1-LABORATORIYA IShI.
MAVZU: MA’LUMOTLARNING YARIMSTATIK TUZILMASI
Ishning maqsadi: Steklarni o’rganish va tadqiq etish.
Masalaning qo’yilishi: Stekni tashkillashtirish va uning ustida amallar bajarishga doir dastur yaratish.
Ishni bajarish tartibi:
Laboratoriya ishining tavsifini o’rganish;
O’qituvchi tomonidan berilgan topshiriq asosida masalaning yechimi uchun algoritm va dasturni yozish;
Paskal yoki C++ tillarida dastur tuzish;
Dasturni otladka qilish;
Natijalarni tahlil qilish;
Hisobotni rasmiylashtirish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Navbat tushunchasi kundalik turmushdan hammaga ma’lum. Navbatning elementlari xizmat ko’rsatishning biron turi bo’yicha berilayotgan buyurtmalardan iborat bo’ladi. Kerakli summaga do’kon kassasidan chekni olish, ma’lumotlar byurosidan kerakli ma’lumotni olish, avtomatlashgan tarmoqlardagi stanoklar orqali detallarni qayta ishlashda navbatli amallarni bajarish va hakozo jarayonlarni xizmat ko’rsatish turlari sifatida qarash mumkin.
Dasturlashda navbat deb ataluvchi ma’lumotlar tuzilmasi ishlatiladi. Bu ma’lumotlar tuzilmasi real navbatni modellashtirishga xizmat qiladi.
Navbat yarimstatik tuzilma bo’lib, vaqt davomida uning uzunligi hamda uni tashkil etuvchi elementlari tarkibi o’zgarishi mumkin.
Navbatlarni tashkil etuvchi elementlar ustida bajariladigan amallar ikki xil bo’ladi:
1. Buyurtma bo’yicha navbatga kiritiladigan va undan chiqariladigan elementni qayta ishlash oldin kelgan oldin ketadi tamoyiliga tayanadi. Bu tamoyil FIFO (First input-First output, birinchi keldi, birinchi ketadi) deb ataladi. Navbat ikki tomondan ochiq tuzilma hisoblanadi (2.1.1-rasm).
2.1.1-rasm. Navbat tuzilmasining umumiy ko’rinishi
2. Ikkinchi tamoyil LIFO (Last input - First output, ya’ni oxiri kelgan – oldin ketadi) deb nomlanadi. Bu tamoyil asosida navbat elementlarini qayta ishlash unga eng oxirida kiritilgan elementdan boshlanadi (2.1.2-rasm). Dasturlashda navbatning bu ko’rinishi STEK (magazin) deb atalib, u juda ko’p qo’llaniladigan tuzilmalardan biridir.
Stekning xususiyati shundan iboratki, elementlarni kiritish va chiqarib tashlashni faqat tuzilmaning bir tomonidan – stek cho’qqisidan amalga oshirish mumkin bo’ladi. Shuning uchun steka oxirida kiritilgan element birinchi bo’lib o’qiladi yoki tanlanadi.
2.1.2-rasm. Stek tuzilmasining umumiy ko’rinishi
Do'stlaringiz bilan baham: |