LABORATORIYA MASHG‘ULOTI № 4
Tuproq muhiti ( рН) ni aniqlash usullari
Nazariy tushuncha:
Tuproq reaksiyasining kislotali, neytral va ishqorli
bo‘lishi o‘simliklar hayotida katta rol o‘ynaydi.
Ko‘pchilik o‘simliklar, ayniqsa ekinlar tuproq eritmasi reaksiyasining ishqorli
va kislotali darjasi oshganda yaxshi o‘sa olmaydi. O‘simliklarning normal o‘sishi
uchun tuproqda reaksiya neytralga yaqin bo‘lishi kerak. Tuproq reaksiyasining
holati odatda рН belgisi bilan ifodalanadi. Vodorod (Н) ioni konsentrasiyasi
gidroksil (ОН) ioni konsentrasiyasi bilan teng bo‘lganda neytral (рН =7), undan
oshiq bo‘lganda ishqorli (рН >7), kam bo‘lganda esa kislotali (рН <7) reaksiya
deb hisoblanadi.
Tuproqning kislotali, neytral va ishqorli reaksiyasini aniqlashda ko‘pincha
o‘quv laboratoriyalarida qo‘llaniladigan eng oson metod lakmus qog‘oz yoki
universal indikatordir. Tuproq reaksiyasi lakmus qog‘oz bilan quyidagicha
aniqlanadi.
Ishning maqsadi:
Talabalar ushbu laboratoriya ishida tuproq reaksiyasini
kislotali, neytral va ishqoriyligini aniqlashni o‘rganadi.
Kerakli jihozlar va reaktivlar:
ko‘k va qizil lakmus qog‘ozlar, universal
indikator, КСl ning 7.5 % li eritmasi, chinni idish, shisha tayoqcha, shisha kolbacha,
pipetka probirka.
Ishning bajarilish tartibi:
Tuproq reaksiyasi 1-jadvalda ko‘rsatilgandek
tavsiflanadi.
Chinni idish olib, unga reaksiyasi aniqlanmoqchi bo‘lgan, maydalangan
tuproqdan 1-2 g solinadi va ustiga distillangan suv quyiladi.
Tuproq reaksiyasining xarakteristikasi
Tuproq reaksiyasi
рН
Kuchli kislotali
3.5-4.0
Kislotali
4.5-5.0
Kuchsiz kislotali
5.5-6.5
Neytral
7.0
Kuchsiz ishqorli
7.5-8.0
Ishqorli
8.0-9.0
Kuchli ishqorli
9.0
Hosil bo‘lgan bo‘tanaga ko‘k yoki qizil lakmus qog‘oz qo‘shib, shisha
tayoqcha bilan yaxshilab aralashtiriladi. 10-15 minut o‘tgandan so‘ng lakmus
qog‘oz ko‘karsa ishqorli, lakmus o‘zgarmasa tuproq reaksiyasiz neytral bo‘ladi.
Universal indikator yordami bilan aniqlash tajribasi quyidagicha o‘tkazildi.
Yaxshilab aralashtirilgan va maydalangan tuproqdan 4 g olib, shisha
kolbachaga solinadi va ustiga kaliy xlorid (КСl) ning 7.5 % li eritmasidan 10 ml
quyib 5 minut chayqatiladi. Kolbachadagi suyuqlikning ustki tiniq qismidan
ehtiyotlik bilan pipetkada 5 ml olib, toza probirkaga solinadi. Ustiga 0.3 ml maxsus
tayyorlangan indikator tomiziladi. Eritma qizil tusga kirsa, ishqorli, rangi
o‘zgarmasa neytral reaksiya ekanligini ko‘rsatadi.
Tuproq eritmasi reaksiyasining darajasi aniqlanmoqchi bo‘lganda
probirkadagi suyuqlik rangi maxsus kolorimetrdagi universal indikator tusi bilan
taqqoslab ko‘riladi.
Nazorat uchun savollar:
1. Tuproq reaksiyasi nima ?
2. Tuproq reaksiyasining nechta turi bor ?
3. Tuproq reaksiyasini aniqlashning qanday usullari bor ?
4. O‘simliklar hayotida tuproq reaksiyasining ahamiyati nimada ?
5. Tuproq reaksiyasini aniqlashda jihoz va reaktivlarni aytib bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |