Laboratoriya mashg’uloti №3 Mavzu. Filogenetik bog’lanishlarni o’rganish. Ishdan maqsad


Jabra bilan nafas oluvchilar filogeniyasi



Download 83,05 Kb.
bet6/7
Sana27.05.2023
Hajmi83,05 Kb.
#944867
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-Lab.Filog.bog\'l.

Jabra bilan nafas oluvchilar filogeniyasi. Bu kenja tipda tuban tuzilishbelgilarijabraoyog'lilarda saqlanib qolgan. Chunki ular tanasi ко‘p sonli gomonom bo‘g‘imlarga bo‘lingan; nerv sistemasi qorin nerv narvoni tipida tuzilgan; yuragi uzun naysimon; oyoqlari kalta, ikki shoxli bo‘ladi. Shunga o'xshash tuban tuzilish belgilarini bargoyoqlilar va sefalokaridlar turkumlari vakillarida ham ко‘rish mumkin. Tana bo‘g‘imlari soni jabraoy- oqlilarda 31 tagacha, bargoyoqlilarda esa 46 tagacha yetadi. Shoxdor mo‘ylovlilaming vakillarida esa 8 tagacha kamayadi.
Chig'anoqli qisqichbaqasimonlar va jag‘oyoqlilar bo‘g‘imoyoqlilar evolyutsiyasining ikkinchi yo'nalishini tashkil qiladi. Ulaming tanasi kam miqdordagi bo‘g‘imlardan (chig‘anoqlilarda - 10, jag‘oyoqlilarda - 14) iborat. Bu ikki turkum bitta umumiy polimer halqali chuvalchanglardan kelib chiqadi.
Oliy qisqichbaqasimonlar kenja sinfi filogenetik jihatdan boshqa qis­qichbaqasimonlar bilan qorindosh emas. Chunki ularda boshqa kenja sinflar vakillariga nisbatan ham soddaroq tuzilish belgilari (qorin oyo- qlarining rivojlanganligi, birlamchi bosh prototsefalonriing bo‘lishi)ni ko‘rish mumkin. Bu kenja sinfda yupqa sovutlilar eng tuban tuzilgan bo‘lib, ularning ikki juft ayirish organi - selomoduktlari (antennal va maksillyar bezlari), yettinchi qorin bo‘g‘imi saqlanib qolgan. Tengoyoq- lilar va yonlab suzarlar esa eng murakkab tuzilgan bo‘lib, ulaming bosh bo‘limiga birinchi va ikkinchi juft ko'krak bo‘g‘imlari qo‘shilib ketgan. Oliy qisqichbaqasimonlar boshqa kenja sinflardan mustaqil yo'nalishda, qisqichbaqasimonlaming eng dastlabki sodda tuzilgan ajdodlardan kelib chiqqan.
Traxeyalilar filogeniyasi. Bu kenja tipda ko'poyoqlilaming kelib chiqishi hozirgacha uzil-kesil hal qilinmagan. Ba’zi olimlaming fikricha, ko‘poyoqlilaming ayrim guruhlari bo‘g‘imoyoqlilarning alohida sinfi ari bo‘lib, ular filogenetik jihatdan o‘zaro bog'lanmagan. Boshqa olimlar esa barcha ko'poyoqlilar bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan sinfning vakil- lari deb hisoblaydi. Ko‘poyoqlilar orasida laboyoqlilar eng tuban tuzilgan bo‘lib, ulaming eng tuban vakillari tanasidagi bo‘g‘imlaming soni juda ko‘p (177 gacha), bo‘g‘imlar esa gomonom tuzilishga ega bo‘ladi. Ikki juftoyoqlilarda esa tana bo‘g‘imlarining ko‘pchiligi ikkilamchi tarzda juft- juft bo‘lib qo‘shilib ketgan.
Ko‘pchilik olimlarning fikricha hasharotlar filogenetik jihatdan ko‘poyoqlilar bilan bog'liq. Tana bo‘g‘imlarining ko‘pligi, bo‘g‘imlaming birmuncha gomonom bo‘lishi, deyarli hamma tana bo‘g‘imlarida oyog‘laming rivojlanganlik belgilari ko‘poyog‘lilami hasharotlarga nis­batan tuban tuzilganligidan dalolat beradi. Hasharotlar orasida yopiq jag‘lilar eng tuban tuzilish belgilariga ega bo‘lib, tanasi eng ko‘p bo‘g‘imdan iborat. Qorin bo'limida oyoqlaming rudimentar qoldig‘i saqlanib qolgan; qanotlari hech qachon boimaydi; o'zgarishsiz rivojla­nadi.
Shuning bilan birga og‘iz organlarining og'iz kapsulasi ichida joy- lashganligi, sanchuvchi va so‘ruvchi og‘iz organlarining rivojlanganligi ulami yaxshi ixtisoslashganligini ko'rsatadi. Shu sababli yopiq jag'lilar hasharotlaming ajdodi bo'lolmaydi; ular umumiy ajdodlardan ancha erta ajralib chiqib, mustaqil taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan guruh hisoblana- di. Ochiq jag'lilar og‘iz organlarining dastlabki holati o‘zgarmasdan saqlanib qolgan hasharotlar hisoblanadi. Lekin ular boshqa hamma bel- gilariga ко ‘ra yopiq j ag ‘ lilarga nisbatan murakkab tuzilgan. Ochiqjag'lilar orasida qiidumlilar sodda tuzilgan.
Traxeyalilarda oligomerizatsiya (bo‘g‘imlar sonming kamayishi) jaray- oni tana bo‘g‘irnlari, oyoqlar, traxeyalar va nafas teshiklari bilan bog‘liq. Agar ko'poyoqlilaming bo‘g‘imlam ko‘p bo‘lsa, bu kenja tipning murakkab tuzilgan guruhi-hariiarotlarda bo‘g'imlar soni 18-17 tadan 11-12 tagacha kamayadi.



Download 83,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish