III. TAJRIBANI BAJARISH TARTIBI
Ishning nazariy asoslari va tajriba qurilmasi bayoni bilan tanishgach, kuzatishni yozib borish uchun jadvalni tayyorlash kеrak va o‘lchov asboblari to‘g‘ri ulanganligini tеkshirib ko‘rish lozim. Stendni o‘qituvchi bilan tеkshirgach, tajribani bajarishga kirishish mumkin.
Barcha o‘lchovlar barqaror issiqlik holatida amalga oshiriladi. Ushbu holat vaqt o‘tishi bilan o‘lchov asboblari ko‘rsatkichlari o‘zgarmasligi bilan ifodalanadi va u qurilmada 30-40 daqiqalar o‘tgach qaror topadi.
7.1- rasm. Laboratoriya qurilmasi chizmasi
Barqaror issiqlik holati qaror topgach, shu barqaror holatda har 6-10 daqiqada barcha asboblar ko‘rsatkichlarini 3-4 marta yozib olish lozim. Qurilmaning ish holati kamida 4 marta o‘zgartiriladi. Qurilmani ulash va uning ish holatini o‘zgartirish o‘qituvchi bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |