6-topshiriq: Suv to’lqini effekti.
1. Yangi oyna ochish uchun Ctrl+N tugmalarini bosamiz, fayl o‘lchami 1900×1200 pxga moslaymiz va OK tugmasini bosamiz.
Orqa fonni qora rangda bo‘yab olish uchun Paint Bucket Tool (G)ni tanlaymiz va qora rangni tanlab, oynamiz ustiga bir marta sichqonchamiz chap tugmasini bosamiz.
2. Yangi layer ochish uchun Ctrl+Alt+Shift+N tugmalarini bosamiz yoki menyudan Layer > New > Layer bandini tanlaymiz. Brush (B) uskunasini tanlaymiz va sichqonchamiz o‘ng tugmasini bosib, brashlar orasidan “soft round” brushni tanlab, Master Diametrni 800pikselga moslaymiz (quyidagi rasmda ko‘rsatilganday moslaymiz).
3. Foreground color (old fon rangi)ni #007EC7ga moslaymiz va oynamiz o‘rtasiga rang berish uchun sichqonchamiz chap tugmasini bir marta bosamiz:
4. Menyudan Filter > Distort ZigZag bandini tanlab, quyidagicha moslab, OK tugmasini bosamiz:
Layers oynasidan Fillni 54%ga kamaytiramiz:
5. Rectangle Tool (U)ni tanlaymiz va uchta bir xil, taxminan quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘lgan chiziqlar chizamiz va ularni Ctrl+T tugmalarini bosib, yuqoradagi holatga keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |