Ishni bajarish tartibi
Kationitni regeneratsiya qilish va uni H+ ionlari bilan to`yintirish uchun kolonkadan 500 ml 0,1 n li vodorod xlorid eritmasi o`tkaziladi.
Eritmani o`tkazish tezligi shunday bo`lishi kerakki, suyuqlik kolonkadan 25-30 minut ichida oqib o`tishi kerak. Keyin kationitni vodorod suvda xlor ionlari qolmaguncha qadar yuvish davom ettiriladi ( kunush nitrat eritmasi bilan tekshiriladi). Odatda 700-1000sm3 distillangan suv sarf bo`ladi.
Kation yuvilganidan keyin kolonkadan 220-250 sm3 miqdorda 30-40 minut davomida yumshatilishi kerak bo`lgan suv o`tkaziladi.
Suvni o`tkazish tezligi (5) va (4) jo`mraklar yordamida boshqarib turiladi. Boshlang`ich va yumshatilgan suv karbonatli va umumiy qattiqligi tekshiriladi.
Umumiy qattiqlik kompleksonometrik usulda trilon-B eritmasi bilan kompleks hosil qilib bog`lanishga asoslangan.
N-CH2-CH2-N =
Analizlarni bajarish uchun 250 ml sig`imli kolbaga 100 ml o`rganilishi kerak bo`lgan suv solinadi, ustiga 5 ml ammiak buffer eritmasi, 6-7 tomchi qora xromogen indikotori eritmasi solinadi va 0,1 n trilon B eritmasi bilan pushti rang kulrang - ko`k tusga kirguncha titrlanadi. Ko`kish kulrang rangning paydo bo`lishi eritma kaltsiy va magniy ionlarining yo`qligidan darak beradi, ya`ni ularni trilon-B bilan bog`lanishini ko`rsatadi.
Karbonatli qattiqlik metiloranj indikotori ishtirokida 0,1 n li xlorid kislota bilan titrlab aniqlanadi.
250 ml sig`imli konik ko`lbaga 100 ml analiz qilinishi kerak bo`lgan suv solinadi, ustiga 4-5 tomchi metilaranj indikotori tomiziladi va 0,1 n li xlorid kislota eritmasi bilan sariq rang och qizg`ishga o`tguniga qadar titrlanadi.
Tajriba natijalarini qayta ishlash
Suvning umumiy qattiqligi quyidagi formuladan topiladi:
Bunda:
Qu- suvning umumiy qattiqligi (mekv/dm3),
V1-0,1 n trilon-B eritmasining suv namunasini titrlashga ketgan hajmi (sm3);
N-TRILON-B eritmasining normalligi (ekv/dm3);
V-o`rganilayotgan suv namunasining hajmi (sm3)
Suvning karbonatli qattiqligi quyidagi formuladan topiladi:
Bunda:
Qk –suvning karbonatli qattiqligi (mekv/dm3)
V1-suv namunasini titrlash uchun sarf bo`lgan 0,1 n xlorid kislota hajmi (sm3),
N –xlorid kislota bormalligi (ekv/dm3)
V-o`rganilayotgan suv namunasining hajmi (sm3)
Suvning nokarbonatli qattiqligi quyidagi farqdan topiladi:
Qnk=Qu-Qk
Analiz natijalaridan suvning ionalmashinish usulida yumshash samaradorligi, yoki yumshash darajasi hisoblab topiladi:
Bunda:
𝜂-suvning yumshash darjasi (birlik ulushida),
- yumshagan suvning umumiy qattiqligi (mekv/dm3)
- boshlang`ich suvning umumiy qattiqligi (mekv/dm3)
Do'stlaringiz bilan baham: |