Monosaxaridlar tarkibida aldegid ( ) yoki keton (=C=O) gruppasi bo‘lishiga qarab aldozalar va ketozalarga bo‘linadi. Ularning umumiy formulasi quyidagicha ifodalanadi.
Monosaxaridlarning umumiy xossalari suvda yaxshi, suyultirilgan spirtda qisman eriydigan kristall moddalardir. Monosaxaridlar metall oksidlari kabi kuchsiz oksidlovchilar bilan oksidlanganda ularning karbonil gruppasi, karboksil gruppaga aylanadi. Masalan; glyukozadgi aldegid gruppani oksidlanishi hisobiga glyukon yoki glyukonat kislotaga aylanadi. Nitrat kislotada ham glyukozaning 1-chi va 6-chi uglerodi oksidlanib, ikki asosli qand kislota hosil bo‘ladi.
Galaktozadan nitrat kislota ta’sirida qand kislotaning izomeri shilimshiq kilota olinadi. Ba’zi vaqtlarda aldogeksozaning faqat 6- chi uglerodi oksidlanib ham aldegid, ham kislota funksiyasiga ega bo‘lgan uronat kislotalar hosil bo‘ladi.
Monosaxaridlar oksidlanishi hisobiga ulardan kislotalari hosil bo‘ladi.
D-glyukon kislota Qand kislotasi
Bu kislotalar uron kislotalari deb nomlanadilar. Ular polisa xaridlardan pektin moddalari tarkibiga kiradilar.
Undan tashqari monosaxaridlar bir-biridan uglerodlarining soni bilan farq qiladi (trioza, tetroza, pentoza, geksoza va h.k.z.).
Uglevodlarni bir-biridan farqlash uchun ikkinchi xil nom bilan yuritiladilar: glyukoza-vino kanti, frutoza-meva kanti. Monosaxaridlar eritmalarda bir-biriga aylana oladigan 3 xil formada bo‘ladilar, ularning 2 tasi siklik:
-D-glyukopiranoza D-glyukoza -D-glyukopiranoza
Monosaxaridlarning chizikli formadan siklik formaga o‘tishi kislorod «ko‘prigining» hosil bo‘lishi orqali boradi. Glyukozada bu «ko‘prik» 1-chi va 5-chi uglerod orasida, fruktozada 2-chi va 6-chi uglerod orasida hosil bo‘lishi natijasida glyukoza va fruktoza ning siklik piran formasi; glyukozada 1-chi va 4-chi uglevod orasida, fruktozada 2-chi va 5-chi uglerod orasida kislorod «ko‘pri gining» hosil bo‘lishi ularning furan formasini hosil qiladi.
-D-fruktofuranoza D-fruktoza -D-fruktofuranoza
Chiziqli ko‘rinishdagi monosaxarid siklik formaga o‘tganida aldozalarda 1-chi uglerodda, ketozalarda 2-chisida aldegid va keton gruppasi o‘rniga yangi gidroksil gruppasi hosil bo‘lib, u glikozid gidroksil deb nomlanadi va yuqorida aytilgan gruppalarning xossalarini saqlab qoladi. SHuning uchun monosaxaridlar aldegid, ketonlarning qaytaruvchanlik hususiyatlarini saqlab qoladilar va qaytaruvchi qandlar deb yuritiladilar. Bu gruppalarning fazoviy holatlarining har xil bo‘lishi siklik monosaxaridlarning 2 xil bo‘lishiga olib keladi:
-D-glyukopiranoza -D-glyukopiranoza
Yuqorida keltirilgan monosaxaridlarning vakillari tabiatda keng tarqalgan geksozalar bo‘lib, ularning siklik formalari turli polisa xaridlar tarkibiga kirib, ular geksozanlar deb nomlanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |