridan  boshlab    davom  etgan 

amallar  takrorlanadi.  Solishtiriluvchi  eritma  sifatida  hajmi  25  ml  o‘lchov  kolbasida 

tayyorlangan,  1  ml  giperozid  GSN,  2  ml  rn  4,0  bo‘lgan  bufer  eritma  va  hajmini  70%  li  etil 

spirti bilan belgisigacha yetkazib hosil qilingan eritmadan foydalaniladi. 

Flavonoidlarning    giperozid  uchun  hisoblangan  umumiy  foiz    miqdori    (X)  quyidagi 

formula yordamida hisoblab topiladi: 

 

bu yerda: D



1

 – tekshiriluvchi eritmaning optik zichligi; 

 D

0

 – giperozid GSN eritmasining optik zichligi; 



m

0

 – tortib olingan giperozid GSN ning  og‘irligi, grammlarda. 



Preparatdagi  flavonoidlarning  giperozidga  nisbatan  hisoblangandagi  miqdori  0,002% 

dan kam bo‘lmasligi kerak. 

Ilova.    1.  Giperozid  GSN  eritmasini  tayyorlash.  Oldindan  130-135ºC  haroratda  3  soat 

davomida  quritilgan    giperozid  GSN  (FM  42-1088-81)  dan  0,05  g  (aniq  tortma)  olib  hajmi 

100 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga solinadi va 50 ml 70% li etil spirti bilan suv hammomida 

qizdirilib  turgan  holda    eritiladi,  eritmani  xona  haroratigacha  sovutiladi,  eritma  hajmi 

keltirilgan spirt bilan kolba belgisigacha yetkaziladi, aralashtiriladi. 

Eritmaning yaroqlilik muddati 1 oy. 




287 

 

2.  rn  4,0  bo‘lgan  bufer  eritmasini  tayyorlash.  10  ml    1  mol/l  natriy  gidroksidini  hajmi 



100 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga solinadi, 57 ml sirka kislotasi qo‘shiladi, belgisigacha suv 

bilan yetkaziladi va aralashtiriladi. 

Eritmaning yaroqlilik muddati 2 oy. 

3. Alyuminiy xlorid eritmasini tayyorlash. 2 g  alyuminiy  xloridni (DSt 3759-75) hajmi 

100 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga solinadi va 50 ml 70% li etil spirtida eritiladi, eritma hajmi 

keltirilgan spirt bilan belgigacha yetkaziladi va aralashtiriladi. 

Eritmaning yaroqlilik muddati 3 oy. 

2 – usul (alternativ). 5 ml preparatni hajmi 25 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga solinadi, 6 

ml alyuminiy xlorid eritmasidan qo‘shiladi, suv hammomida 3 daqiqa davomida qizdiriladi, 

tezda sovutiladi, belgisigacha 70% li etil spirti bilan yetkaziladi va aralashtiriladi. 

  Eritmaning optik zichligi spektrofotometrda 430 nm to‘lqin uzunligida va qalinligi 10 

mm li kyuvetada o‘lchanadi. 

Solishtiriluvchi  eritma  sifatida  hajmi  25  ml  li  o‘lchov  kolbasida  tayyorlangan  5  ml 

preparat va hajmi belgisigacha 70 % li spirt bilan yetkazilgan eritmadan foydalaniladi. 

Preparat tarkibidagi flavonoidlarning kversetinga nisbatan hisoblangan foiz miqdori (X)   

nisbiy yutish ko‘rsatkichi 

  yordamida topiladi: 

 

bu yerda: D



1

 – tekshiriluvchi eritmaning optik zichligi; 

475 – kversetin  va alyuminiy xlorid kompleksining 430 nm to‘lqin uzunligidagi nisbiy 

yutish ko‘rsatkichi 

 . 

Flavonoidlar  yig‘indisining kversetinga nisbatan  hisoblangandagi  miqdori 0,002% dan 



kam bo‘lmasligi kerak. 

Ilova. 1. Alyuminiy xlorid eritmasini tayyorlash. 2 g alyuminiy xloridni (DSt 3759-75) 

hajmi 100 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasida 50 ml 70% li etil spirti bilan eritiladi, eritma hajmi 

keltirilgan spirt bilan kolba  belgisigacha yetkaziladi va aralashtiriladi. 

Eritmaning yaroqlilik muddati 3 oy. 

