Tajriba 2.5–rasmda ko‘rsatilgan qurilma yordamida quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
Krestovinaning sterjenidan yukchalar chiqarib olinadi.
Shtangensirkul yordamida shkivning diametrini o‘lchab, uning radiusi r aniqlanadi.
Krestovinani aylantirib, m massali yuk yuqoriga ko‘tariladi. Ko‘tarilish balandligi h o‘lchanadi.
Yukni qo‘yib yuborib, sekundomer ishga tushiriladi va m massali yukning harakatlanish vaqti t o‘lchanadi.
Yukoridagi tajriba boshqa massali yuklar uchun takrorlanadi va har gal yukning tushish vaqti o‘lchanadi.
Bunday o‘lchashlar 5 marta takrorlanib olingan natijalar 1-jadvalga yoziladi.
Barcha hollar uchun (2.18) formuladan aylanuvchi sistemaning inersiya momenti
Io aniqlanib, so‘ng ularning o‘rtacha qiymati <Io> hisoblanadi. O‘lchash va hisoblash natijalari 1-jadvalga yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |