6-LABORATORIYA ISHI
VERTIKAL QUVURNING ERKIN KONVEKSIYA SHAROITIDA ISSIQLIK BERISHINI ANIQLASH.
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
ISHNING MAQSADI: Tajriba orqali vertikal quvurning erkin konveksiya sharoitida issiqlik berishini aniqlash.
Konvektiv issiqlik berish nazariyasining asosiy vazifasi oqim yuvib o’tadigan qattiq jism sirti orqali o’tuvchi issiqlik miqdorini aniqlashdir. Issiqlikning yakuniy oqimi doimo temperaturaning pasayishi tomoniga yo’nalgan bo’ladi.
Erkin xarakatlanishda issiqlik almashinuv jarayoni ko’pchilik issiqlik qurilmalarida kuzatiladi. 6-rasmda xavoning qizigan vertikal quvur atrofida xarakatlanish sxemasi ko’rsatilgan. Quvurning pastki qismida issiqlik tashuvchining quvur sirtiga bevosita tegib turgan yupqa qatlami kichikroq tezlik bilan yuqoriga ko’tarilib, laminar oqim xosil bo’ladi.
SHundan keyin xarakatlanish davomida issiqlik tashuvchining zarralarini ilashtirib ketishi xisobiga xarakatlantiruvchi qatlam qalinligi asta-sekin ortib boradi. Bunda tezlik ortadi, laminar oqim rejimi buziladi, lekin xali turbulent oqim rejimiga o’tmagan bo’ladi.
Bunday oqim rejimi oraliq (gajaksimon) rejim deyiladi. Oraliq oqim barqaror bo’lmaydi, quvurning yuqori qismining xammasida oqish rejimi turbulent bo’ladi.
2. TAJRIBA QURILMASINING TUZILISHI VA ISHLASHI
6-rasm. Tajriba qurilmasining sxemasi.
1–quvur; 2– avtotransformator; 3– vattmetr; 4–potensiometr; 5–termopara;
Vertikal joylashgan po’lat (1) quvurlar ichida elektrisitgich joylashgan. Quvurlardagi temperatura termopara (5) yordamida aniqlanadi.
Elektrisitgichni quvvati vattmetr (3) yordamida o’lchanib, avtotransformator (2) orqali boshqariladi.
3. ISHNING BAJARISH TARTIBI
Tajriba qurilmasini ishlashi bilan tanishib chiqilgandan so’ng, kuzatishlarni qayd etish uchun jadval tayyorlab qo’yiladi.
Elektr isitgich tokka ulanib, avtotransformator orqali quvvatini W=100Vt ga sozlanadi.
Tajriba temperatura barqarorlashgandan so’ng (40-50 min) boshlanadi.
Tajriba W=150-200 Vt uchun takrorlanadi. Quvurdan konveksiya tufayli berilayotgan issiqlik miqdori quyidagi tenglikdan aniqlanadi:
Qk=Q – Qn (1)
Bu erda: Q=W – trubadan atrof-muxitga konveksiya va nurlanish yo’li
bilan berilayotgan issiqlik miqdori.
Quvurdan nurlanish vositasida tarqalayotgan issiqlik miqdori quyidagiga teng.
(2)
Po’lat truba uchun
Latun uchun
Issiqlik berish koeffisienti:
(3)
Issiqlik oqimining zichligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(4)
4. XISOBOTNING MAZMUNI
Laboratoriya ishining nomi
Qisqacha nazariy ma’lumot
Tajriba yakunlari
Ishning yakuni bo’yicha xulosa
Nazorat savollari:
1. Nьyuton – Rixman qonuni.
2. O’xshashlik nazariyasi.
3. Kriterial tenglamalar.
4. O’xshash sonlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |