MUSTAQIL IShLASh UChUN MASALALAR
1. No’xat donining sariq belgisi (A) yashil (a), silliqligi (V) burishganligi (v), gultojibargining qizilligi (S) oqligi (s) ustidan dominantlik qiladi. Qo’yidagi genotipli organizmlardan qanday gametalar olish mumkin? 1) AAVVSS; 2) AaVVSS; 3) AAVvSS; 4) AaVvSS; 5) AaVVSs; 6) Aavvss; 7) AaVvSs; 8) AavvSs.
2. Quyidagi genotipli organizmlarning fenotipini aniqlang. AaVvSs; AaVvss; Aavvss; Aavvss; aaVvSs; aaVvss; aavvSs; aavvss.
3. Quydagi genotipga ega formalarni chatishtirish natijasida hosil bo’lgan no’xatlarning fenotipini aniqlang 1) AaVvSs x aavvss, 2) AaVvSS x aaVVSs, 3) AAVVSs x AaVvSS, 4) AAvvSS x aaVvSs, 5) aavvSS x AavvSs
4. Quyidagi genotipli organizm qanday gametalar hosil qiladi ?
1) AaVvSsDd; 2) AaVvSsDdEe
5. Agar AaVvSsDd genotipga ega duragay bilan aavvssdd forma chatishtirilsa u holda: a) duragaydan necha xil gameta olish mumkin; b) ularning nechtasi 4 ta dominant; v) nechtasi 4 ta restessiv genga ega bo’ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |