KIRISH
Umumiy kimyoviy texnologiya laboratoriya mashg`utotlarida talabalarning ma`ruza darslarida olgan bilimlari mustahkamlanadi va kengaytiriladi. Kamyoviy texnologiya kursi bo'yicha laboratoriya mashg`ulotlarnini o'tgan talabalar model qurilmalarda kimyoviy texnologik jarayonlarni o'rganadilar, natijada jarayon parametrlarini boshlang`ich moddalarning konversiyasi, unumi, aylanish tezligi, sarf bo`lish koefitsientlari) uning ko'rsatkichlariga ta'sir qilishi xaqidagi ma`lumotlarni oladilar, jarayonning optimal parametrlarini aniqlaydilar.
Laboratoriya ishlarini bajarishlaridan avval talabalar laboratoriya mavzusi bo'yicha nazariy ma'lumotlar, tajriba uskunalarining sxemasi, laboratoriyada ishlashning texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishadilar.
O`qituvchi bilan suhbatlashgandan keyin talaba uskunada ishlash uchun ruxsat oladi, ishning tajriba qismini bajaradi, olingan natijalarma qayta ishlaydi va tahlil qiladi, jarayonning kerakli ko`rsatkichlarini hoblaydi.
Laboratoriya mashg'ulotini natijalari ish daftariga yozib boriladi. Talabalar har bir laboratoriya ishining nazariy qismini o`zlashtirgani, laboratoriya uskunalarida ishlay olishi, natijalarni tahlil qilishiga va laboratoriya ishi natijalari asosida qilingan xulosalariga qarab baholanadi. Daftarning birinchi betida nazorat varog' bo'lib, har bir laboratoriya ishi uchun talaba toplagan ball qayd etib boriladi va o`qituvchi bilan laborantning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Laboratoriya ishi qoidalari
Laboratoriyalarda kimyoviy moddalar qo'llaniladigan ishlar olib boriladi, ular inson organizmi uchun xavfli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ulardan ba'zilari havo kislorodi bilan birgalikda portlovchi birikmalar hosil qilishi mumkin. Yuqori xaroratlardan foydalangan vaqtda kimyoviy moddalarning yonuvchanligi va zaxarli xususiyatlari paydo bo'ladi. Laboratoriyada turli xildagi elektr asboblar va jixozlar ishlatiladi, ulardan noto'g'ri foydalanish jaroxatlar olishga sabab bo'lishi mumkin.
Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari:
Qurilmalarda ishlashdan avval talaba texnika xavfsizligi va ishda foydalaniladigan moddalar bilan ishlash qoidalari bo'yicha instruktaj o'tishi, o'qituvchidan ishlash uchun ruxsat olishi lozim.
Laboratoriyaga talabalar oq xalat kiyib, talaba qizlar sochlarini yig'gan holatda kirishlari mumkin. Laboratoriyada talaba intizomga qat'iy rioya qilishi, ish joylarini toza tutishi va ish stolida begona narsalar bo'lmasligi lozim.
Laboratoriya ishlarini bajarish vaqtida nazorat asboblari va jixozlarining ishi kuzatib boriladi. Laboratoriya ishini bajarish vaqtida ish joyidan uzoqlashish, unga orqa o'girish man etiladi.
4. Laboratoriya ishlarini bajaish vaqtida talaba extoyot bo'lishi kerak. Qurilmalarning isitiladigan joylarini ushlab ko'rish, ochiq alangadan foydalanish man etiladi.
5. Laboratoriya xonasida ovqatlanish va suv ichish, ayniqsa kimyoviy idishlarga oziq-ovqat maxsulotlarini solish qat'iyan man etiladi.
6. Laboratoriya stollarida, shkaflarida, mo'rili shkaf ostida turgan moddalarni teriga ta'sirini bilmayturib ochiq qo'l bilan tegish man etiladi.
Laboratoriyada ishlash qoidalariga rioya qilmagan talabalar tajriba bajarishga qo'yilmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |