variantlarni belgilaydi.
Savollarga qanchalik toʻgʻri va tez javob berilsa, shuncha koʻp ball beriladi.
Bu orqali qaysi talaba mustaqil va qaysi biri yonidagi kursdoshidan
koʻchirayotganini aniqlash oson. Test soʻngida umumiy natijalar ekranga
chiqariladi. Har bir talabaning u yoki bu savolga bergan javobi doimiy saqlanadi va
istalgan vaqtda har bir testing natijalarini Excel jadvali
shaklida yuklab olish
mumkin. Kahoot’ning yana bir jihati shundaki, undagi tayyor test topshiriqlaridan
foydalanib, oʻz testlaringiz sonini koʻpaytirishingiz mumkin.
Flipquiz
Bu onlayn vosita “Mening oʻyinim” («Свояигра») ga oʻxshash tartibdagi
interaktiv savollar oʻyinini tuzishga moʻljallangan.
Undan
ham individual topshiriqlar, ham guruhli oʻyinlarni tashkil qilishda
foydalanish mumkin.
Socrative
Talabalar bilan qiziqarli oʻquv mashgʻulotlari va didaktik oʻyinlar tashkil
qilishga moʻljallangan. Bu dastur ham juda sodda va foydalanish qulay.
Internet
yordamida istalgan qurilmadan kirish imkoniyati mavjud. Savollarni uch xil
koʻrinishda tuzish mumkin: bir necha javob variantlarini tanlash, toʻgʻri/notoʻgʻri
variant va qisqa yozma javob kiritish. Oʻqituvchi savollar va javoblarni kiritadi.
Savollarga rasmni biriktirish mumkin. Umumiy natijalarni
Excel jadvallari
koʻrinishida kompyuterga yuklash mumkin. Socrative’dan foydalanish sharti 2 xil:
erkin va pulli. Erkin foydalanishda talabalar soni 50 nafarga cheklangan.
Talabalar bilan chatlar tashkil etish uchun qulay vosita. Undan foydalanish
juda qulay. Uning yordamida u yoki bu mavzuda talabalar bilan muhokamalar
tashkil etish mumkin. Foydalanish uchun dastlab roʻyxatdan oʻtgach,
virtual
auditoriya yaratiladi va vaqt chegarasi belgilanadi. Bu auditoriyaning URL
havolasini talabalarga uzatib, debatni boshlash mumkin boʻladi.
Plickers
Onlayn dastur oʻqituvchilarga real vaqt rejimida talabalardan javob olish
imkonini beradi. Ularga maxsus QR-kod tushirilgan qogʻozlar tarqatiladi. Bu
kodlarning har bir tomoniga javob variantlari harflari yozilgan.
Talabalar ekran yordamida savol bilan tanishtirilgach, ulardan tegishli javob
variantni yuqoriga tutib, QR-kodni koʻrsatish talab etiladi.
Oʻqituvchi Plickers tizimi bilan sinxron ishlaydigan
telefon yordamida
kodlarni skaner qiladi va talabalardan qay biri toʻgʻri javob berishini oʻz ekranida
kuzatib turadi.
Yuqorida sanab oʻtilgan interaktiv dasturlar qatorida yana bir nechta onlayn
tizimlar
mavjud.
Bular:
Do'stlaringiz bilan baham: