I. Ishdan maqsad:Yonilg‘i va moylash materiallaridagi qovushqoqlik nima hamda uning ahamiyatlari haqida tushinchalarga ega bo‘lish.
II.Umumiy malumotlar. Miqdor jihatdan suyuqlik qovushqoqligi bir hil bosm va harorat sharoitida shu suyuqlikka xos bo‘lgan ichki ishqalanish kattaligini ifodalaydi. YoMMlarning ko‘pgina texnik-ishlatish ko‘rsatkichlari qovushqoqlilik darajasiga bog‘liqdir. Ulardan eng muhimlari YoMMlarning truba truba bo‘ylab haydaluvchanligi: yonilg‘ilarning purkalish xususiyati va sifati: aralashma hosil qilish darajasi: moyning IYoD detallari va ish bajaruvchi yuzalariga uzatilishi: detallarning ish bajaruvchi yuzalaridan edirilish natijasida chiqqan zarrachalar va issiqlikning chiqarib yuborilishi. Shunung uchun foydalanilayotgan YoMMning qovushqoqligini albatta bilish kerak. YoMMlarning tayyorlash, saqlash, tashish va ulardan foydalanish jarayonida ularning qovushqoqligi muntazam ravishda tekshirib turilishi zarur. Xalqaro SI birliklar tizimida dinamik qovushqoqlik (Ns/m2) N – Nyunon, s – sekunt, bilan o‘lchanadi.
Mutloq yoki haqiqiy (dinamik, knematik) va shrtli qovushqoqlik tushunchalari mavjud bo‘lib, YoMMning qovushqoqlik kattaligi ko‘p hollarda dinamik va knematik qovushqoqlik birliklarida ifodalanadi. Dinamik qovushqoqlikning o‘lchov birligi Puaza (belgilanishi: xalqaro P), knematik qovushqoqlikning o‘lchov birligi Stoks (belgilanishi St).
3-rasm. Turli masalalarga mo‘ljanlangan shisha kapilyarli viskozimetr
Qovushqoqligi turlicha YoMM uchun kapilyarli VPJ-1 universal viskozimetr,
б) kapilyarli Volorovich viskozimetri. в) qovushqoqligi past YoMM uchun kapelyarli Pinkeyvich viskozimetri
Ularning ishlash prinsplari bir xil bo‘lib, ba’zi konstruktiv elementlaridagi farqli tadqiq etilayotgan suyuqliklar o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan qovushqoqlik ko‘rsatkichlari va shaffofligini hisobga olgan holda o‘lchov davrida maksimal qulaylikni ta’minlayda.
Viskozimetrlar tasviridagi belgilar quyidagilarni ifodalaydi:
1 - o‘lchov sig‘imlari
2 - viskozimetr kapillyari:
3 - tajriba o‘tkazishda o‘lchov sig‘imidan suyuqlik oqib tushadigan sig‘m.
4 – viskozimetrning yordamchi kanallari va sig‘imlari
5 – o‘lchov sug‘imi ostidagi kengaygan joy, 2/3 qismgacha to‘ldiriladi.
4 – rasm YoMMning qovushqoqligini VPJ-2 viskozimetri yordamida o‘lchash qurilmasi.
III.Kerakli jihozlar: 1.Turli masalalarga mo‘ljanlangan shisha kapilyarli viskozimetr.
2.Qovushqoqligi aniqlanishi kerak bo‘lgan neft maxsulotlari.
3.Termometr.
4.Shisha idish.
5. Rezina shlang.
6. Ko‘rgazmali vositalar.
7. Uslubiy ko‘rsatma.
IV.Ishning bajarilish tartibi: 1.Knematik qovushqoqlikni kapilyarli viskozimetrlari yordamida aniqlash.
2.Aniqlanishi kerak bo‘lgan neft maxsuloti.
3.Eng keng tarqalgan viskozimetr konstruksiyalarining tuzilishini o‘rganish (3-rasmda ko‘rsatilgan).
VI. Laboratoriya ishi bo‘yicha hisobot: Laboratoriya qurilmasining konstruksiyasi va uning ishlash prinsplarining ta’siri.
O‘lchov va hisoblash natijalari, grafiklar tuzish.
Tatqiqot olib borilgan YoMMning sifati haqida hulasa.