Qadoqlash.  20,  25,  40  va  50  ml  hajmdan    TSh  64-2-208-79  yoki  TSh  64-17490735-

01:2006 ga asosan FK-OS  tipidagi tomizgichli-flakonlarga, TSh 64-2-282-84  yoki TSh O‘z 

10-03-0334056-3-95  yoki  TSh  O‘z  64-16965647-01-98  ga  ko‘ra  zich  berkitilgan  tomizgich 

tiqinli,  yoki  20,  25,  40  yoki  50  ml  hajmli  qo‘ng‘ir  rangli  flakonlarga,  TSt  64-2-87-81  yoki 

TSh  64-17400735-01:2006  ga  ko‘ra  vintli  bo‘yinli,  TSt  64-2-87-81  yoki  TSh  O‘z  10-03-

0334056-3-95 ga ko‘ra yoki TSh 64-17707896-02:2002 yoki TSh O‘z 64-16965647-01-98 ga 

asosan polietilen tiqinli va plastmassa qopqoqchali yoki TSh 64-17707896-02:2001 yoki TSh 

64-17385978-01:2001  ga  asosan  perforirlangan  bo‘lakli  halqaga  ega  bo‘lgan  alyumin 

qalpoqchali idishlarga qadoqlanadi. 

20,  25,  40  va  50  ml  hajmdan  polietilentereftalatdan  yasalgan  flakonlarga,  TSh  64-

15390981-02:2003 va O‘zg. №1 TSh 64-15390981-02:2003 ga ko‘ra qopqoqli yoki TSh 64-

22956650-01:2009  ga  asosan  polietilentereftalatdan  yasalgan  va  plastmassa  qopqoqli 

flakonlarga qadoqlanadi. 

Har  bir  tomizgichli  flakon  yoki  flakonga  DSt  7625-86E  ga  ko‘ra  yorliq  qog‘ozidan 

tayyorlangan  yopishqoq  yorliq  yoki  DSt  18510-87E  ga  ko‘ra  yozuv  yoki  o‘zi  yopishadigan 

yorliq yopishtiriladi. 

Flakonlar    5-10  ta  qo‘llash  yo‘riqnomasi  bilan  birgalikda  DSt  7376-89  ga  asosan 

gofrirlangan  karton    yoki  DSt  7933-89E  ga  ko‘ra  quti  uchun  foydalaniladigan  qutiga 

qadoqlanadi.  Qutilar  DSt  18251-87  ga  asosan  yopishtiruvchi  tasma  yoki  DSt  6309-87  ipak 

iplar  yordamida,  yoki  TSh  17-05-009-80  ga  ko‘ra  propilen  iplar  yordamida  boylanadi, 

bog‘lam  ohiriga  DSt  7625-86E  ga  ko‘ra  yorliq  qog‘ozidan  yoki  DSt  18510-87E  ga  asosan 

yozuv qog‘ozidan yasalgan yorliq yopishtiriladi. 

Guruh va transport tarasi DSt 17768-90E  talabiga javob beradi. 




288 

 

Yorliqlash.  Yorliqda  ishlab  chiqaruvchi  nomi,  uning  manzili  va  tovar  belgisi, 



preparatning  lotin,  o‘zbek  va  rus  tillaridagi  nomi,  preparatning  millilitrdagi  hajmi,  saqlash 

sharoiti,  ro‘yhatdan  o‘tish  raqami,  seriya  raqami,  yaroqlilik  muddati,  shtirx  kodi  (zarur 

bo‘lsa). 

Guruh qadog‘ida qo‘shimcha ravishda qadoq miqdori ko‘rsatilgan bo‘ladi. 

Transport tarasini yorliqlash DSt 14192-96 ga asoslanadi. 

Ilova.  Preparatni  O‘zbekiston  Respublikasi  hududidan  tashqariga  eksport  qilingan 

holatlarda yorliqlash matni importyor davlat talabi yoki shartnomaga asosan belgilanadi. 

Tashish. DSt 17768-90 ga asosan. 

Saqlash. Salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda. 

Yaroqlilik muddati. 4 yil. 

Asosiy farmakologik guruhi. Yurak qon-tomir sistemasiga ta‘sir qiluvchi vosita. 

Ilova.  Quyidagi  farmakopeya  maqolasida  keltirilgan  reaktivlar,  titrlovchi  eritmalar  va 

indikatorlar DF XI, 2-nashrning tegishli bo‘limlarida keltirilgan. 


Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   494   495   496   497   498   499   500   501   ...   731




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish