18
digitalWrite
(in1, HIGH);
digitalWrite
(in2, HIGH);
digitalWrite
(in3, LOW);
digitalWrite
(in4, LOW);
delay
(dl);
digitalWrite
(in1, LOW);
digitalWrite
(in2, HIGH);
digitalWrite
(in3, HIGH);
digitalWrite
(in4, LOW);
delay
(dl);
digitalWrite
(in1, LOW);
digitalWrite
(in2, LOW);
digitalWrite
(in3, HIGH);
digitalWrite
(in4, HIGH);
delay
(dl); }
Laboratoriya ishini bajarish uchun vazifalar
1. Qadamli motor yordamida manipulyator haraktalarini yaratish va
dasturini tuzish.
2. Servo motor yordamida shlagbaum harakatini yaratish va dasturini
tuzish.
3. 3 oʻlchamli CNC stanogining qadamli motorlari dasturini tuzish.
Nazorat uchun savollar
1. Qadamli motoring ishlash prinsipini tushuntiring.
2. Sanoat robotlari va manipulyatorlarda qadamli motorning ahamiyati.
3. Servo motorni boshqarish dasturini tuzing.
19
5 - LАBОRАTОRIYA ISHI
Masofadan boshqariluvchi IQ, Bluetooth va WiFi modullari
1. Ishni bajarishdan maqsad: Elektrmexanik tizimlarni masofadan
boshqarishni oʻrganish, IQ (infraqizil nurli), Bluetooth hamda
WiFi modullarini oʻrganish.
2. Ishga oid nazariy tushunchalar:
Infraqizil (IQ), ya‘ni infrored (IR) nurlanish - bu odamning koʻziga
koʻrinmaydigan toʻlqin uzunligi 0,7 dan 2000 mikrongacha boʻlgan
elektromagnit nurlanish. Atrofimizda ushbu diapazonda nur sochadigan
juda koʻp obyekt mavjud.
8-rasm. Turli xil elektromagnit nurlanishlarning toʻlqin uzunliklari
Infraqizil nurlanish asosidagi modullar asosan robotlardan tortib aqlli
uylargacha boʻlgan turli xil elektron qurilmalar uchun toʻsiqlarni
aniqlovchi vosita sifatida ishlatiladi. Ular bir necha santimetrdan oʻnlab
santimetrgacha boʻlgan toʻsiqlarni aniqlashga imkon beradi. IQ sensori
yordamida toʻsiqqacha boʻlgan masofani aniqlab boʻlmaydi.
Sensor modulida odatda emitter (LED) va infraqizil diapazondagi
detektor (fotodiod) mavjud. Infraqizil LED muhitga infraqizil nurlanishni
tarqatadi. Qabul qilgich toʻsiqlardan tushgan nurlanishni oladi va aks
ettirilgan nurlanishning ma‘lum bir intensivligida u aniqlanadi.
Koʻrinadigan nurlanishdan himoya qilish uchun fotodiod yorugʻlik filtriga
ega (u deyarli qora koʻrinadi), u faqat infraqizil diapazonida toʻlqinlarni
20
uzatadi. Turli yuzalar IR nurlanishini turlicha aks ettiradi, shuning uchun
turli toʻsiqlar uchun javob masofasi har xil boʻladi.
9-rasm. Infraqizil moduli
Juda koʻp hollarda loyihalaringizda telefoningiz moslamalaridan
masofadan boshqarish yoki ma‘lumotlarni uzatish zarurati tugʻiladi.
Bluetooth orqali ma‘lumotlar almashishning eng keng tarqalgan
usullaridan biri.
HC-06 Bluetooth - bu telefon yoki planshet kabi turli xil qurilmalar
bilan simsiz aloqani amalga oshirish uchun ishlatiladigan modul va ikkita
Arduino moduli oʻrtasida ma‘lumot almashish uchun ishlatilishi mumkin.
Texnik xususiyatlari
Quvvat manbai: 3.3V - 6 V;
Maksimal oqim: 45 mA;
Ma‘lumotni uzatish tezligi: 1200–1382400 bod;
Ishlash chastotalari: 2.40 GHz - 2.48 GHz;
Aloqa oraligʻi: 30 m gacha;
Smartfonga ulanish uchun quyidagi ma‘lumotlar ishlatiladi:
Parol: "1234" yoki "0000";
Bod darajasi: 9600 bod;
Modul nomi: HC-06;
21
10-rasm. HC-06 Bluetooth moduli
Do'stlaringiz bilan baham: