t = t`+ (t``-t`),
bu erda: t` va t`` - moddaning tayanch nuqtalari (760 mm sim.ust.bosimida va og‘irlik kuchining 980,665 sm/s2 tezlanishida muzning erish va suvning qaynash xaroratlari); v` va v`` - t, t`` xaroratlardagi moddaning (suyuqlikning) xajmi; v - t xaroratdagi moddaning (suyuqlikning) xajmi.
Tabiatda xajmiy kengayishi va xarorati barcha holatlarda o‘zaro to‘g‘ri chiziqli bog‘langan suyuqliklar bo‘lmaydi. Termometr ichidagi suyuq moddaning (simob, spirt va boshqalar) fizikaviy tabiati xaroratni o‘lchashda o‘z taxsirini o‘tkazadi. SHuning uchun ham fan va texnikaning rivojlanishi bilan termometrga solinadigan moddaning bironta xususiyati bilan bog‘lanmagan yagona xarorat shkalasini yaratish zaruriyati paydo bo‘ldi. 1848 yilda ingliz fizigi Kelvin termodinamikaning ikkinchi qonuni asosida yangi xarorat shkalasini tuzishni taklif qiladi. Termodinamik xaroratlar shkalasining tenglamasi:
T=
bu erda: Q100 va Q0 - suvning qaynash va muzning erish xaroratlariga mos keluvchi issiqlik miqdorlari; Q - T xaroratga mos keluvchi issiqlik miqdori.
O‘lchov va vaznlar bo‘yicha 1960 yil o‘tkazilgan XI xalqaro konferensiya qarorlari hamda GOST 8550-61 da ikki turdagi xarorat shkalalaridan, yaxni Kelvin gradusi (K) o‘lchov birligi bilan o‘lchanadigan termodinamik shkala va Selsiy gradusi (0S) o‘lchov birligi bilan o‘lchanadigan xalqaro amaliy shkalalardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Kelvin termodinamik shkalasidagi pastki nuqta - absolyut nol nuqta (R) bo‘lib, yagona ekmperimental asosiy nuqta esa suvning uchlik nuqtasidir. Bu nuqtaning son qiymati 273,15 K. Suvning muz, suyuq gaz fazalaridagi muvozanat nuqtasi bo‘lgan suvning uchlik nuqtasi muz erish nuqtasidan 0,01 K yuqoriroq turadi. Termodinamik xarorat T xarfi bilan, son qiymatlari esa K bilan ifodalanadi.
Amaliy o‘lchashlarda ishlatiladigan xalqaro amaliy xarorat shkalasi termodinamik shkala ko‘rinishida ishlangan. Bu shkala kimyoviy toza moddalarning bir qadar oson tiklanadigan o‘zgarmas qaynash va erish nuqtalari asosida tuzilgan. Ularning sonli qiymati gazli termometrlar orqali aniqlangan bo‘lib, Xalqaro amaliy xarorat shkalasi (XAXSH-68) o‘lchov va vaznlar bo‘yicha o‘tkazilgan XI umumiy konferensiyada qabul qilingan.
Xalqaro amaliy shkala bo‘yicha o‘lchanadigan xarorat t xarfi bilan, sonli qiymati esa 0S belgisi bilan ifodalanadi. Absolyut termodinamik shkala bo‘yicha ifodalangan xarorat bilan shu xaroratning xalqaro shkala bo‘yicha ifodasi orasidagi munosabat quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |