Laboratoriya ishi qoidalari



Download 2,14 Mb.
bet13/41
Sana25.02.2022
Hajmi2,14 Mb.
#461764
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Bog'liq
Ishni bajarish tartibi (4)

Reaktivlar: Silvinit yoki natriy va kaliy xlorid tuzlaridan tayyorlangan aralashma.
Jihozlar:Silvinitni ajratish uchun qurilma issiqqa chidamli filtrlash voronkasi.
Ishni bajarish tartibi: ishni bajarish uchun 50gr silvinit yoki natriy va kaliy xloridlarining aralashmasi olinadi 12,5 % KCl va 18,5 NaCl tutgan 150 gr eritma tayyorlanadi. Tuzlar aralashmasi 250ml hajmli aralashtirgich va termometr bilan taminlangan termik barqaror stakanga solinadi va elektr plitada qaynagunga qadar qizdiriladi. So`ng eritma cho`kmadan filtr yordamida tez ajratib olinadi. Filtrda qolgan cho`kma yana stakamga solinadi, filtrat esa xona haroratigacha sovutiladi, tushgan kaliy xlorid cho`kmasi filtrlab operatsiya 2-3 marta takrorlanadi, filtratdan tushgan cho`kma quritiladi, tarozida tortib olinadi va tarkibidagi kaliy xlorid miqdori aniqlanadi.
Kaliy xlorid massasi aniqlash uchun perxlorat, tetrafenilborat, kobalnitrit, dipikrilaminlardan foydalansa bo`ladi. Usulni tanlash laboratoriyada bor reaktivlarga bog`liq.

Misol tariqasida kaliy miqdorini suvda erimaydigan tetrafenilboratga o`tkazish usulidan foydalanishni ko`ramiz.
5g namuna stakanga solinadi, ustiga 300 ml distillangan suv, 3 ml konsentrlangan sulfat kislota solinadi, asta eritiladi va 30 minut davomida qaynatiladi. Sovutilgan eritmadan tushgan cho`kma 500 ml sig`imli kolbaga filtrlab olinadi, filtrdagi cho`kma xlor ionlari yo`qolgunigacha yuviladi, eritma hajmi kolba belgisigacha yetkaziladi va aralashtiriladi. Pipetka yordamida 10 ml eritma olinadi va 100 ml sig`imli kolbaga solinadi, ustiga 25 ml distillangan suv, 1-2 tomchi metiloranj, 3 ml gacha sirka kislotasi eritmasi (10%) rang yo`qolguncha solinadi. Hosil bo`lgan eritma solingan stakan suv hammomida 317 Kda qizdiriladi va aralashtirib turgan holda ustiga 8-10 ml 0,1 mol/l Na[(C6H5)4B] eritmasi yoki kaliy tetrafenilborat solinadi. Stakan suv hammomida yana 5-10 minut ushlanadi, xona xaroratigacha sovutiladi,cho`kma filtrlab olinadi, 4-5 marta eritma bilan, 3 marta suv bilan yuviladi. Yuvuvchi eritmalarning hajmi 50-60 ml. (yuvuvchi eritma -100 ml 1% sirka kislotasi va 3,4 ml 0,1 mol/l li natriy tetrafenilborat eritmasi aralashmasi). Cho`kmali filtr quritish shkafida doimiy massagacha 393 K da quritladi va tarozida tortib olinadi.
Kaliy xloridni massa ulushi quyidagi formuladan aniqlanadi:

Bunda:
m-kaliytetrafenilborat quritilgan cho`kmasining massasi, g: m1-analiz qilinadigan namunaning massasi, g; 0,208 –hisoblash koeffitsenti (1g kaliy tetrafenilboratga to`g`ri keladigan kaliy xlorid massasi); x1 –analiz qilinadigan namunadagi namlik miqdori.

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish