Лаборатория ишларини бажаришга доир кўрсатмалар



Download 5,42 Mb.
bet10/45
Sana01.01.2022
Hajmi5,42 Mb.
#284266
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
Bog'liq
astronomiya labaratoriya


un = Tn - Ts, (3)

ud = Td - Ts. (4)

(2), (3), (4) tenglamalarni (1) bilan birgalikda ketma-ket yechib:
um = u0 + (Tm - T0) = u0 + , (5)
un = u0 + (Tn - T0) = u0 + nh (6)

va

ud = u0 + (Td - T0) = u0 + nh +1h. (7)


larni olamiz.

Agarda qabul qilinayotgan aniq vaqt radiosignali n soat poyasida joylashgan punktning Td dekret vaqti bo‘yicha yuborilayotgan bo‘lsa, ud soat tuzatmasini bevosita n soat poyasidagi dekret vaqtidan topa olamiz, ya’ni,

ud = Td - Ts, (8)
u holda, bor yo‘g‘i ushbu moment uchun grinvich vaqtini topishimiz yetarli:
T0 = Td – (n + 1h) (9)
va (1), (5) – (7) formulalardan, talab qilinqyotgan soat tuzatmasi hisoblanadi.

Astronomik kalendar – haryillikning, Quyosh efemeridida berib boriladigan, o‘rtacha grinvich yarim tunidagi s0 yulduz vaqtining qiymatidan foydalanib, T0 moment uchun, S0 grinvich yulduz vaqtini hisoblash va S0 yulduz vaqtiga to‘g‘ri keluvchi hamda S mahalliy yulduz vaqtiga to‘g‘ri keluvchi soat tuzatmalarini aniqlash mumkin.


us0=S0 – Ss, (10)
us=S – Ss, (11)

yoki


us= us0 + , (12)
bu yerda Ss– T0 momentdagi yulduz soatining ko‘rsatishi.

Amalda, doimo (5) va (12) formulalardan foydalanib, mahalliy, o‘rtacha va yulduz vaqtlari momentlari bo‘yicha joyning  geografik uzunlamasini aniqlash masalasini hal qilishga to‘g‘ri keladi, ya’ni bu yerda mahalliy vaqtning soat tuzatmasini aniqlashni talab qilishga bog‘liq emas.

Bu tuzatmalar turli usullar bilan topilishi mumkin. Ulardan biri 0m ,1 aniqlik beruvchi, tekshirilayotgan soat bo‘yicha yuqori kulminatsiyadagi Quyoshning Ts momentini aniqlashdan iborat. Shunday qilib haqiqiy Quyosh vaqti T=12h00m bo‘ladi, u holda  vaqt tenlamasini bilgan holda, o‘rtacha vaqt uchun quyidagilarga ega bo‘lamiz.
Tm = T+ =12h00m + ,

bu yerdan soat tuzatmasi

um =12h00m +  - Ts. (13)
bo‘ladi.

Yuqorida ko‘rib chiqilgan bu metod, osmon meridianining aniq holatini bilishni talab qiladi.

uS – yulduz soatining tuzatmasini, uning Ss ko‘rsatishiga moslab, yulduz yuqori kulminatsiyada bo‘lsa, to‘g‘ri chiqishi  ma’lum bo‘lgan yulduz uchun bevosita aniqlash mumkin. Shunda, bu paytda yulduz vaqti
S=,

u holda


uS = - Ss, (14)
bo‘ladi. Bu yerda  soat tuzatmasining qiymatini, Quyoshni kuzatishdagiga qaraganda yuqori aniqlik bilan hisoblash mumkin.

Soat tuzatmasi doimiy qolmaydi, o‘zgarib turadi, shunig uchun uni vaqti-vaqti bilan to‘g‘irlab turishga to‘g‘ri keladi. Soat tuzatmasining sutka va soat mobaynidagi o‘zgarishi mos ravishda soatning sutkalik (с) va soatlik yurishi (s) deb ataladi:


c = u2 – u1 (15)

va

s = (16)


bu yerda u2 va u1 lar, bir sutkadagi T2 va T1 vaqt daqiqalari uchun aniqlangan soat tuzatmalari.

Musbat yurishda soat asta-sekin qola boshlaydi, ya’ni uning tuzatmasi o‘sib boradi, manfiy yurishida esa – soat oldinga ketib qoladi. Har qanday vaqt daqiqasi T uchun T2 - T1 berk intervalda, soat tuzatmasi


u = u1 + s  (Ts - Ts1), (17)
bo‘ladi. Bu yerda Ts va Ts1 – T va T1 intervallar uchun soat ko‘rsatishi, Ts - Ts1 farq esa soat va uning ulushlarida ifodalanadi.

(17) formula bo‘yicha soat tuzatmasini hisoblash, sutkaning istalgan momenti uchun Ts soat ko‘rsatishi paytida aniq vaqt T ni aniqlashni talab qiladi. Agar, bordi-yu soat yurishi juda kichik va sutka davomida soat tuzatmasi olingan sanoq sistemasidagi aniqlik orasida bo‘lsa, u holda bu sutka uchun bitta soat tuzatmasidan foydalanisa ham bo‘ladi.

Amaliy astronomiyaning asosiy vazifalaridan yana biri, geografik koordinatalarni aniqlashdir. Geografik uzunlama , har doim ikki joy (punkt)ning o‘rtacha yoki yulduz vaqtlari farqi bo‘yicha (bir va o‘sha fizik moment) hisoblanadi, ulardan birining uzunlamasi aniq bo‘lishi kerak. Geografik kenglama  - esa og‘ishi  ma’lum bo‘lgan yulduzning yuqori kulminatsiya momentidagi zenit masofasi z o‘zgarishi bo‘yicha aniqlanadi. Aniqlik talab qilingan chegarada bo‘lishi kerak, refraktsiyani hisobga olish ham, olmaslik ham mumkin.


Download 5,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish