Nazorat uchun savollar
1. Stenddagi ampermetr, voltmetr, taxometr va fazometr kabi
o‗lchov asboblarinung vazifasi nimadan iborat?
2. Sinxron generatorning vazifasi nimadan iborat?
3. Sinxron generatorning qanday ish rejimlarini bilasiz?
12 – VIRTUAL LABORATORIYA ISHI
Asinxron va o‘zgarmas tok motorlarining turli ish rejimlarini
tadqiqotlash
1. Ishni bajarishdan maqsad: Asinxron va o‗zgarmas tok motorlarini
ish rejimlari hamda turli xil yig‗ma sxemalarni ushbu virtual laboratoriya
stend yordamida o‗rganish va tadqiqotlashdan iborat.
2. Ishga oid nazariy tushunchalar
Virtual laboratoriya o‗z ichiga yig‗ma sxemalar, tekshiriladigan va
sinaladigan uskunalar (o‗zgaruvchan va o‗zgarmas tok motorlari,
o‗zgartgichlar, yuklash qurilmalari, kommutatsiya uskunalari, himoya
apparatlari hamda qo‗shimcha qarshiliklar), o‗lchov asboblarini oladi. Ular
yordamida elektr yuritmalarda laboratoriya tadqiqotlari o‗tkazish mumkin.
Virtual laboratoriya stendi real laboratoriya stendiga juda yaqin qilib
tayyorlangan bo‗lib, uning yordamida elektr yuritmalari kursidan
laboratoriya mashg‗ulotlariga tayyorgarlik ko‗rish hamda laboratoriyadagi
real uskunalarda laboratoriya o‗tkazishga tayyorgarlik ko‗rish mumkin.
Ishchi o‗rin ikkita stend sifatida tayyorlangan bo‗lib: birinchisi,
o‗zgaruvchan tok asinxron motorini tadqiqot qilish stendi, ikkinchisi
mustaqil qo‗zg‗atish chulg‗amli o‗zgarmas tok motorini tadqiqot qilish
stendi hisoblanadi. Tadqiqot obyekti sifatida esa o‗z navbatida, birinchi
holatda tarmoqdan to‗g‗ridan-to‗g‗ri yoxud chastota yoki kuchlanish
o‗zgartkichi orqali kuchlanish bilan ta‘minlovchi asinxron motor, ikkinchi
holatda esa tarmoqqa to‗g‗ridan-to‗g‗ri yoxud rostlanuvchan tok yoki
kuchlanish manbaiga ulangan o‗zgarmas tok mashinasi hisoblanadi.
Tadqiq etiladigan elektr motorlariga yuklama sifatida ikkala holatda
ham o‗zgarmas tok motoridan foydalanildi, bu motorlar laboratoriya
maqsadlariga qarab turli rejimda ishlashi mumkin. Masalan, ko‗tarish
mexanizmlarida yuklamani immitatsiya qilish tezlikka bog‗liq bo‗lmaydi,
bu holda yakor tok manbaiga ulanadi.
56
Virtual stend elementlar joylashtirilgan to‗rtta paneldan iborat bo‗lib,
unga foydalanuvchi kompyuter sichqonchasi yordamida ta‘sir ko‗rsatishi
mumkin. Har bir panel stendni o‗ng pastki burchagida joylashgan alohida
boshqarish tugmachasi yordamida mos holda masshtab bo‗yicha
kattalashtirilishi mumkin (38 - rasm).
38 - rasm. Virtual stendning umumiy ko‗rinishi
Stendda joylashgan tugmachalarni bosish obyekt ustiga barmoq
shaklini oluvchi ko‗rsatkichni keltirish orqali amalga oshiriladi hamda
sichqonchaning chap tugmachasi bosiladi. Klemmalarni ulash uchun
sichqoncha yordamida ulanishi lozim bo‗lgan klemma ustida ikki marta
tugmacha bosiladi. Bunda ekranda yordamchi chiziq hosil bo‗ladi, uning
oxiri ko‗rsatkichda joylashgan bo‗ladi. Ulanishi lozim bo‗lgan klemma
ustiga olib borib, sichqonchaning tugmachasini bosish bilan ulanish
amalga oshiriladi (39 - rasm).
57
39 - rasm. Ulashlarni amalga oshirish
Hosil qilingan ulanish qizil rangli egri chiziq shaklida ekranda
namoyon bo‗lib, u oldindan hosil qilingan oq rangli ulanmalardan farq
qilib turadi.
Beriladigan ta‘sir darajasini o‗zgartirish boshqarish organlari ustida
sichqonchaning chap tugmachasini bosish orqali amalga oshiriladi. Bunda
boshqarish organi ko‗rsatkichining joriy holati ko‗rsatkichni o‗ngga va
chapga siljitish orqali o‗zgartirishining imkonini beradi (40 - rasm).
.
40 - rasm. Beriladigan ta‘sirlarni boshqarish dastagi
O‗zgaruvchi qiymatlar stendda joylashgan o‗lchov asboblari
yordamida o‗lchanib ro‗yxatga olib boriladi. Bunda ba‘zi o‗lchov
asboblari ulangan holda bo‗lsa, boshqalari kerak bo‗lgan hollardagina
ulanadi. Laboratoriya ishi bajarilishi jarayonida dinamik jarayonlarni
58
tekshirish uchun ikkita kanalli ossillograf nazarda tutilgan bo‗lib, uning
yordamida tezlik, tok hamda kuchlanish kabi o‗zgaruvchan kattaliklarni
tekshirish mumkin. Bunda o‗zgaruvchan kattaliklarni tekshirish uchun
ossillograf klemmalari mos holda ko‗rsatkichli o‗lchov asboblarining
kuchli tok zanjiriga ulanadi (41- rasm).
41 - rasm. Ossillografni ulash
Stend ulangandan so‗ng turli ishchi kattaliklarni ossillograf menyusi
orqali aniqlash mumkin, buning uchun ossillografni sozlash lozim (42 -
rasm).
42 - rasm. Ossillografni ulash
Ossillografni sozlash quyidagicha amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |