Ob’yektlarning geografik koordinatalarini aniqlash va ma’lum koordinatalar bo‘yicha ob’yektlarni kartaga tushirish.
Kartadagi nuqtaning geografik koordinatalari unga yaqin bo‘lgan kengligi va uzoqligi ma’lum bo‘lgan parallel va meridianlar orqali aniqlaniladi. Topografik karta ramkasi minutlarga bo‘lingan, minutlar ham 10 sekunddan bo‘laklarga bo‘lingan. Ramkaning ikkala yon tomonlarida kengliklar, shimoliy va janubiy tomonlarida esa uzoqliklar ifodalangan.
1.6-rasm. Karta bo‘yicha nuqta (A nuqta)ning geografik koordinatalarini aniqlash va geografik koordinatalar bo‘yicha nuqta (B nuqta)ni kartaga tushirish.
Kartaning minutlik ramkasidan foydalanib quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |