O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
M.Mamadazimov, A.Tillaboyev, A.Muminova, B.Sattarova
ASTRONOMIYA KURSI
(Umumiy astronomiya)dan laboratoriya ishlari
(metodik qo‘llanma)
Toshkent–2015
Mualliflar:
|
|
|
|
|
|
M.Mamadazimov
|
-
|
pedagogika fanlari doktori, professor
|
|
|
|
A.Tillaboyev
|
-
|
katta o‘qituvchi
|
|
|
|
A.Muminova
|
-
|
o‘qituvchi
|
|
|
|
B.Sattarova
|
-
|
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
|
|
|
|
|
Х.Mahmudova
|
-
|
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
|
|
|
|
Ch.T.Sherdonov
|
-
|
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi Astronomiyasi Ilmiy tekshirish instituti katta ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
|
|
|
|
Metodik qo‘llanma Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Kengashining 2015 yil 19 fevraldagi 5-qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.
© Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti
LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHGA DOIR KO‘RSATMALAR
Ushbu qo‘llanmada pedagogika institutlarining fizika va matematika fakultetlarida o‘tiladigan “Astranomiya kursi (umumiy astronomiya)” dasturida ko‘rsatilgan laboratoriya ishlaridan o‘n to‘rttasi bayon qilingan. Bu ishlar ma’ruza darslarida olingan bilimlarni chuqur va mustahkam o‘zlashtirishni ta’minlashga qaratilgan. Ular yulduzlar osmonini o‘rganishda, kosmik ob’ektlarni kuzatishda kerak bo‘ladigan turli qo‘llanmalar va asboblar: astronomik haryilliklar, kalendarlar, yulduz atlaslari, xaritalar, osmon sferasi modeli, teleskop va boshqalar bilan tanishtiradi.
Har bir laboratoriya ishida, uning mazmuni, bajarish metodlari, zarur bo‘lgan adabiyotlar ko‘rsatilgan va talaba bajarish kerak bo‘lgan vazifalar belgilangan. Vazifalar bir necha punktlardan iborat.
Ko‘pchilik punktlardagi topshiriqlar to‘rtta variantda (ular qavsli raqamlar, masalan 1),2),3),4) bilan belgilangan) tuzilgan. Har bir variantdagi topshiriq to‘rtta (ikki gruppa) talaba bajarishiga mo‘ljanlangan.
Tajriba ko‘rsatishicha, bir variantni bajarayotgan talabalar o‘zaro fikr almashib, ishni ixchamroq va aniqroq bajaradilar. Laboratoriya ishlarining ko‘proq qismi ilmiy kuzatishlar asosida tuzilgan yulduz xaritalari, atlaslar, kalendarlar va spravochniklar bilan ishlashni, osmondagi yoritgichlarni mustaqil kuzatish asosida hosil qilingan xulosalar bilan taqqoslab borishni nazarda tutadi. Qo‘llanmadagi 6-ish astronomiya va geodezik kuzatishlar praktikasida aniq burchak o‘lchov asboblaridan biri – teodolitni qo‘llay bilishga bag‘ishlangan.
Ishlarda keltirilgan vazifalarni talaba to‘g‘ri bajarishi uchun ishda asos qilib olinadigan kerakli ma’lumotlarni turli qo‘llanmalardan izlab topish talab etiladi. (Kerak bo‘lgan qo‘llanma va asboblar har bir laboratoriya ishida ko‘rsatilgan).
Maktab, akademik litsey va kasb hunar kollejlari astronomiya kursidagi ma’lumotlarga talabaning e’tiborini jalb qilish maqsadida har bir ishni bajarishda kerak bo‘lgan adabiyotlar qatorida tegishli darsliklardan zarur bo‘lgan paragraflar ham ko‘rsatilgan.
Yordamchi adabiyotlarining ko‘pchiligi (astronomik har yilliklar, xaritalar, spravochniklar) rus tilida berilganligi sababli, zarur bo‘lgan joyda bu adabiyotdan foydalanish usuli tafsiflangan va kerakli ba’zi jadvallar o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
Tavsiya etilgan adabiyotlar matnda kvadrat qavs ichiga olingan raqamlar bilan belgilangan. Har bir ish 2 soatlik auditoriya mashg‘ulotiga mo‘ljallangan, faqat ayrimlarini bajarish uchungina 4 soat talab etiladi.
Talabalar o‘z variantlaridagi vazifalarni bajarish yuzasidan ishlarning oxirida ko‘rsatilganday formada hisobot beradilar.
Bajarilgan laboratoriya ishlari yuzasidan berilgan xisobot jadvallari ozoda, formulalar ixcham, hisoblashlar aniq, xulosalar mаzmunli va qisqa bo‘lishini talab etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ushbu metodik qo‘llanmani tayyorlashda G.Mursalimovaning “Umumiy astronomiyadan laboratoriya ishlari”, Ch.T.Sherdonov, I.Sattorovlarning “Astrofizikadan laboratoriya ishlari”, М.М.Дагаев “Лабораторный практикум по курсу общей астрономии” va Ch.T.Sherdonov, M.Mamadazimov, B.Sattarova, S.Il’yasovlarning “Umumiy astronomiya (kosmonavtika asoslari) kursidan amaliy mashg‘ulotlar” nomli adabiyotlaridan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |