nCH2O+(n+1)C6H5OH H[C6H3(OH)CH2]n+C6H4OH+nH2O
Bunda n 4-8. Reakrsiyaning muvozabat konstantasi katta axamiyatga ega. reaktsiya smola hosil bo`lish tomonga boradi. Reaktsiya vaqtida ajralib chiqqan suv jarayonning muvozanatiga va tezligiga katta ta`sir ko`rsatmaydi, reaktsiya yo`nalishi belgilab beradigan omillar xarorat, jarayonning davomiyligi, katalizatorning tabiati va niqdori kiradi.
Fenol –formaldegid amolalari olinishi – bu gomogen katalitik jarayon (boshlang`ich moddalar va katalizator suyuq fazada), lekin jarayon natijasida ikkita aralashmaydigan suyuqliklardan iborat C-C geterogen sistema hosil bo`ladi.
Novolok smolada molekulalar chiziqli tuzilishga ega.
Fenolni dormaldegidga nisbatan molyar nisbati qanchalik kichik bo`lsa,olingan smolaning molekulyar massasi shuncha katta bo`ladi. Polikondensatlanish jarayoni davomiyligining ortishi fenolni formaldegid bilan to`liq bog`lanishiga yordam beradi, natijada oxirgi maxsulotlarning o`rtacha molekulyar massasi ortib boradi.
Novolok smolasini qattiq suyuqlanmaydigan va erimaydigan xolatga o`tishi uchun, uni avval qizdirib turib paraformaldegid yoki geksametilentetramin (urotropin) bilan ishlov berish lozim.
Formaldegid ko`p miqdorda olingan vaqtda (6 mol fenol 7 mol formaldegid) ishqoriy katalizatorlar ishtirokida termoreaktiv smolalar, ya`ni rezollar hosil bo`ladi. Bunda 1 mol reaktsiyaga kirishgan fenol bilan 1,5 mol formaldegid bog`lanishi mumkin. Polikondensatlanish reaktsiyalari natijasida uch o'lchamli molekulalar. Lekin fenol va formaldegidning ta'sirlashishi bosqichma-bosqich boradi, jarayon bosqichlarida iurli birikmalar hosil bo'ladi.
Qotish darajasiga qarab rezol smolalarning uchta xolati: rezol,rezitol, rezit mavjud.
Rezol (bakelit A)-qizdirganda suyuqlanadigan, spirtda yoki atsetonda eriydigan va chiziqli tuzilishga ega bo'lgan yuqori molekulyar maxsulotlarning aralashmasidan iborat.
Rezol 90°C gacha qizdirilganda yoki uzuq vaqt saqlangan vaqtda tarmoqlangan tuzilishga ega bo'lgan rezitolga o'tadi (bakelit B). U spirtda yoki atsetonda, yaxshi bo`kadi va qisman eriydi, qizdirilganda suyuqlanmaydi, yumshaydi, elastik xolatga o'tadi, qaynash xarorati 100°Cdan yuqori bo'lgan erituvchilarda to'liq erishi mumkin (tsiklogeksan, dioksan, krezol).
Rezit (bakelit Chenol va formaldegid polikondensatlanishning oxirgi bosqichi.U tayyor maxsulotlarni ishlab chiqarish vaqtida amalga oshiriladi (100°Cdan yuqori xaroratda) Rezit qizdirilgan vaqida yumshamaydi va erituvchilarda bo'kmaydi. Qotish jarayoni chiziqli uzun zanjirlarning ko'ndalang bog'lar bilan bog'lanishidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |