Ishni bajarish tartibi: Alangalanish xarorati ochiq turdagi asboblarda olib boriladi, chunki aniqlash vaqtida neft maxsulotlarini yuzasiga havo tegib turishi kerak.
Chaqnash xaroratini aniqlash uchun mo`ljallangan asbobning ikki xili mavjud: yopiq va ochiq tegilli. Yopiq turdagi tigellarda chaqnash xarorati ochiq turdagi asboblarga qaraganda 20-30 0C ga pastroq bo`ladi.
Chaqnash xaroratini aniqlash uchun PVN tipidagi yopiq asbobdan foydalaniladi. Asbobning tashqi tomonidan metall g`ilof mavjud 1, u cho`yon hammomni 2 o`rab olgan. Cho`yan hammomga neft maxsulotlarini solish uchun idish 3 o`rnatilgan. Idishning tepa qismi qopqoq bilan berkitilgan, qopqoq orqali termometr 4, aralashtirgich 5 va yondirish lampochkasi 6 o`tadi.
Neft maxsulotlari 3 idishga belgigacha quyiladi va cho`yan hammomga joylashtiriladi, qopqog`i yopiladi, termometr joylashtiriladi va qizdiriladi. Bunda neft maxsulotlari aralashtirib turilishi shart. Agar chaqnash xarorati 1500C dan baland bo`lsa, uning xarorati 1 minutiga 10-200C tezlikda ortishi lozim. Agar chaqnash xarorati 1500C dan past bo`lsa, uning xarorati 1 minutga 6-80Ctezlik bilan ortishi lozim.
Kutilayotgan chaqnash xaroratiga 25-300C qolgan vaqtda qizdirish pasaytiriladi. Xarorat 1 minutga 20C tezlik bilan ortishi lozim.
Bir vaqtning o`zida alangalanishga tajriba o`tkazish mumkin. Shu maqsadda aralashtirish to`xtatilib, ushlagich 7 buriladi. U yondirish lampochkasini neft maxsulotining yuzasiga yaqin keltiriladi. Lampochka neft maxsuloti bug`larida 2 soniyadan ortiq turmasligi lozim. Bu tajriba xarorat har 20C ga ko`tarilgan vaqtda takroran bajariladi. Birinchi chaqnash kuzatilgandan keyin xarorat 20C ga ko`tariladi va qaytadan yondiriladi. Agar neft maxsulotini bug`lari alangalanmasa, qizdirish to`xtatiladi, neft maxsuloti sovutilib, tajriba qaytadan bajariladi. Ikkita o`lchashlar orasidagi farq 20C dan oshmasligi kerak.
Ochiq asbobda chaqnash xaroratini o`lchash uchun qumli hammomga 2 joylashtirilgan temir tigel 1ishlatiladi. Tigel bilan idish o`rtasidagi 8 mm qalinlikda qum solinadi. Qumli hammomdagi qumning sathi tigeldagi suyuqlik sathi bilan bir xil bo`lishi lozim. Qumli hammom shtativ xalqasiga joylashtiriladi; termometr 40-45 mm chuqurlikda suyuqlikka joylashtiriladi. Agar neft maxsulotini chaqnash harorati 2100Cdan past bo`lsa, suyuqlik sath tigel chetidan 12 mm masofada bo`lishi kerak; agar 2100Cga teng yoki baland bo`lsa, 18 mm masofada bo`ladi. Tigel chetiga nisbatan suyuqlik sathini aniqlash uchun ingichka chizg`ichdan yoki maxsus shablondan foydalanish mumkin.
Chaqnash xaroratini aniqlash uchun qumli hammom qizdiriladi, termometr ko`rsatkichii kuzatilib turladi. Neft maxsulotini xaroratini boshida 1 minutda 100Cga ko`tarish mumkin, xarorat 400Cdan keyin chaqnash xaroratigacha -1 minutiga 40C tezlikda oshirish mumkin. Chaqnash xaroratiga 100C qolgan vaqtda qizdirish yana sekinlashtiriladi va har 20Cdan keyin tigel chetida alanga yordamida yondiriladi. Bunda ikki marta aylantirish kerak bo`ladi: birinchi marta-soat strelkasi bo`ylab, ikkinchi –teskari yo`nalish bo`ylab.gorelka alangasi neft maxsulotlarini yuzasini qizdirganligi sababli, uning uzunligi 3-4 mm bo`lishi kerak, tajriba davomiyligi 2 soniyadan oshmasligi lozim.
12-Rasm. Chaqnash va langalanish xaroratini aniqlash uchun asbob.
Garelka 2. Qum 3. Dastak 4. Termometr 5. Shtativ 6. Temir tegel
Maxsulot yuzasida alanga paydo bo`lishidan ldin, ozgina ovoz bilan qayd etilgan xarorat chaqnash xarorati deyiladi.
Chaqnash xarorati 1500C dan katta bo`lgan maxsulotlar uchun aniqlangan belgilar 60Cdan katta bo`lmasligi kerak, chaqnash xarorati 1500Cdan past bo`lsa, 40C atrofida bo`ladi. Alangalanish xaroratini aniqlash uchun maxsulot 1 daqiqada 40C tezlik bilan qizdiriladi va har 20Cdan keyin gorelka alangasi suyuqlik yuzasiga olib keladi. Alangalanish xarorati deb maxsulot alangalanib, 5 soniya davomida yonishda davom etgan xarorat olinadi. Ikkita aniqlanish o`rtasidagi farq 60Cdan katta bo`lmasligi kerak. Aks holda tajriba takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |