Mustaqil ishlash uchun laboratoriya ishi topshiriqlari
1. Ta’mirlash ustaxonasida N ta mashina bor. Ular to’g’risida quyidagi ma’lumotlarga egamiz: raqami, markasi, egasini ismi, oxirgi marta ta’mirlanganligi sanasi (kuni, oyi, yili), ta’mirdan chiqishi lozim bo’lgan sana (kun, oy, yil). To’g’ridan-to’g’ri qo’yish usulida saralash algoritmidan foydalanib quyidagilarni bajaring
1.1. Mashina egalarini ismlari bo’yicha alifbo tartibida joylashtiring va ularning mashinalari haqidagi ma’lumotlar chiqaring.
1.2. Avtomobillarni ta’mirlanish tartibi ishlab chiqilsin. Bu yerda ta’mir tugashi sanasi qaysi avtomobil uchun ertaroq bo’lsa shunga birinchi navabatda xizmat ko’rsatiladi.
1.3. "Damas" markasidagi mashinalarni oldingi ta’mir sanasi bo’yicha kamayish tartibida joylashtiring.
1.4. Oldingi ta’mir qilinganlar soni 2 ga teng bo’lgan mashinalar raqami bo’yicha kamayish tartibida joylashtirilsin.
1.5. Oldin ta’mir qilinmagan mashinalarni ta’mirdan chiqish sanasi bo’yicha o’sish tartibida joylashtiring.
1.6. "Neksiya" markali mashina egalarini alifbo bo’yicha teskari tartibda joylashtiring.
1.7. Boshqalaridan oldinroq ta’mirlanadigan mashinalarni ularni markasi bo’yicha alifbo tartibida joylashtiring (ta’mir tugatilishi sanasi 31.12.2012 dan erta).
1.8. "Matiz" markasidagi mashinalarni raqamlari bo’yicha o’sish tartibida joylashtiring.
1.9. O’tgan yildan beri ta’mirlanmagan mashinalarni ularning egalari ismlari bo’yicha alifbo tartibida joylashtiring.
1.10. Keyingi oyda ta’mirlanishi lozim bo’lgan mashinalarni oxirgi marta ta’mirlanganlik sanasi bo’yicha o’sish tartibida keltiring.
2. N ta talabadan iborat guruh tuzilsin. Quyidagi ma’lumotlar berilgan: familiya, ism, tug’ilgan yili, fanlar bo’yicha bahosi (ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar, oliy matematika, fizika, dasturlash texnologiyalari fanlaridan), fanlardan yakuniy nazoratbo’yicha umumiy ball. To’g’ri-to’g’ridan tanlash usulidan foydalanib, saralashni amalga oshirish dasturini ishlab chiqing:
2.1. Talabalar familiyalarini alifbo tartibida.
2.2. Talabalar familiyalarini alifbo bo’yicha teskari tartibda.
2.3. Talabalarni yoshi bo’yicha o’sish (kamayish) tartibda.
2.4. Talabalarni yakuniy nazoratlar umumiy bali bo’yicha o’sish (kamayish) tartibida.
2.5. Talabalarni bitta fandan o’zlashtirish darajasi bo’yicha o’sish (kamayish) tartibida.
2.6. Talabalarni ikkita fanning o’rtacha balli bo’yicha o’sish (kamayish) tartibida.
3. 2- va 3-masalalar yechimi uchun qo’llanilgan algoritmlarning boshqa algoritmlar bilan samaradorligini taqqoslang.
4. 2- va 3-masalalar yechimlari uchun pufakcha usulida va tezkor saralash algoritmlarini qo’llab dastur tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |